O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


-MAVZU. NUTQNING TOVUSH MADANIYATINI TARBIYALASH



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi

12-MAVZU. NUTQNING TOVUSH MADANIYATINI TARBIYALASH 
 
Nutqning tovush madaniyati tushunchasi 
 
Nutqning tovush madaniyatiga doir ishlar bo’limlari 
 
Har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash 
 
 
Nutqning tovush madaniyati tushunchasi 
 
Nutq  madaniyati  –  bu  to’g’ri  so’zlay  olish,  ya’ni  nutqiy  muloqot  shartlari  va  fikr 
bildirishdan  ko’zlangan  maksadni  hisobga  olgan  holda  hamda  barcha  til  vositalaridan  (til 
vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zahira, grammatik shakllardan) foydalangan holda 
bayon kilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir. 
Bola so’zlashni o’rganmokda. Lekin buning uchun u avval ushbu tilga xos bo’lgan barcha 
fonemalarni  aytishni;  tovushlarni  va  so’zda  muayyan  pozitsiyada  turgan  tovushlar  birikmasini 
an’anaga  muvofik  holda,  ya’ni  orfoepiya  koidalari  bo’yicha  talaffuz  qilishni;  intonatsiyani 
yaratuvchi prosodemalarni modellashtirishni o’zlashtirib olishi lozim. 
Bolalarga  ona  tilida  nutqni  o’rgatish  tajribasidan  ma’lumki,  alohida  tovushlar 
artikulyatsiyasini  o’zlashtirish  bola  uchun  eng  kiyin  vazifa  hisoblanadi.  O.I.Soloveva  nutqning 
tovush  madaniyati  tarbiyalashga  doir  ishlarning  asosiy  yo’nalishlarini  belgilar  ekan,  «pedagog 
oldida  bolalarga so’zlardagi  tovushlarni sof, toza talaffuz qilish, so’zlarni rus tilining orfoepiya 
koidalariga muvofik holda to’g’ri talaffuz qilish, anik talaffuz etishni (yaxshi diktsiya) o’rgatish, 
ularda ifodali nutqni tarbiyalash vazifalari turganligini» ta’kidlaydi
13

Ba’zan  tarbiyachining  bolalarda  to’g’ri  nutqni  shakllantirish  borasidagi  faoliyati  tovush 
talaffuzi  kamchiliklarini  bartaraf  etuvchi  logoped  mehnati  bilan  takkoslanadi.  Birok  nutqning 
tovush  madaniyatini  tarbiyalash  fakatgina  tovushlarni  to’g’ri  talaffuz  etish  shakllantirishdan 
iborat  emas.  Tovushlarni  to’g’ri  talaffuz  etishni  shakllantirish  nutqdagi  tovush  madaniyatini 
tarbiyalashga  oid  ishlarning  bir  kismidir.  Tarbiyachi  bolalarga    to’g’ri  nutqiy  nafas  olish,  ona 
tilidagi  barcha  tovushlarni  talaffuz  qilish,  so’zlarni  anik  aytish,  tovushdan  foydalanishni 
o’rgatadi, bolalarni shoshmasdan ifodali qilib so’zlashga odatlantiradi. 
                                              
13
 Соловьева О.И. Методика развития речи и обучения родному языку в детском саду. 3-нашр. М., 1966, 50-51-бетлар. 


 
123 
Ayni  paytda  nutqdagi  tovushni  shakllantirish  jarayonida  tarbiyachi  ayrim  logopedik 
usullardan  foydalanishi,  ya’ni  xuddi  logoped  kabi  nutq  kamchiliklarining  oldini  olishga 
karatilgan ishlar bilan shuђullanishi mumkin. 
Tovush  artikulyatsiyasini  egallash  ancha  uzok  va  murakkab  jarayon  bo’lib,  u  ko’pincha 
besh  yil,  ba’zan  esa  yetti  yilgacha  cho’ziladi:  bu  boradagi  ishlar  muvaffakiyatli  olib  borilgan 
takdirda  bola  besh  yoshdan  boshlab  sof  so’zlay  boshlaydi.  «Bolalar  bog’chasida  tarbiyalash 
dasturi»  bola  hayotining  yettinchi  yiliga  kelib  –  ya’ni,  bolalarga  o’kish  va  yozish  o’rgatish 
boshlanadigan  davrga  kelib  uning  barcha  tovushlar  artikulyatsiyasini  to’lik  o’zlashtirishini 
ta’minlash vazifasini ko’yadi. 
Bolalarga  to’g’ri  talaffuzni  o’zlashtirish  vazifasi  agarda  ular  orfoepik  talaffuzli  shaxslar 
ichida  o’sayotgan  bulsa  juda  oson  hal  etilishi  (bu  holda  ularda  birinchi  kundan  boshlab 
artikulyatsiya bazasi to’g’ri shakllanadi) va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki xalqona 
talaffuzdagi  so’zlarlarni  eshitsa  bu  jarayon  juda  kiyin  kechishi  (anikroђi  –hech  narsani 
o’zlashtira olmasligi) mumkin. 
Til  haqidagi  fanda    turli  toifadagi  gaplar  intonatsiyasi  va  o’z-o’zidan,  prosodemalar, 
ularning artikulyatsiya organlarini modullashtirishdagi ishtiroki masalasi juda kam o’rganilgan.  
Tajribalar  shundan  dalolat  bermokdaki,  bolalar  barcha  prosodemalarni  hech  bir 
kiyinchiliksiz  o’zlashtirib  oladilar,  ayniksa  ularga  ovoz  ohangi  modulyatsiyasini  o’zlashtirish 
juda  oson  kechadi,  ko’pchilik  bolalar  prosodemalarni  deyarli  mashksiz  o’zlashtirib  oladilar. 
Birok,  o’kituvchilar  (ota-onalar, tarbiyachilar, o’kituvchilar) o’zlari ona  tili intonatsiyasini a’lo 
ravishda  egallaganlari  bois  buni  paykamaydilar.  Agarda  bola  ayrim  prosodemalarni  «mustaqil 
ravishda» o’zlashtira olmasa, kattalar, odatda nutqdagi bu kamchilikka tezda e’tibor bermaydilar, 
bu  borada  bolaga  yordam  bermaydilar  va  u  shu  kamchilik  bilan  maktabga  boradi.  U  yerda  esa 
intonatsiyadagi  nuksonni  bartaraf  etish  nutq  tovushlari  artikulyatsiyasidagi  nuksonlarni  bartaraf 
etishga qaraganda yanada kiyin kechadi. 
Bolalar 
intonatsiyaning 
ayrim 
elementlarini 
(prosodemalar) 
gapning 
yaxlit 
intonatsiyasidan  ajratib  olishni  o’rganadilar  va  buni  alohida  emas,  balki  gapning  o’zida 
bajaradilar.  Bolalar  gapning  o’zini  (tugallangan  fikrni)  intonatsiyasiga  karab  tushunishni 
o’rganadilar.  Ular  ikki  tugallangan  intonatsiyani,  ya’ni:  bayon  va  so’rok  intonatsiyalarini 
o’zlashtiradilar. 
Tugallangan  intonatsiyalar  bilan  bir  vaqtida  bolalarga  mantikiy  urђular  (gapni  dolzarb 
o’kish)  ko’rsatiladi  va  ular  yoyik  gapning  mazmuniy  kesimlarida  tugallanmagan  intonatsiyani 
bajarishni  mashk  kiladilar.  Ma’lumki  bunday  intonatsiyalar  oltita  (A.N.Gvozdev):  sanash 
intonatsiyasi  («I  k  tsarevne  nalivnoe,  molodoe,  zolotoe  pryamo  yabloko  letit»),  karama-karshi 
ko’yish  intonatsiyasi  («V  tretiy  raz  zakinul  on  nevod,  -  prishel  nevod  s  odnoy  rыbkoyu,  s 
neprostoyu  rыbkoyu  -  zolotoyu»),  chakirik  intonatsiyasi  («CHego  tebe  nadobno,  starche?», 
«Svet  moy  zerkaltse,  skaji,  da  vsyu  pravdu  rasskaji..»),  ogohlantirish  intonatsiyasi  yoki  ikki 
nukta  intonatsiyasi  («Otvechaet  zolotaya  rыbka:  «Ne  pechalsya,  stupay  sebe  s  bogom!», 
«Udivilsya starik, ispugalsya: rыbachil tridtsat let i tri goda i ne slыxival, chtob rыba govorila»), 
kirish  intonatsiyasi  («Vot  prishel  on  k  sinemu  moryu  (pomutilos  sinee  more),  stal  on  klikat 
zolotuyu  rыbku…»),  alohida  ajralish  intonatsiyasi  («No  tsarevna  molodaya,  tixomolkom 
rastsvetaya,  mejdu  tem  rosla,  rosla,  podnyalas  –  rastsvela,  chernobrova,  nravu  krotkogo 
takogo»).  
Yuqorida bayon kilingan o’zbek tilining fonetik va fonologik vositalari ravon nutqda bir 
vaktning  o’zida  ko’llaniladi.  Bolaning  ravon  nutqi  uslubi,  uning  his-hayajonliligi  uning  nutq 
tovushlarini kanday talaffuz etishiga (artikulyatsiyalarni ђayrat bilan va anik aytish yoki sekin va 
tushunarsiz  aytish)  va  mavjud  prosodemalardan  qaysii  birini  tanlashiga  (past-jarangdor,  tez-
sekin, ovoz tembri bilan ijobiy yoki salbiy hissiyotlarni tasvirlash) bog’liqdir. 
L.V.SHerba rus tilida ikkita asosiy talaffuz uslublarining mavjudligiga e’tiborni karatgan. 
To’liklik  (yoki  kitobiy)  uslubi  omma  oldida  nutq  so’zlashda  –  ma’ruzalar  o’kish, 
yiђilishda  so’zga  chikish,  radio  va  televidenieda  diktor  bo’lib  ishlashda,  shuningdek  o’quvchi, 
talabalar  uchun  va  o’zini  yaxshi  anglashlarini  xohlagan  hamda  tinglovchilarga  uni 


 
124 
tushunishlarini  osonlashtirishga  intilayotgan  har  bir  shaxs  uchun  majburiydir.  To’lik  uslubli 
nutqka  anik  talaffuz,  o’rtacha  sur’at  xos  bo’lib,  ovoz  kuchi  xona  hajmi  va  ovoz  tembriga  mos 
bo’ladi. Nutqda kishining o’z kadrini yaxshi bilishi, ya’ni uni tinglayotganlarga nisbatan hurmat 
va e’tibori yaqqol ifodalanadi. 
Noto’lik  (yoki  so’zlashuv)  uslub  maishiy  muloqotda  ko’llaniladi.  Bunda  so’zlardagi 
tovushlarni birmuncha past va sust aytish, va tez aytish yoki, aksincha, iboralarni sekin aytish va 
shivirlash  mumkin;  so’zlashuv  nutqiga  ohangiy  (his-hayajonli)  ishlov  berish  ko’rinishlari 
turlicha bo’ladi: barcha his-tuyђular so’zlashuv nutqining jaranglashida to’lik aks etadi. 
Etarli darajada madaniy nutqka ega bo’lgan har bir inson har doim ham vaziyatdan kelib 
chiqqan  holda  ikkala  nutq  uslublarini  maxsus  tayyorgarliksiz  ko’llay  olishi  mumkin.  Maxsus 
tayyorlangan  nutq  notiklik  nutqi  (publitsistik  chikishlarda)  yoki  badiiy  o’kish  (aktyorlik 
faoliyatida) deb ataladi. 
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bir vaktning o’zida nutqning boshka kismlarini 
ham,  ya’ni  lug’at,  boђlovchi,  grammatik  jihatdan  to’g’ri  nutqni  rivojlantirgan  holda  amalga 
oshiriladi. 
 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish