II BOB. O’ZBEKISTONDA MAVJUD MAQOM TURLARI.
2.1. Maqom haqida umumiy tushuncha.
Maqomlar sharq xalqlarida juda qadim zamonlardan mavjud boʼlgan musiqa janridir. Ular bu xalqlarning oʼziga xos musiqa boyliklari asosida kasbiy sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan va uzoq madaniy- tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga kelgan. Maqomlar sharq xalqlarining musiqa merosida juda katta oʼrin tutadi. Shu sababli maqomlar masalasi musiqashunos va sharqshunos olimlarning diqqatini koʼpdan beri oʼziga jalb etib, Sharq xalqlari musiqa mada- niyatida juda katta tarixiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʼlgan masalalardan biri boʼlib qoldi.
IX - XIX asr sharq musiqa madaniyatiga oid tarixiy-nazariy asarlar va tarixiy-adabiy xarakterdagi manbalarning koʼpla rida maqomlar masalasiga alohida ahamiyat berilgan. Soʼnggi davrlarda ham koʼpgina musiqashunos olimlar maqomlar xaqida oʼzlarining fikrlarini bildirib kelganlar. Shunga qaramay, maqomlar borasida koʼpgina chalkashliklar va anglashmovchiliklar mavjud. Buni xal etish esa juda murakkab va chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishni talab etadi. Maqomlar sharq xalqlari musiqasining asosini tashkil etadi. Shu sababli maqomlarni atroflicha oʼrganilishi musiqa madaniyatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega.
Maqomlarning taraqqiyot tarixi oʼrganilishida oʼtmishda mashhur boʼlgan fanning turli soxalari bilan bogʼliq juda murakkab masalalarga duch kelinadi. Bu hol esa, maqomlarni oʼrganishda katta qiyinchiliklar tugʼdiradi. Maqomlarning nazariy ham amaliy tomonlari bor. Ularning nazariy jihatlari Sharq musiqasiga bagʼishlangan risolalarda oʼz ifodasini topgan. Oʼzbek-tojik xalqlaridagi maqomlarning amaliy tomonlarini esa, us- toz sozanda va xonandadan shogirdga ogʼzaki oʼtib, bizgacha yetib kelgan maqomlar turkumidagi birdan-bir janr Shashmaqom koʼrinishida tasavvur etish mumkin.
Shashmaqom ikki yuz ellikka yaqin kuy va ashulalardan iborat hamda oʼzbek- tojik xalqlari musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etadi. Maqomlar, shu jumladan, Shashmaqom masalasi musiqa madaniyatimiz tarixida juda kam oʼrganilgan sohalardandir. Ularni oʼrganish, nazariy taxlil qilish ishi esa, yuqorida aytilganidek, juda murakkab muammodir. Sharq musiqa nazariyasini sharxlab beruvchi koʼpgina yozma manbalarda maqomlar tushunchasini, xos belgilarini, ularning baʼzi amaliy tomonlarini anglashga yordam beradigan qimmatli maʼlumotlar uchraydi.
Bu manbalarni oʼrganish shuni koʼrsatadiki, maqomlarning juda qadimiy tarixi boʼlsa-da, Shashmaqom Oʼrta Osiyoda yashab kelgan maqom turkumlarining eng soʼnggi shaklidir va bundan taxminan ikki asr ilgari (XVIII a.) shakllan- gan. Turli tushunchalar ifodasi boʼlgan “maqomlar” musiqada lad (parda) uyushmalari maʼnosida keladi. Bu tushuncha turli davrlarda yashab kelgan maqomlarning xamma shakllarida ham oʼz mazmunini birdek saqlab keldi. Shuning uchun Shashmaqomni ham oʼtmishda joriy etilgan “maqom” tushunchasi bilan birgalikda, uning tarixiy shakllanish jarayoni kesimida qarab chiqish alohida ahamitga ega.
Maqomlarning nazariy ham amaliy asoslarini, ularning oʼzbek-tojik xalqlari musiqa madaniyatida tutgan mavqeini, badiiy-estetik qimmatini aniqlash, Shashmaqomning tub moxiyatini imkoniyat doirasida ochib berish bu asar oldiga qoʼyilgan asosiy vazifalardan biridir. Sharq xalqlarida maqomlarning uzoq oʼtmishdagi jonli namunalarini oʼrganishga imkon be- radigan nota yozuvlari boʼlmagani uchun ularning amaliy masalalarini oʼrganish doirasi ancha cheklangan.
Shu bois maqomlar masalasini oʼrganish ishi- da biz ularning tugal bir tarixiy tarakqiyot yoʼlini ochib berishni daʼvo etmaymiz. Muallif bu masalani koʼprok manbashunoslik nuqtai nazaridan hal etishga harakat etadi. Oʼtmishda matsomlarning jonli namunalarini aniqlashga yordam beruvchi nota yozuvlari boʼlmaganligi sababli ularning amaliy jihatdan taraqqiyot yoʼli bizga qorongʼidir.
Shuning uchun IX - XIX asr yozma manbalariga murojaat etishga toʼgʼri keladi. Bu manbalar esa mazmunan turlichadir. Sharq musiqa nazariyasi masalalariga bagʼishlangan risolalar maqomlar tarixini oʼrganishda yagona bosh manba boʼlib xizmat etadi. Bulardan tashqari koʼp sonli tarixiy, adabiy va boshqa koʼrinishdagi musiqa bilan bilvosita bogʼliq boʼlgan manbalar ham boʼlib, ular musiqa, xususan maqomlarning baʼzi amaliy tomonlarini oʼrganishga yordam beradi.
IX - XV asrlarda yaratilgan nazariy manbalar maqomlarni “lad asoslari” tarzida oʼrganishga imkon beradi. Tarixiy-adabiy xarakterdagi manbalarda esa baʼzi marosimlar, saroy bazmlari, harbiy yurishlar, tantana va xalq shodiyonlari, baʼzi yigʼinlar bilan bogʼliq musiqa xayoti, sozanda, xonanda va bastakorlar hayoti va ijodm haqidagi maʼlumotlar, musiqa cholgʼulari, kuy va maqomlar nomi va boshqa tarixiy materiallar oʼz ifodasini topgan. Shunisi aniqki, bu manbalar maqom yoʼllarini, oʼsha davrdagi musiqa- ning jonli namunalarini tasavvur ztishga imkon bera olmaydi. Shu sababli maqomlar masalasida XVII asrga, yaʼni Shashmaqom shakllangunga qadar oʼtgan davrni, asosan, nazariy jixatdan yoritib berilishigagina imkoniyat mavjud. Yuqoridagi mulohazalarga asosan, ushbu asarda maqomlar masalasi ikkita katta qismga ajratilib tadqiq etiladi.
Birinchi qismda O’rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyati tarixiga doir baʼzi masalalar, maqomlarning oʼtmishdagi nazariy asoslari va ularning Shashmaqomgacha boʼlgan shakllari toʼgʼrisida gapiriladi. Bu oʼrinda yuqorida zikr etilgan musiqa bilan bevosita xamda bilvosita bogʼliq boʼlgan manbalar asos qilib olindi, binobarin ular muallif foydalana olish imkoniyati doirasida ishga jalb etildi.
Ikkinchi qismda Shashmaqom masalalarini nashr etilgan nota, kitoblar, magnit tasmalaridagi maqom yozuvlari va gramplastinkalar asosida yoritishga harakat etiladi. Ishning oxirida foydalanilgan qoʼlyozma manbalarning qisqa tafsiloti, Sh ashmaqomning XIX asr oʼrtalarida koʼchirilgan sheʼriy matnlaridan namunalar xamda asarda uchraydigan baʼzi atamalarning qisqacha lugʼati ilova qilinadi. Аsar yozilishida Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti “Musiqa” boʼlimining mudiri, sanʼatshunoslik fanlari doktori F. M. Karomatov oʼzining qimmatli maslahatlari bilan muallifga yaqindan yordam berdi. Marhum ustoz, professor V. M. Belyaevning juda koʼp masalalar yuzasidan bergan maslahatlari ham eʼtiborga olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |