O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi


Noverbal muloqot so`zlarni ishlatmaydigan muloqot turiga taalluqli bo`ladi



Download 0,92 Mb.
bet22/118
Sana18.07.2022
Hajmi0,92 Mb.
#821978
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118
Bog'liq
o\'zbek tili fanidan

Noverbal muloqot so`zlarni ishlatmaydigan muloqot turiga taalluqli bo`ladi.
Noverbal soʽzlar muloqot kuzatish kuchi bilan yaqindan bogʻlanadi. Muloqot qabul qiluvchi soʽzlovchini koʻrish, eshitish va hattoki, his qilish pozitsiyasida boʻlishi kerak. Muloqotni qabul qiluvchi soʽzlovchining yuzi, imo-ishorasi, ohangi, kiyim-kechagi, koʻrinishini aniq koʻrishi va ovozini ham eshitadigan joyda boʻlishi kerak. Bu kuzatish orqali boʻlarkan, noverbal muloqot rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan boʻlishi mumkin. Soʽzlovchi tinglovchilarga ongli imo-ishora, gavdasini tutishi xatti-harakatlarning boshqa shaklllari orqali aniq xabarni bildirmoqchi boʻlganda rejalashtirilgan boʻladi. Noverbal muloqot esa, soʽzlovchining xatti-harakatlari, gavdasini tutishi, yoki koʻrinishi qabul qiluvchi tomonidan gʻayriixtiyoriy qilinsa ham rejalashtirilmagan hisoblanadi. Pala-partish kiyinish yoki norasmiy kiyim-bosh kiygan notiq e’tiborli boʻlsa ham, jiddiylik yetishmaganday izoh berilishi mumkin.
Noverbal muloqotning ahamiyati
1.Geografiya, kartalar, diagrammalar va hokazolar bilan bogʻliq fikrlarni bidirishda, qabul qiluvchi masalani bir qarashda tushunib olishi mumkin, noverbal metodlar ixcham shaklda katta miqdordagi ma’lumotlarni taqdim eta oladi.
2.Haydovchilar yoki yoʻlovchilardan darhol javob boʻlishi shartligi sababli yoʻl harakati belgilari, signallar uchun noverbal muloqot shak-shubhasiz asosiy oʻrinni tutadi.
3.Har bir inson odatda tildan koʻra ranglar, rasmlar yoki tovushlarga zudlik bilan javob beradi.
4.Noverbal simvollar orqali savodsiz odamlarga fikr bildirishning yagona metodi.
Muloqot jarayonidagi psixologik ta’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir koʻrsata olishdir.
Psixologik ta’sirning uch xil turi ajratiladi:
1. Verbal ta’sir - bu soʽz va nutqimiz orqali koʻrsatiladigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar soʽzlar hisoblanadi. Nutq soʽzlashuvdagi oʽzaro muloqot jarayoni boʻlib, uning vositasi soʽzlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham kishi oʽzidagi barcha soʽzlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan soʽzlarni topib sherigiga ta’sir koʻrsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi uni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillardir. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, toʻxtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, doʻstimiz bizga biror narsani va’da berayotgan boʻlsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan oʻrinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga koʻra, birinchi marta koʻrishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy boʻlishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.
Muloqotning qanday kechishi va kimning koʻproq ta’sirga ega boʻlishi sheriklarning rollariga bogʻliq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir koʻrsatish maqsadi boʻladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini o‘rnidan turib kutib oladi, quyuq soʻrashadi, keyin maqsadga o‘tadi. Ta’sirning adresati-ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi boʻlmasa yoki adresat tajribaliroq sherik boʻlsa, u tashabbusni oʽz qoʻliga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin boʻladi. Kishilar bilan normal munosabatlarni oʻrnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, oʽz nuqtai nazariga oʽzgalarni professional tarzda ko‘ndira olmaslik, “birovni” uning ichki kechinmalari va oʽziga boʻlgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ oʻquvsizlik yoki diskommunikatsiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda kishilar bir-birlarini tushuna olmay qoladilar, oqibatda tugay deb turgan ish bitmasdan choʽzilib ketishi mumkin. Shuning uchun hozirgi paytda kata yoshdagi kishilarni kommunikativ bilimdonlikka oʽrgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir ziyoli kishi boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va san’atiga ega boʻlishi kerak. Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga oʽrgatishni har qachongidan dolzarb qilib qo‘ymoqda. Ma’lumki, gaplashayotgan kishilar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik oʽzaro mosligi, bir-birini toʻldirishiga bogʻliq ekan. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi “Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan boʻlishini nazarda tutgan edi. Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan kishilar vaqtining 45% kimlarnidir tinglashga sarf qilar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda boʻladiganlar-savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar, muxbirlar 35-40% oylik maoshlarini odamlarni tinglaganliklari uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga koʻproq foyda keltirarkan. Tinglashning ham xuddi gapirishga oʻxshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi ham koʻp, lekin biz ikki usulini qoʻllaymiz: soʽzma-soʽz qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdoshni qoʻllab-quvvatlashini bildiradi. Ikkinchi usul-sherikni soʽzlarini tinglab, undagi asosiy gʻoyani muxtasar, oʽzimizning talqinimizda ifoda etish. Bundan tashqari biz yaxshi tinglayotganimizda , “Yo‘gʻ-e?”, “Nahotki?”, “Qara-ya?”, “Yasha!”, “Qoyil!” luqmalari bilan suhbatdoshimizni gapirishga chaqirib turamiz. Muloqotga oʽrgatishning muhim yo‘nalishlaridan biri-odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan oʻrinli foydalanishga oʽrgatishdir. Professor V. Karimovaning fikricha, professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
- Aktiv holat bu tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash bilan unga qiziqishni bildirish;
- Suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni oʽziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda oʽzining har bir soʽziga uni ham ko`ndirishning samarali yoʻlidir.
- O‘ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali oʽzingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yoʻli.
Demak, tinglash madaniyati muloqot jarayonining samarali boʻlishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun biz suhbatdoshimizni diqqat bilan tinglashimiz, unda oʽz-oʽziga hurmatni tarbiyalashimiz, uni ilhomlantirishimiz, ruhlantirishimiz kerak. His-hayajonni ifodalaydigan harakatlar bu koʻzga koʻrinadigan harakatlardir. Bu yerda axborot yetkazuvchi boʻlib gavdani tutish, mimika, ishora, nigoh katta rol o‘ynaydi. Masalan, tadqiqotlarga koʻra soʻzlovchining yuzi qimirlamasa yoki koʽzga koʻrinmasa, 10-15 foiz axborot yetkazilmaydi. Koʽz yordamida hol-ahvol, kayfiyat haqida eng aniq ma’lumotlar yetkazib beriladi, chunki koʽz qorachigʻining torayishi va kengayishini nazorat qilib boʻlmaydi. Gʻazab va noxush kayfiyat kishining koʽz qorachigʻini toraytiradi. Yuzi iltifotsiz boʻlib qoladi, bu holat esa muloqotning samaradorligini pasaytiradi. Soʽzlovchining gavdasini «yopiq» tutishi (u gavdaning oldini bekitib, fazoda iloji boricha kam joy egallashga harakat qiladi) ishonchsizlik, qoʻshilmaslik, tanqidni bildiradi. «Ochiq» gavda tutishlar esa (tikka turganda: qo‘l kaftlari ochiq va tepaga qaratilgan; o‘tirganda qoʻllar yozilgan, oyoqqa uzatilgan) ishonch, rozilik, xayrixohlikni bildiradi.
Ovoz xususiyatlari prosadika va ekstralingvistik ro‘y berishlar qatoriga kiradi. Ishtiyoq, quvonch va ishonchsizlik baland ovoz bilan bildiriladi. Gʻazab, qo‘rqish ancha baland ovoz bilan, qaygʻu, gʻam-gʻussa, horgʻinlik odatda yumshoq pasaytirilgan ovoz bilan bildiriladi.
Munosabatning takesika vositalariga silab qoʻyishlar, daxldorlik, qoʻl berib koʻrishishlar, urib-urib qoʻyishlar kiradi. Ular ragʻbatlantirishning biologik turi bo`lib, ayniqsa, yetim bolalarga ta’sir etishi isbotlangan. Shumtaka va ranjigan bolani boshidan silab qoʻyib, siz boshqa vositalarni biriktirgan holda ham erishib boʻlmaydigan natijaga erishishingiz mumkin.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish