4. Yurish (normada)
Yurish avtomatizatsiyalashgan harakat akti bo‘lib, gavdaning skelet mushaklari va qo‘llarning murakkab muvofiqlashgan faoliyati natijasida amalga oshadi.
Oѐqni yerdan depsinib ko‘tarish bilan gavda harakatga keladi. Bunda, gavda oldinga qarab siljiydi, birmuncha yuqoriga ko‘tariladi va yangitdan havoda siltanadi.
Yurish paytida gavda goh chap oѐqqa, goh o‘ng oѐqqa tayanadi. Yurish akti, uning alohida komponentlarini aniq qaytarilishi bilan farqlanadi, bunda, uning har biri, avvalgi qadamdagi aniq nusxasi sifatida ko‘rinadi. Yurish aktida, odamning qo‘llari ham foydali ishtirok etadi: o‘ng oѐq oldinga qarab bosilganda o‘ng qo‘l orqaga qarab harakatlanadi, chap qo‘l esa oldinga harakatlanadi. Odamning qo‘llari va oѐqlari yurish paytida qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanadi.
Erkin oѐqning alohida bo‘g‘inlarini (son, boldir va tovon) harakati nafaqat mushaklarning qisqarishi bilan, balki inersiya bilan ham belgilanadi. Bo‘g‘in tanaga qanchalik yaqin bo‘lsa, uning inersiyasi shunchalik kam va u, gavda orqasidan shunchalik tez ergashadi. Erkin oѐqning soni hammasidan avval oldinga qarab siljiydi, chunki u, tosga eng yaqin joylashgan. Boldir tosdan uzoqroq bo‘lgani uchun kech qoladi, bu, oѐqni tizza darajasida bukilishiga olib keladi. Xuddi shunday, tovonni boldirdan kech qolishi, boldir–oshiq bo‘g‘imida bukilishiga olib keladi . Yurish paytida mushaklarni ketma–ket ishga jalb qilinishi va ularning qisqarishlarini aniq muvofiqlashtirish odamning MAT va asosan bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i tomonidan amalga oshiriladi. Yurish, asab mexanizmi nuqtai nazaridan avtomatizatsiyalashgan zanjirli refleks ko‘rinishida bo‘lib, unda harakatning har bir avvalgi elementi bilan birga keluvchi afferent impulsatsiya, keyingi harakat elementini boshlash uchun signal bo‘lib xizmat qiladi.
Yurishning funksional tahlili. Yurish – bu, murakkab siklik lokomotor harakat bo‘lib, uning asosiy elementlaridan biri qadam hisoblanadi.
Yurish paytida, xuddi boshqa lokomotor harakatlar paytidagi kabi, gavdaning fazodagi harakatlari ichki (mushaklarning qisqarishi) va tashqi (gavda massasi, tayanch yuzaning qarshiligi va b.) kuchlarning o‘zaro ta’siri tufayli sodir bo‘ladi. O‘ng va chap oѐq amalga oshiradigan har bir qadamda tayanch davri va siltash davri farqlanadi. Yugurish va sakrash bilan taqqoslaganda, yurishning barcha turlarini o‘ziga xos xususiyati – bitta oѐqning (bir oѐqqa tayanish davri) ѐki ikkala oѐqning (ikki oѐqqa tayanish davri) doimiy tayanch holati hisoblanadi. Ushbu davrlarning nisbati, odatda 4:1 teng. Tayanch davri ham, siltanish davri ham asosiy ikkita fazaga bo‘linishi mumkin, ya’ni: tayanch davri vertikal moment bilan ajratilgan oldingi depsinish va ketingi depsinish fazalariga; siltanish davri esa – oralig‘ida vertikal moment bo‘lgan ketingi qadam va oldingi qadam fazalariga bo‘linadi.
Oldingi depsinish fazasi. Oldinga qadam bosishning yakuniy fazasidan so‘ng tovonni yerga qo‘yish boshlanadi, bunda, tizza bo‘g‘inlari deyarli to‘g‘rilangan, lekin mustahkam qo‘yilmagan va son egilgan, salgina chetga tortilgan va tashqariga aylangan holatda bo‘ladi. Oѐqni yerga bosish tovonni tayanch yuzaga qo‘yish bilan boshlanadi, undan keyin esa, ikkita ko‘chish boshlanadi: tovondan oѐqning uchiga, tashqi qismidan ichki qismiga ko‘chish boshlanadi. Ushbu ko‘chish: gavdaning og‘irlik kuchi ta’siri ostida va kalta kichik boldir mushakning ketma-ket ishga tushishi ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Ushbu kichik boldir mushak oѐq tagining chekkasini tashqi tomonga ko‘taradi, keyin esa – oѐq tagida uzunasiga ѐtgan dugni (qubbani) ushlab turuvchi kichik boldir, ketingi katta boldir, bosh barmoqni bukuvchi va barmoqlarni bukuvchi uzun mushaklarni ko‘taradi. Oѐq tagining bunday harakatlari ikki xil mohiyatga ega: gavdani siljitishda ishtirok etuvchi boldirning ketingi bo‘limi mushaklarining cho‘zilishi va qadam uzunligining kattalashuvi. Tayanishning boshlang‘ich davrida tovonning bo‘g‘imlari va tizzaning biriktirilmagan bo‘g‘imi tomonidan bajariladigan ressor funksiya katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Keyinchalik, gavdaning og‘irligi va inersiyasi ta’siri ostida, oѐq tizza bo‘g‘imi darajasida birmuncha bukiladi va boldir–oshiq bo‘g‘imda rostlanadi. Bu holat boldirning ketingi bo‘limi mushaklari va to‘rtboshli mushak ishining bo‘sh kelishi paytida sodir bo‘ladi va oѐqlarning bufer xususiyatlari yanada ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |