O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sirtqi bo’limi milliy libos va san’at fakulteti



Download 53,64 Kb.
bet6/12
Sana26.02.2022
Hajmi53,64 Kb.
#468948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Eshqurbonov Jaloliddin (2)

III BOB. MAQOMDAGI SARAXBORLAR
3.1. Shashmaqomda saraxborlarning o’rni va kuy shakllari
Saraxbor (fors.-arab. - bosh xabarlar) - Shashmaqomning har bir maqomda ashula bo’limi boshlanadigan birinchi, bosh sho’ba. Saraxborlar maqom nomi bilan qo’shilib, Saraxbori Buzruk, Saraxbori Rost, Saraxbori Navo, Saraxbori Dugoh, Saraxbori Segoh va Saraxbori Iroq kabi ataladi. O’z navbatida, har bir Saraxborning bir necha (6 tagacha) taronalari mavjud. Asosiy Saroxborlardan tashqari Dugoh maqomining ikkinchi guruh sho’balar tarkibiga Saraxbori Oromijon deb nomlangan sho’ba ham kirgan” .
Saraxborlarning takt-ritm o’lchovi 2/4 (ikki chorak) bo’lib, doyra usuli ikki xil ijro etiladi:
Buzruk, Rost, Navo va Dugoh maqomlarining Saraxborlari shu doyra usullarining birinchi turi jo’rligida ijro etiladi: Segoh va Iroq maqomining Saraxborlari esa ikkinchi turi jo’rligida ijro etiladi:
Saraxborlarga o’qiladigan g’azallar quyidagi shе’r vaznlariga to’g’ri kеladi: Muzorei musammani axrabi makfufi maqsur:
Mafuvlu-foilotu-mafoiylu-foilon
⎯ ⎯ ⎯  ⎯   ⎯ ⎯  ⎯  ⎯
Mujtasi musamman maxbuni maqtun musabbag’:
Mafoilun-failotun-mafoilun-fa’lun
 ⎯  ⎯  ⎯ ⎯  ⎯  ⎯  ⎯ ⎯
Mutaqoribi musammani mahzuf:
Fauvlun-fauvlun-fauvlun-faul
 ⎯ ⎯  ⎯ ⎯   ⎯ ⎯  ⎯
Ramali musammani mahzuf:
Foilotun-foilotun-foilotun-foilun.
⎯  ⎯ ⎯⎯  ⎯ ⎯⎯  ⎯ ⎯ ⎯  ⎯
Saraxborlar tarkibiy jihatdan ko’rinishda juda murakkabdir. Ularda Shashmaqomdagi boshqa sho’balar singari bir nеchtadan namudlar uchraydi.
Jumladan, Saraxborlarda quyidagi namudlar uchraydi: Saraxbori Buzrukda Namudi Uzzol va Namudi Muxayyari Chorgoh; Saraxbori Rostda Namudi Segoh, Namudi Uzzol va Namudi Muxayyari Chorgoh; Saraxbori Navoda Namudi Oraz va Navoning dunasri; Saraxbori Dugohda Zebo pari va Namudi Muxayyari Chorgoh; Saraxbori Segohda Namudi Oraz va Saraxbori Iroqda Zebo pari va Namudi Muxayyari Chorgoh uchraydi.
Maqomlarni ijro etishda xonanda uchun shu yuqorida ko’rsatilgan namudlar bilan kifoyalanish yoki ularni tushirib qoldirish, ba’zan bunga mos kеladigan yangi namudlar kiritish ixtiyoriydir. Ba’zi hofizlar o’z imkoniyatiga qarab, ma’lum namudlar qo’shib yoki mavjud namudlarni tushirib qoldirib, shu bilan birga ularni qisqartirib o’qishlari ham mumkin.
Maqomshunos olim (maqomlar bilimdoni) Oqilxon Ibrohimov shunday deydi: “Juda ham ko’pchilik namudlar masalasida qat’iy qonuniyatga amal qilishga harakat qilishadi, lekin buni unchalik to’g’ri deb bo’lmaydi. Qadimda xofizlar birgina asarning ijrosida kerak bo’lsa sakkiztagacha namuddan foydalana olishgan.
Saraxborlarning doyra usulidagi kuy va ashulalar o’zbеk-tojik xalqlarining oddiy xalq musiqa asarlarida juda ko’plab ishlatilgan. Ayniqsa hozirgi kunda ham bastakorlar va kompozitorlar Saraxborlar uslubida ko’plab musiqa asarlari yaratmoqdalar. Binobarin, Saraxborlar puxta ishlangan original musiqa asarlaridir.
Saraxborlar ijro etilgandan so’ng, bеvosita ularning taronalari ulanib kеtadi. Saraxborlar boshqa sho’balarga qaraganda ko’pgina taronalarga ega. Taronalar Saraxbori Buzruk, Saraxbori Dugoh va Saraxbori Iroqlarning har birida oltitadan, Saraxbori Rostda to’rtta, Saraxbori Navoda ikkita, Saraxbori Sеgohda yеttita.
Saraxborlar haqida tushunchaga ega bo’lish maqsadida Saraxbori Navoning sho’ba shaklini ko’rib chiqamiz.
Saraxbori Navoda ashula yo’li bir xat (daromad) bilan boshlanadi:
Uning ikkinchi xati Miyon parda bilan davom etadi:
Uchinchi xatida esa Namudi Oraz keladi
To’rtinchi va beshinchi xatlari Namudi Navo, oltinchi xati Miyonxat (parda)ning takrorlanishi va ashulaning tushurilish qismidir:
Saraxborlarning taronalarida ham xalq kuylari unsurlari ko’p uchraydi. Taronalar maqom ashula bo’limining birinchi qismidagi sho’balardan so’ng ijro etiladigan kichik shakldagi ashula bo’lib, raqamlar bilan ajratiladi, ya’ni Saraxbori Buzrukning I-II-III va hokazo taronalari kabi ataladi. Tarona musiqa istilohida kuy yoki ohang ma’nosida kеladi. Aruz ilmida esa, shе’rning ruboiy shaklini ifodalovchi nomdir.
Taronalarni ijro etishda, dastlab, shu ruboiy vaznlaridagi shе’rlardan foydalanilgan. Kеyinchalik g’azallarning bir qismi (to’rt misrasi) dan ham foydalanilgan. Taronalarning shе’r matnlari orasida aruz formasiga tushirib bo’lmaydigan oddiy xalq shе’r va qo’shiqlari ham uchrab turadi. Taronalarda 3/4 (uch chorak) takt-ritm o’lchovi juda ko’p ishlatiladi. Shu o’lchovdagi doyra usuli turlicha zarb birliklari bilan ijro etilishi mumkin:
Bunday doyra usullari Saraxbori Buzrukning I-II-III taronalarida, Saraxbori Rostning IV-taronasida, Saraxbori Dugohning II-III-IV-V taronalarida, Saraxbori Sеgohning II-IV taronalarida va Saraxbori Iroqning III-IV-V-VI taronalarida uchraydi.
Takt-ritm o’lchovi 4/4 (to’rt chorak) doyra usulida bo’lgan taronalar Saraxbori Buzrukda (IV tarona) va Saraxbori Sеgoh (I tarona)da kеladi:
Ko’pchilik milliy mumtoz musiqamiz ihlosmandlariga ma’lumki, xalqimizning musiqa boyliklari juda xam ko’p qirrali, sermazmun va rang-barangdir. Jozibador hamda ajoyib kuylarimiz kishiga quvonch, xursandchilik bag’ishlaydi. Kishining oliyjanob fazilatlari, xis-tuyg’ularini ifodalab beruvchi kuchga egadir.


XULOSA.
Xulosa qilib aytganda, Maqomlar tarixini o`zaro farqli ikki yirik davrga ajratish mumkin. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtai nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy ohang qatlamlarini o`rganish tashkil etadi. Tabiiyki, bu davrda hozirda bizga ma`lum tom ma`nodagi maqomlar bo`lmagan albatta. Zotan bizgacha yetib kelgan maqomot tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning ma`lum bosqichi bilan shartlanganki, bu (ikkinchi davr) xususida o`z o`rnida mufassalroq to`xtamga o`tamiz.
Ta`kid joizki, maqom kuy ohanglarini qadimiy qatlamlarini o`rganishga ko`mak bo`luvchi maxsus musiqiy risolalar bo`lmasa-da, ammo bu borada eng asosiy va muhim manbaalar bizning davrga qadar yetib kelgan. U ham bo`lsa ajdodlarimizdan ulkan ma`naviy meros qolgan “Shashmaqom”, “Xotazm maqomlari” va “Farg`ona-Toshkent maqom yo`llari”dir. Maqom kuylarining xususiy “til” tuzilish (sintaksis) qurulmalarini malakali idrok va tahlil eta olish asosida ular tarkibida uyg`unlashgan turli davr musiqiy qatlamlarini aniqlab olish imkoniyati mavjud. Ayni paytda bizga ma`lum rivoyatlar mazmunidan ham zarur xulosalar chiqarish mumkin.
Shu asnoda O`zbekistonda mavjud maqomlar (Shashmaqom, Xotazm maqomlari, Farg`ona-Toshkent maqom yo`llari) musiqasiga nazar tashlar ekanmiz, uning har biri o`zgacha tarovatli kuy-navolari negizida eng mukammal darajada uyushgan parda (tovush) tizilmalari borligi e`tiborimizni o`ziga jalb qiladi. 7 ta asosiy pardalari o`zaro uyg`un, ohangdosh tovushlar nisbatiga qurilgan bu nag`amot uyushmalari kim tomonidan va qachon ijod etilgan? Bu borada yuritilgan mantiqiy fikr-mulohazalar asosida ularning shakllanish vaqtini keyingi davrlarga, ya`ni musiqa san`ati taraqqiy ergan asrlarga taaluqli deb o`ylash mumkin. Biroq jahon musiqa tarixi bunday xulosani inkor etadi. Chunki, maqom pardalariga o`xshash yeri asosiy pog`onali (pardali) tovush tizilmalari Sharqu-G`arb musiqa madaniyatiga juda qadim zamonlardan ma`lumdir. Xususan, qadimgi yunonlar bu kabi parda uyushmalarining bir necha turlarini bilibgina qolmay, balki ularning inson tarbiyasida alohida muhim o`rni borligini ham ta`kidlaganlar. Donishmand Fisog`urs (Pifagor) esa mukammal pardalarning inson ruhiga favqulodda ta`siri sabablarini ilmiy bilish maqsadida ularni matematik usullar bilan o`rganib chiqgan (bu usullar keyinchalik o`rta asr Sharq musiqashunos olimlari tomonidan ham qo`llangan). Pirovardida ularning tarkibida yetarli me`yerda uyg`un (ohangdosh) tovushlar nisbati (oktava, kvinta, kvarta) borligini hamda ularning sonlardagi ifodasi dastlabgi to`rtb raqamga muvofiq kelishini (oktava-2:1; kvinta-3:2; kvarta-4:3) aniqlangan.Demak, mukammal uyushgan parda tizilmalari dastlab ilmiy-nazariy asosda ham ijod etilmagan, balki ularda mavjud go`zal ohang uyg`unliklari ilmiy asosda kashf etilgan edi.
Olimlar orasida mavjud qarashlarga ko`ra maqomlarning eng qadimiy namunalari payg`ambarlardan meros qolgan. Xususan, XVI asr ikkinchi yarmi – XVII asr birinchi choragida yashab ijod etgan vatandoshimiz, mashhur musiqachi va olim Darvish Ali Changiyning “Tuhfatus-surur” nomli risolasida xabar berishicha, avvaliga yetti payg`ambar nomlari bilan bog`liq yettita maqom bo`lgan. Bunda “Rost”maqomi – Odam alayhissalomdan, “Ushshoq” – Nuh alayhissalomdan, “Navo” – Dovud alayhissalimdan, “Hijoz” – Ayub alayhissalomdan, “Husayniy” – Yoqub alayhissalomdan va “Rahoviy” – Muhammad sallallohu alayhi vassalamdan meros qolganligi haqqidagi rivoyatlar bayon etiladi. Muallif bu axborotni yetkazishda Xo`ja Abdulqodir ibn Marog`iy, xo`ja Safiuddin ibn Abdulmo`min, Sulton Uvays Jaloir kabi juda obro`li ustozlar fikriga tayanganligini ham ma`lum qiladi.
Shuni aytish kerakki maqomlar musiqasiga oid “maqom” atamasidan avval “yo`l” ma`nosini anglatuvchi “roh”, “tariqa”, “ravish” kabi atamalar qo`llanib kelganligini Darvish Ali Changiy bayon etgan ma`lumotlarni quvvatlashga xizmat qilishi mumkin. Olloh taolloning yer yuzidagi elchilari bo`lgan payg`ambarlarning insonlarga chinakam baxt-saodatga erishish yo`llarini ko`rsatganlar. Ulardan qolgan ma`naviy ta`limot namunalari jamoa-qavmlar orasida alohida e`zozlanib, avloddan-avlodga go`zal ruhiy meros sifatida o`tib kelgan. Inson tinglovi va idroki uchun eng ma`qul va manzur bo`lgan mukammal pardalar ham dastlab shu meros negizida (yoki uni nazariy jihatdan o`rganish asnosida) hosil etilib, so`ngra shu (parda) “yo`llar” asosida turli kuylar rivojlantirilgan (yoki kuylarning yangi namunalari ijod etilgan) bo`lsa kerak.
Shu nday qilib, qadimgi dunyodan meros kelayotgan mukammal parda uyushmalari keyinchalik maqom tizimlari yuzaga kelishida, shuningdek, bastakorlar-u, xalq musiqa ijodiyoti rivojida ham muhim poydevor yanglig` ahamiyat kasb etgan.
Maqomlarda mavjud yana bir musiqiy qatlamni xalq og`zaki musiqa ijodiyotining ko`hna namunalari tashkil etadi. Hayratlanarli tomoni shundaki, maqomlarda xalq musiqasining hatto eng qadimiy namunalariga oid “izlari” ham saqlangan. Xususan bu izlarni bizgacha yetib kelgan Navro`zi Ajam, Navro`zi Xoro, Navro`zi Sabo nomli maqom asarlarida ko`ramiz. Shundayki, bu asarlarning kuy negizlarida mutaxassis olimlar tomonidan “xalq kuyining eng qadimiy namunasi” (“birlamchi chiziq” –G. Shenker) tarzida tasnif etilgan quyi oqim kuy ohanglari yaqqol namoyon bo`ladi. Bu hol bejiz emas, albatta. Ma`lumki, ko`pgina Sharq xalqlari uzoq o`tmishdan buyon Navro`z bayramini keng nishonlab, shu munosabat bilan ma`lum kuy va ashilalarni ijro etib kelganlar. O`ziga xos mavsumiy marosim musiqasi sifatida xalq an`anaviy hayotidan muqim o`rin olgan bu toifa kuylar keyinchalik maqom tizimlariga kiritilib, o`zining yuksak rivojlangan ko`rinishlarga ega bo`lganligi haqiqatga yaqin bo`lsa kerak.
Shashmaqomning ajoyib durdonalari musiqa boyligimizni o’rganishda alohida ahamiyatga ega. Ular yangi musiqa asarlari yaratilishida bitmas-tuganmas manbaa hisoblanadi. Shashmaqom ashula bo’limining bosh va asosiy sho’balari asosida yaratilgan ikkinchi guruh sho’balari bastakorlar tomonidan ijodiy ishlangan."Shashmaqom Saraxbor sho’balari" mavzusi bo’yicha ma’lumotlar jamlab, tahlil qilib, ularni o’z kurs ishimizda ko’rsatishga harakat qildik. Madomiki shunday ekan, ustozlarimizning bizgacha me’ros bo’lib kelgan musiqa boyliklari, qo’lyozmalari hamda yaratgan go’zal durdona asarlarini ko’z qorachig’imizday asrab avaylashimiz darkor.


Download 53,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish