O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakul’teti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy tarbiyа gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari



Download 2,34 Mb.
bet50/118
Sana19.02.2022
Hajmi2,34 Mb.
#457526
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118
Bog'liq
МАЖМУА ГИГИЕНА 4-КУРС 2021-2022

7-Ma’ruza: LOKOMOTOR HARAKATLAR.
REJA:
1. Harakatlarni (lokomotsiyalarni) markaziy boshqarish.
2. Harakat reaksiyalarini kortikal nazorati.
3. Mashqlar, trenirovkalar, harakat amallarining biomexanikasi.
4. Yurish (normada).
5. Yugurish biomexanikasi (biodinamikasi).
6. Har xil sport turlarining biomexanikasi.
1. Harakatlarni (lokomotsiyalarni) markaziy boshqarish
Organizmning lokomotsiyalari – atrof–muhit bilan faol o‘zaro harakatlar imkoniyatini ta’minlovchi haѐt faoliyatining ko‘rinishlaridan biridir.
Lokomotsiyalar (lot. locus – joy va motio – harakat) – hayvonlar va odamlarni fazoda faol harakatlarini chaqiruvchi, ularning muvofiqlashgan harakatlari birligidir: muhitning turli sharoitlarida yashashi uchun muhim moslashishidir.
Odamning lokomotsiyalariga yurish, yugurish, sakrash, suzish kabilar va boshqalar kiradi. Evolyusiya jaraѐnida lokomotsiyalar o‘zgargan va murakkab–lashgan. Lokomotsiyalarning har bir turi juda ko‘p har xil turlarga ega. Masalan, oddiy yurish va sport yurishi, qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish farqlanadi va h.k. Lokomotsiyalarga individual xususiyatlar xos. Odamning lokomotsiyalari gavda holatini ushlab turishni, gavdaning alohida qismlari harakatlari va gavdani fazoda to‘liq harakatini ta’minlaydigan skelet mushaklarining qisqarishi natijasi ko‘rinishida bo‘ladi.
Harakatlarni tasniflash paytida gavda qismlari erishadigan vaziyatlarning xarakteri (bukish, rostlash va b.), funksional vazifasi (orientirlanish, himoya va b.) ѐki ularning mexanik xususiyatlari (masalan, aylanma harakatlari) hisobga olinadi.
Odamning harakatlari markaziy asab tizimi (MAT) tomonidan nazorat qilinadi: u, harakat organlarining faoliyatini ketma-ket mushak qisqarishlarida amalga oshiriladigan u ѐki bu vazifalarini bajarishga yo‘naltiradi. Harakatlar faolligining ushbu shaklini erkin ѐki ongli harakat deb, harakat aktlarini amalga oshirish paytidagi mushak guruhla-rining muvofiqlashgan faoliyatini – harakatlar muvofiqligi deb atashadi.
Harakatlar muvofiqligi – odam chaqqonligining, kuchining, chidamliligining zarur shartidir.
Harakat reaksiyalari oddiy (masalan, issiq jismga tekkanda qo‘lni tortib olish) va murakkab bo‘ladi. Murakkab reaksiyalar – ma’lum bir harakatlar vazifasini yechishga yo‘naltirilgan ketma–ket harakatlar seriyasi. Murakkab harakatlarga misol bo‘lib, gavdaning fazoda harakatlarini ta’minlaydigan skelet-mushak tizimining harakatlari – lokomotsiyalari (yurish, yugurish, suzish, sakrash va h.k.) xizmat qiladi. Eng murakkab harakatlarga, maxsus harakatlar deb nomlanadigan – mehnat, sport, o‘yin va boshqa harakatlar kiradi. Murakkab, ko‘p pog‘onali jaraѐnda erkin harakatlarni shakllantirishda, boshqarishda va ijro qilishda asab tizimining barcha darajalari (orqa miya, bosh miyaning turli hosilalari, periferik asablar) qatnashadilar hamda erkin harakatlarning bevosita ijrochisi – tayanch-harakat apparati (THA) qatnashadi.
Tayanch-harakat apparatini skeletning suyaklari, bo‘g‘imlar, bog‘lamlar va mushak-paylari bilan birgalikda tashkil qiladi, ular harakatlar bilan bir vaqtda organizmning tayanch funksiyasini ham bajaradi. Suyaklar va bo‘g‘imlar mushak harakatlariga bo‘ysingan holda harakatlarda passiv ishtirok etadilar, lekin tayanch funksiyasini bajarishda yetakchi rol o‘ynaydi. Suyaklarning ma’lum bir shakli va tuzilishi ularni juda mustahkam qiladi, ushbu mustahkamlikning qisilish, cho‘zilish, egilish zahirasi THA ning kundalik ishi paytidagi mumkin bo‘lgan yuklamalardan ancha katta. Masalan, odamning katta boldir suyagi qisilgan paytda bir tonna og‘irlikdagi yuklamaga chidaydi, cho‘zilish mustahkamligi bo‘yicha esa cho‘yanga bas kelishi mumkin. Bog‘lamlar va tog‘aylar ham mustahkamlikning katta zahirasiga ega.
Harakatlar har bir bo‘g‘im uchun dvigatel kabi xizmat qiluvchi skelet mushaklarining qisqarishi ta’siri ostidagi ko‘rinishida namoѐn bo‘ladi ѐki suyak-bo‘g‘im apparatining ishtirokisiz faqat mushaklar tomonidan amalga oshiriladi (mimika harakatlari va b.). Skelet mushaklari gavdani ma’lum bir holatda fiksatsiya qilish bilan statik faoliyatni hamda gavdani fazoda, uning alohida qismlarini bir-biriga nisbatan harakatlarini amalga oshirish bilan dinamik faoliyatni bajaradi. Mushak faoliyatining ikkala turi bir-birini to‘ldirib, yaqindan o‘zaro harakat qiladi: statik faoliyat dinamik faoliyat uchun dastlabki fonni ta’minlaydi. Qoidaga binoan, bo‘g‘imning holati bir nechta turli yo‘nalgan mushaklar, jumladan qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi mushaklar ѐrdamida o‘zgaradi. Bo‘g‘imlarning barcha mushaklari bir tekis bo‘shashgan va harakat chaqirmaydigan holati – fiziologik tinchlik holati deb ataladi, bunda bo‘g‘imning holati – o‘rtacha fiziologik holat deb ataladi. Bo‘g‘imning murakkab harakatlari yo‘naltirilmagan ish bajaruvchi mushaklarning uyg‘un, bir vaqtdagi ѐki ketma-ket qisqarishi bilan to‘ldiriladi. Ko‘pchilik bo‘g‘imlar ishtirok etadigan harakat aktlarini bajarish uchun muvofiqlik o‘ta zarurdir (masalan, chang‘ida yugurishda, suzishda va h.k.).
Harakatlarni muvofiqlashtirish mexanizmlari to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlar bo‘yicha, mushaklar nafaqat ijrochi harakatlantiruvchi apparat, balki o‘ziga xos sezgi organi hamdir. Mushak duklarida va paylarda maxsus asab uchlari – retseptorlar mavjud bo‘lib, ular MAT ning turli darajalaridagi hujayralarga impulslar yuboradi. Natijada, hujayra va mushak o‘rtasida berk sikl hosil bo‘ladi: MATning turli hosilalaridan harakatlantiruvchi asablar bo‘ylab keladigan impulslar mushklarning qisqarishini chaqiradi, mushak retseptorlari jo‘natadigan impulslar esa, harakatlarning har bir elementi va lahzasi to‘g‘risida MAT ga axborot beradi. Aloqalarning siklik tizimi harakat-larning aniq boshqarilishini va ularni muvofiqlashtirishni ta’minlay-di. Harakat aktlarini amalga oshirish paytida skelet mushaklarining harakatlarini boshqarishda MATning turli bo‘limlari ishtirok etsa ham, ularning o‘zaro harakatlarini ta’minlashda va harakat reaksiyasining maqsadini qo‘yishda, ayniqsa murakkab harakatlarni bajarishda yetakchi rol bosh miya katta yarim sharlarining po‘stlog‘iga mansub. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida harakat va sezish sohalar yagona tizimni hosil qiladi, bunda har bir mushaklar guruhi ushbu sohalarning ma’lum bir uchastkasiga mos keladi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik, harakatlarni aniq bajarish imkonini beradi. Erkin harakatlarni boshqarish sxematik shaklda quyidagicha ko‘rinishi mumkin. Harakat amalining vazifalari va maqsadi tafakkur bilan shakllanadi, bu, odamning diqqatini va harakatlarini yo‘naltirilganligini belgilaydi. Tafakkur va hissiѐtlar ushbu harakatlarni akkumulyatsiya qiladi va yo‘naltiradi. Oliy asab faoliyati mexanizmlari, harakatlarni turli darajalarda boshqarishning psixofiziologik mexanizmlarini o‘zaro ta’sirini shakllantiradi. Turli asab hosilalari va THA ning o‘zaro harakatlari va doimiy ravishda axborot almashishlari asosida harakatlar faolligining rivojlanishi va korreksiyasi ta’minlanadi. Harakat reaksiyalarini amalga oshirilishida analizatorlar katta rol o‘ynaydi. Harakat analizatori mushak qisqarishlarining dinamikasini va o‘zaro aloqasini ta’minlaydi, harakatlar aktini fazoviy va vaqt birligida tashkil qilinishida ishtirok etadi. Muvozanat analizatorlari (vestibulyar analizator) gavdaning holati fazoda o‘zgarganda harakat analizatori bilan o‘zaro harakat qiladi. Ko‘rish va eshitish analizatorlari atrof muhitdan axborotni faol qabul qilish orqali orientir olishda va harakat reaksiyalarini korreksiya qilishda ishtirok etadi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish