O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi



Download 0,92 Mb.
bet21/118
Sana18.07.2022
Hajmi0,92 Mb.
#821978
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118
Bog'liq
o\'zbek tili fanidan

Og`zaki muloqotning ikki tomoni
Ogʻzaki muloqotning 2 tomoni mavjud: Jo‘natuvchi, Qabul qiluvchi. Jo‘natuvchi sifatida ogʻzaki nutqni samarali qilishning turli metodlari nimalar ekanligi bobning boshqa qismida ta’riflangan edi, biroq qabul qiluvchi bahosi esa takomillashish uchun ijobiy sharh bilan birgalikda sohalarni ham oʽz ichiga olishi mumkin. Har qanday vazifaning bahosi boʻlganidek, soʽzlovchining obroʻsiga shaxsiyatiga tegadigan ijodiy tanqid taklif qilish foydali boʻladi. Ogʻzaki taqdimotlar uchun ogʻzaki yoki yozma baho berishlari uchun qabul qiluvchilarga quyidagilarni taklif qilamiz:
Tasvirlovchi /Tavsiflovchi boʻling: baho berishdan koʻra soʽzlovchi nima qilayotganini kuzatganingizni tasvirlab bering, masalan: Taqdimotingizni yakun-lashning axmoqona usuli bo`ldi»dan koʻra «Men yakunlovchi fikrni eshitmadim» deng.
Boshqalardan farqlaning. Kelgusi taqdimotini yaxshilash uchun soʽzlovchiga yetarli ma’lumot bering, masalan «Sizning koʻrgazmali qurollaringiz behuda/samarasiz»dan koʻra, «PowerPoint slaydlaringizdagi shrift hajmini oshirgan boʻlardim, chunki men slaydlarni o‘qishga qiynaldim», deng.
Ijobiy yondashing. «Koʻp qatlamli» sharhlarda siz ijobiy sharh bilan boshlaysiz, so‘ngra takomillashtirish uchun taklif kiritishlarini soʻraysiz va yakunida ijobiy sharh bilan yakunlaysiz.
Ijodkor boʻling. Soʻzlovchi oddiygina nimani xato qilganligidan koʻra, takomillashtirish uchun muayyan takliflarni bering.
Xushmuomala boʻling. Baho berishda keskin/qo‘pol taklif yoki sharhlardan ko`ra, xushmuomala uslubdan foydalaning, masalan «Men hech nimani eshita olmadim-baland gapiring!» dan ko`ra, «Xona ortidagilar eshita olishlari uchun ozroq baland gapiring» deng.
Realist boʻling. Soʽzlovchi haqiqatda oʽzgartira olishi mumkin boʻlgan narsalarga baho bering. Soʽzlovchiga nutq juda qisqa boʻlganligini aytish foydali boʻlmaydi.
Muloqot til vositasi bilan - verbal yoki tilning ishtirokisiz - noverbal amalga oshirilishi mumkin.
So`zlar yordamida sodir bo`luvchi muloqot verbal muloqotga taalluqli bo`ladi. Verbal aloqa ogʻzaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, ogʻzaki dalil (asos)larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida soʽz muhim oʻrin tutadi. Soʽz talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar oʻrtasidagi axborot almashishdangina iborat boʻlmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari boʻlib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, koʽz qarash, koʽz yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni toʻldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir soʽzga koʻplab ma’no berish mumkin. Tillarni oʽrgatishda shu til sohibiga xos boʻlgan noverbal vositalarni ham oʽrgatish lozim. Aks holda chet til toʻla oʽzlashtirilmaydi. Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham soʽzlar kabi bir-biridan farq qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o‘tqazish ijobiy samara beradi. Muloqot jarayonida tilga xos boʻlgan noverbal vositalardan to‘gʻri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish