Harakatlar faolligi va harakatlar muvofiqligining rivojlanishi. Yangi tug‘ilgan bolada harakatlanish bo‘lmaydi, harakatlar to‘plami juda chegaralangan va shartsiz-reflektorli xarakterga ega. Bu ѐshda suzish refleksi ifodalangan bo‘lib, 40-kunga kelib, u maksimal namoѐn bo‘ladi va chaqaloq suvda harakatlar bajarib, 10–15 min suzishi mumkin. Lekin, chaqaloqni boshidan ushlab turish kerak, chunki uning bo‘yin mushaklari hali juda kuchsiz bo‘ladi (u, hali boshini ushlab tura olmaydi). Keyinchalik shartsiz reflekslar so‘na boshlaydi, ularning o‘rnida turli harakat ko‘nikmalari shakllanadi. Bolada harakatlarning rivojlanishi nafaqat THA va MAT ning rivojlanishi bilan, balki trenirovka (gimnastik mashqlar, o‘yinlar, chiniqtirishni qo‘llash va h.k.) bilan ham belgilanadi. Bolalarda, tabiiy lokomotsiyalar (yurish, o‘yinlar, yugurish, sakrash va b.) va ularning muvofiqlashuvi 2-5 ѐshgacha shakllanadi. Bunda, haѐtining birinchi yilida gimnastika, o‘yinlar bilan shug‘ullantirish katta ahamiyatga ega. Shuni aytish kerakki, muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar maktab ѐshigacha bo‘lgan bolalarda ham hali mukammal bo‘lmaydi.
Harakatlarning muvofiqligini shakllantirish o‘spirinlik davriga kelib yakuniga yetadi. Tizimli trenirovkalar qilinganda harakatlarning mukammallashuvi va ularning muvofiqligi sodir bo‘ladi. Yuqori maktab ѐshida gavdaning proporsiyalari voyaga yetganlarning ko‘rsatkichlariga yaqinlashadi. Yoshi 14–16 ga yetganda, epifizar tog‘aylarda, umurtqa pog‘onasi oraliqlaridagi disklarda suyak darajasidagi sohalar paydo bo‘ladi. Qizlarda 16 ѐshda, o‘g‘il bolalarda 17–18 ѐshda o‘sish to‘xtaydi. O‘ta og‘ir jismoniy yuklamalar, ayniqsa og‘irliklarni (gantellar, toshlar, shtanga va b.) ko‘tarish suyaklanish jaraѐnlarini tezlashtiradi va o‘sish hamda rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘spirinlik davrida mushak massasi va kuchining ortishi kuzatiladi. Bolaga 7–10–15 ѐshlik davrida ortiqcha jismoniy yuklama berish, THA tarkibiy tuzilmasini o‘zgarishi tufayli oѐqlarning bo‘g‘imlarini, jumladan umurtqa pog‘onasini ham deformatsiyaga olib kelishi mumkin. 13–14 ѐshdagi qiz bolalarga og‘irliklar ko‘tarish (atletizm, shtanga, gantel va b.) bilan bog‘liq jismoniy yuklamalar berishda ehtiѐtkor bo‘lish kerak. O‘spirinlik davrida o‘g‘il bolalar bilan qiz bolalar o‘rtasida mushak kuchi ko‘rsatkichlarida farq katta bo‘ladi.
Odam bajarishi mumkin bo‘lgan harakatlar, amalda cheksiz turli–tumandir va ularning har biri motoneyronlarning o‘ziga xos razryadlari majmualari bilan belgilanadi. Faqatgina juda sodda harakatlar (masalan, qo‘l-oѐqning tortilishi ѐki qashilash) izolyatsiyalangan orqa miya tomonidan amalga oshiriladi. Orqa miyaning oraliq neyronlari va motoneyronlar qobiliyatli bo‘lgan xilma-xil harakat aktlarining barchasi reflektor reaksiyalarga bog‘liq.
Markaziy asab tizimi atrof muhit to‘g‘risidagi axborotni retseptorlardan oladi. Har bir retseptor ma’lum bir qo‘zg‘atuvchini qabul qiladi, ya’ni kimѐviy, elektromagnit (ѐrug‘lik to‘lqinlari), mexanik ѐki harorat qo‘zg‘atuvchilarini. Retseptor – qo‘zg‘atuvchilarning energiyasini elektromexanik potensialga aylantiradi. Qo‘zg‘atuvchi to‘g‘risidagi axborot sezuvchi (sensor) asablarda impulslar ko‘rinishida kodlanadi. Ushbu axborot, asab tizimining sensor tarkibiy tuzilmalariga kelib tushadi va u yerda dekodlashtiriladi va tahlil qilinadi. Har bir retseptor, morfologik va fiziologik jihatdan qat’iy belgilangan modallikdagi qo‘zg‘atuvchini qabul qilish uchun moslashgan bo‘ladi. Bular, adekvat qo‘zg‘atuvchilar bo‘lib, retseptor ularni ancha yaxshi sezadi.
Retseptorlarni umumiy qabul qilingan tasniflarining birini asosiga adekvat qo‘zg‘atuvchilarning modalligi qo‘yilgan. Ushbu belgisi bo‘yicha, barcha retseptorlar beshta guruhga bo‘linadi: 1) fitoretseptorlar; 2) mexanoretseptorlar; 3) termoretseptorlar; 4) xemoretseptorlar; 5) nositseptiv retseptorlar.
Retseptorlar, ular qabul qiladigan qo‘zg‘atuvchilar qaerda joylashganligiga bog‘liq ravishda ham bo‘linadi. Bunday tasnifga binoan retseptorlar to‘rt guruhga bo‘linadi: 1) alohida qo‘zg‘atuvchilarga (ko‘rish, eshitish, hid bilish) reaksiya qiluvchi distant eksterotseptorlar; 2) gavda yuzasidan qo‘zg‘alishlarni qabul qiluvchi kontakt eksterotseptorlar (tegish, bosish, harorat va ta’m bilish retseptorlari); 3) ichki a’zolardan keladigan qo‘zg‘atuvchilarni va qondagi kimѐviy moddalar miqdorini qabul qiluvchi interotseptorlar; 4) gavdaning fazodagi holati to‘g‘risida (bo‘g‘imlarning joylashishi, mushaklarning uzunligi to‘g‘risida) signal beruvchi propriotseptorlar. Qo‘zg‘atuvchiga nisbatan har qanday retseptorning birlamchi reaksiyasi, qo‘zg‘atuvchi va retseptorning membranasi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir natijasida yuzaga keladigan retseptor potensialini generatsiya qilinishidan iborat. Adekvat qo‘zg‘atuvchining xarakteriga bog‘liq ravishda, Na+ ni sezuvchi asab uchlariga tok kirishi bilan birga o‘tadigan, membrananing ionli o‘tkazuvchanligini ortishi sodir bo‘ladi. Ushbu kiruvchi tok natijasida asab uchi depolyarizatsiyalanadi va retseptor potensial yuzaga keladi; ko‘zning fotoretseptorlarida depolyarizatsiya o‘rniga giperpolyarizatsiya boshlanadi. Asab impulslari, retseptor potensiali qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatishi oqibatida, sezuvchi asabning boshlang‘ich segmentida paydo bo‘ladi. Sezuvchi asabda harakat potensialini generatsiyasiga olib keluvchi jaraѐnlarning ketma-ketligi, ushbu asab va retseptor potensiali hosil bo‘ladigan ushbu retseptor o‘rtasidagi anatomik o‘zaro munosabatlarga bog‘liq. Ushbu retseptor, sensor axborotni qayta ishlash funksiyasini bajaruvchi, sezuvchi asab uchi sifatida o‘zini namoѐn qiladi (rasm 7.10, A), ѐki sezuvchi uchi bilan, kimѐviy sinaps hosil qiluvchi alohida hujayra ko‘rinishida namoѐn bo‘ladi.
Generatorli potensial ta’siri ostida yuzaga keladigan depolyarizatsiyalovchi toklar, sezuvchi asablarda asab impulslarini paydo bo‘lishiga olib keladi.
Sensor axborotni kodlash shundan iboratki, sezuvchi asablar qo‘zg‘algan paytda hosil bo‘ladigan his qilishning xarakteri, ushbu asablar MAT ning qaysi sohasida tugashiga bog‘liq. Qo‘zg‘alishning jadalligi retseptor potensialining amplitudasi bilan kodlanadi. Ushbu potensialning kattaligi qo‘zg‘atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Chunki, o‘z navbatida, sezuvchi asablardagi razryadlarning chastotasi retseptor potensialining kattaligiga proporsionaldir, sensor impulsatsiyaning chastotasi ham qo‘zg‘atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Qo‘zg‘atuvchining kuchi va sensorli razryad o‘rtasidagi logorifmik bog‘liqlik taxminiy ekanligi ko‘rsatilgan. Ushbu bog‘liqlik, R=KIA darajali tenglamalar bilan ancha aniq ifodalanadi, bunda R – sensorli razryadning kattaligi, I – qo‘zg‘alish kuchi; K va A – konstantalar. Agar, har qanday retseptorga, uzoq muddat davomida doimiy qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sir qilinsa, unda reaksiya sekin-asta kamayadi. Ushbu hodisa adaptatsiya deyiladi. Adaptatsiya o‘rnatilgan sari, qo‘zg‘alishning ikkala parametri, ya’ni impulsatsiya chastotasi va retseptor potensialining kattaligi pasayadi. O‘z–o‘zidan tushunarliki, sensorli impulsatsiya darajasining adaptiv o‘zgarishlari retseptor potensiali ―adaptatsiyasi‖ning bevosita oqibati hisoblanadi: ushbu potensial kamaygan sari sezuvchi asablardagi razryadlar chastotasi tushadi.
Adaptatsiya barcha retseptorlarga xos bo‘lishiga qaramasdan, uning tezligi har xil retseptorlarda turlichadir. Adaptatsiya tezligiga bog‘liq ravishda retseptorlar ikkiga bo‘linishi mumkin: tez adaptatsiya bo‘luvchi – fazali, va sekin adaptatsiya bo‘luvchi – tonik. Somatosensor tizim harakatlanish funksiyasida (lokomotsiyada) muhim hisoblanadi. Gavdaning holati to‘g‘risida signal beruvchi sezuvchanlik turlari – somatosteziya deb nomlanadi. Somatosensor retseptorlarga: tegish, bosish, harorat va og‘riqqa reaksiya qiluvchi teri retseptorlari hamda bo‘g‘im va mushaklarda harakatlarni qabul qiluvchi propriotseptorlar kiradi.
Signallarni yetkazuvchi boshqa muhim tizim – bu, maxsus sensor retseptorlar ѐki ko‘rish, eshitish, vestibulyator retseptorlarini o‘z ichiga olgan sezgi a’zolari hisoblanadi. Ushbu barcha retseptorlar bosh sohasida joylashgan va chanoq-miya asablari tomonidan innervatsiyalanadi; somatosensor retseptorlar esa, gavdaning barcha qismlarida – qo‘l-oѐqlarda, tanada, boshda joylashgan. Somatosensor retseptorlarning aksariyat ko‘pchilik qismi tanada va qo‘l-oѐqlarda lokallashgan va orqa miya asablari tomonidan innervatsiyalangan.
Retseptor qo‘zg‘atilganda, refleks deb ataladigan javob reaksiyasi paydo bo‘ladi. Reflekslar – bu, sezuvchi, asabli va harakat tuzilmalarini ketma-ket qo‘zg‘alishi natijasida paydo bo‘ladigan, asab tizimining oddiy reaksiyalaridir.
Reflekslar, asab tizimining ko‘pchilik darajalarida amalga oshiriladi. Orqa miyaning reflekslari tana va qo‘l-oѐqlarning harakatlarini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ularga, mushakning uzunligini nazorat qiluvchi reflekslar (cho‘zilish reflekslari), zararli ta’sirlardan qochishga javob beruvchi reflekslar (bukuvchi reflekslar) va harakat reflekslari (bir-biri bilan kesishadigan rostlovchi reflekslar) kiradi. Boshqa reflekslar, masalan, vertikal holatni ushlab turishga va ko‘rishni boshqarishga javob beradiganlar, miya ustuni darajasida tugaydi.
Murakkab harakatlarning (lokomotsiyalarning) barchasi (yurish, yugurish, sakrash va h.k.) bosh miya markaziy sohalarining ishtirokini talab qiladi. Ushbu sohalar, orqa miya motoneyronlarining faolligini, pastga tushuvchi orqa miya yo‘llari orqali boshqaradi. Harakatlarni boshqarishning yuksak markazlariga bosh miya po‘stlog‘i kiradi, u, ham piramidali va xuddi shunday, ekstrapiramidali tizimlar, bazal gangliyalar va miyacha faoliyatini nazorat qiladi.
Harakatlar po‘stlog‘i – piramidal tizim‖ majmuasi nafis, erkin harakatlarga javob beradi. Qo‘pol majburiy harakatlar ―harakatlar po‘stlog‘i – ekstrapiramidal tizim‖ bloki tomonidan amalga oshiriladi. Bazal gangliyalar va miyacha harakatlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etadi. Sekin harakatlarning (ilonsimon) muvofiqlashtirilishi bazal gangliyalar bilan, tez harakatlar (ballistik) esa miyacha bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |