O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIMI
MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI 3-BOSQICH 119-GURUH TALABASI ESHQURBONOV JALOLIDDINNING Maqom sarxborlarining kuy shakllari MAVZU YUZASIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI Bajardi: 3-bosqich talabasi Eshqurbonov Jaloliddin
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Maqomlar Sharq xalklarining musiqa merosida juda katta oʼrin tutadi. Shu sababli maqomlar masalasi musiqashunos va sharqshunos olimlarning diqqatini koʼpdan beri oʼziga jalb etib, Sharq xalqlari musiqa madaniyatida juda katta tarixiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʼlgan masalalardan biri boʼlib qoldi. IX - XIX asr Sharq musiqa madaniyatiga oid tarixiy-nazariy asarlar va tarixiy-adabiy xarakterdagi manbalarning koʼplarida maqomlar masalasiga alohida ahamiyat berilgan. Soʼnggi davrlarda ham koʼpgina musiqashunos olimlar maqomlar xaqida oʼzlarining fikrlarini bildirib kelganlar.
Shunga qaramay, maqomlar borasida koʼpgina chalkashliklar va anglash- movchiliklar mavjud. Buni xal etish esa juda murakkab va chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishni talab etadi. Maqomlar Sharq xalqlari musiqasining asosini tashkil etadi. Shu sababli maqomlarni atroflicha oʼrganilishi musiqa madaniyatimiz tarixida muhim ahamiyatga zga. Maqomlarning taraqqiyot tarixi oʼrganilishida oʼtmishda mashhur boʼlgan fanning turli soxalari bilan bogʼliq juda murakkab masalalarga duch kelinadi. Bu hol esa, maqomlarni oʼrganishda katta qiyinchiliklar tugʼdiradi. Maqomlarning nazariy ham amaliy tomonlari bor. Ularning nazariy jihatlari Sharq musiqasiga bagʼishlangan risolalarda oʼz ifodasini topgan. Oʼzbek-tojik xalqlaridagi maqomlarning amaliy tomonlarini esa, ustoz sozanda va xonandadan shogirdga ogʼzaki oʼtib, bizgacha yetib kelgan maqomlar turkumidagi birdan-bir janr - Shashmaqom koʼrinishida tasavvur etish mumkin. Shashmaqom ikki yuz ellikka yaqin kuy va ashulalardan iborat hamda oʼzbek-tojik xalqlari musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etadi. Maqomlar, shu jumladan, Shashmaqom masalasi musiqa madaniyatimiz tarixida juda kam oʼrganilgan sohalardandir. Ularni oʼrganish, nazariy taxlil qilish ishi esa, yuqorida aytilganidek, juda murakkab muammodir.
Bu kurs ishimizning mazmunida maqom tarixi, buguni va ertasi va ularning turlari, shashmaqomda saraxborlarning o’rni va kuy shakllari haqida yoritib qisqacha ko’nikmalar beramiz.