3. Biomexanik zanjirlar.
Tirik organizm bo‘g‘inlari birlashmalarining soni va erkinlik darajalarining soni, gavda qismlarining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mustaqil harakatlarining umumiy soni sifatida, mexanizm va mashinalar nazariyasi to‘qnashadiganlardan ancha ko‘pdir.
Ma’lumki, ushbu erkinlik darajalarini chegaralashdan iborat bo‘lgan harakatlarni asabli– mushakli boshqarilishi, texnikani boshqarish tizimidan kuchli farqlanishi lozim. Odam ѐki hayvon harakatlarini boshqarish jaraѐnining o‘ziga xosligi, ortiqcha erkinlik darajalarini yengadigan dvigatellar tizimi sifatida mushak tizimining xususiyatlari bilan ham belgilanadi. Mushaklar shakli, kattaliklari, biriktirilish xususiyatlari, maksimal rivojlantiriladigan harakatla-rining kattaliklari bo‘yicha har xil, teskari harakat amaliga ega emas. Mushaklarning soni gavda bo‘g‘inlarining sonidan ko‘p. Har bir mushak ko‘p sonli harakat birliklaridan iborat va har bir birlik o‘zining xususiy motoneyroni tomonidan boshqariladi.
Ko‘ndalang–targ‘il mushak tolalaridan iborat har bir mushakning asosiy funksiyasi qisqaruvchanlik hisoblanadi.
Mushaklar, ko‘pincha suyaklardan boshlanadi va biriktiriladi; kamroq holatlarda tog‘aylarda, fassiyalarda, paylarda. Mushaklarning uchlari, qoidaga binoan, fibrioz biriktiruvchi to‘qimalarning tutamlaridan iborat, ayrim hollardagina mushakli bo‘ladi. Agar, mushakning bitta ѐki ikkala biriktiruvchi to‘qimali uchlari ko‘ndalang kesimli tortilgan arqon ko‘rinishidagi oval ѐki aylana shakliga ega bo‘lsa, pay to‘g‘risida gapiriladi. Agar, mushakning uchi fibrioz yaproqcha ѐki plastinka ko‘rinishida tasvirlansa, uni paylarning cho‘zilishi ѐki aponevroz deb ataladi.
Organizmda shakli, tuzilishi, rivojlanishi va funksiyasi bo‘yicha turlicha bo‘lgan 600 atrofidagi erkin mushaklar mavjud. Mushaklar shakli bo‘yicha: yassi, uzun, duksimon, kvadrat, uchburchaksimon, trapesiyasimon, rombsimon, dumaloq, lentali va h.k.; boshchalarining soni bo‘yicha: ikkiboshli, uchboshli, to‘rtboshli; qorinchalarining soni bo‘yicha: bir qorinchali, ikki qorinchali; mushak tutamlarining yo‘nalishi bo‘yicha: bir patli, ikki patli, ko‘p patli; funksiyalari bo‘yicha: bukuvchi, rostlovchi, aylantiruvchi, ko‘taruvchi, qisuvchi (sfinkter), chetga tortuvchi (abduktor), taranglashtiruvchi; joylashishi bo‘yicha: yuza, chuqur, medial, lateral joylashgan bo‘ladi. Mushaklar boshcha, qorincha va dum qismlarga bo‘linadi.
Mushak tutamlarining yo‘nalishlari turlicha. Embrional holatini saqlab qolgan mushaklarda mushak tutamlari qat’iy uzunasiga, ѐki egri o‘tadi. Aralash mushaklarda tutamlarining quyidagi yo‘nalishlari farqla–nadi: ko‘ndalang, egri, uzunchoq, bir va ikki patli.
Mushaklarning qisqarishi skelet qismlarini – paylar sohasidagi tayanch nuqtalari bo‘lgan richaglarning harakatlanishiga olib keladi. Ushbu richaglarga ta’sir qiluvchi ikkinchi kuch sifatida og‘irlik kuchi ѐki boshqa birorta qarshilik xizmat qiladi. Odamning gavdasida, umuman mexanikadagi kabi, birinchi turdagi va ikkinchi turdagi richaglarni farqlash qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |