O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakul’teti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy tarbiyа gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari


-Ma’ruza: HARAKAT SIFATIDA BIOMEXANIKASI



Download 2,34 Mb.
bet30/118
Sana19.02.2022
Hajmi2,34 Mb.
#457526
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118
Bog'liq
МАЖМУА ГИГИЕНА 4-КУРС 2021-2022

4-Ma’ruza: HARAKAT SIFATIDA BIOMEXANIKASI.
REJA:
1. Mushaklar biodinamikasi. Mushak to‘qimasining xususiyatlari va biomexanikasi.
2. Mushaklarning ishi. Mushakning mexanik xususiyatlari.
3. Biomexanika elementlari.
4 . Xususiy biomexanika o’q atrofida aylanish.
5. Tana holatini saqlash va o’z joyida harakatlar.
6. Joy o’zgartirivchi harakatlar.
7. Yurish va yugurish biomehanikasi, dinamikasi.


1. Mushaklar biodinamikasi. Mushak to‘qimasining xususiyatlari va biomexanikasi
Tirik organizm – murakkab, doimo o‘zgarib turuvchi, rivojlanuvchi bir butun tizim bo‘lib, tashqi muhit bilan doimiy aloqada bo‘ladi va u bilan uzluksiz bir butunlikni hosil qiladi.
Odam gavdasining ko‘p qismini erkin mushaklar tashkil qiladi (ѐshi kattalarda 40% gacha) va ma’lum bir tartibda joylashgan alohida mushaklar ko‘rinishida ifodalangan hamda ma’lum bir harakatlarni bajaradi.
Mushak to‘qimalari, ular elementlarining qisqarish qobiliyati bilan tavsiflanadi. Mushaklarning shakllari juda xilma xildir. Mushaklarning joylashishiga, ularning shakllariga, mushak tolalarining yo‘nalishlariga, ularni paylarga nisbatan munosabatiga bog‘liq ravishda – yuzaki va chuqur, medial va lateral, tashqi va ichki mushaklar farqlanadi. Uzun, keng va qisqa mushaklar farqlanadi. Qisqa mushaklar ko‘p miqdorda orqaning chuqur qatlamlarida alohida umurtqa bo‘g‘inlari oralig‘ida hamda qovurg‘alar oralig‘ida uchraydi, ularning uzunliklari o‘z ko‘ndalang kesimidan salgina kattaroq xolos. Keng mushaklar ko‘proq tana qismida joylashgan (ayniqsa, ular ko‘krakda, qorinda, orqaning yuza qismlarida rivojlangan); ular qatlamlar ko‘rinishiga ega. Uzun mushaklar, ayniqsa duksimon shakldagilari, qo‘l-oѐqlarda juda ko‘p.
Mushak tutamlari pay qismiga o‘tuvchi qorinchani shakllantiradi. Mushakning proksimal bo‘limi – uning boshchalari – bitta suyakdan boshlanadi, distal uchi – pay (dum) – boshqa suyakka birikadi. Mushakning boshlanishi, uning birikadigan nuqtasiga qaraganda proksimalroq joylashgan, birikkan nuqtasi distalroq joylashgan bo‘ladi. Turli mushaklarning paylari o‘zaro farq qiladi. Qo‘l-oѐqlarning mushaklari tor va uzun paylarga ega. Keng va yassi paylar – paylarning cho‘zilishi ѐki aponevroz gavda bo‘shliqlari devorlarining shakllanishida ishtirok etuvchi mushaklar uchun xarakterlidir. Ayrim mushaklarning qorinchalari oraliq paylar bilan ajratilgan, masalan, ikkiqorinchali mushak. Agar, mushakning uzunligi bo‘yicha bir nechta oraliq paylar mavjud bo‘lsa, ularni pay to‘siqlari deb aytiladi. Paylar kam cho‘ziluvchan, ancha mustahkam va katta og‘irlik kuchlariga chidamli bo‘ladi. Masalan, sonning to‘rtboshchali mushagining paylari 600 kg kuch bilan tortishga, boldirni uchboshchali mushagining paylari (tovon paylari) – 400 kg kuch bilan tortishga bardosh beradi. Bunga, paylarni hosil qiluvchi, zich shakllangan birlashtiruvchi to‘qima tufayli erishiladi. Paylar, kollagen tolalarning parallel tutamlaridan iborat bo‘lib, ularning orasida fibrotsitlar va kam miqdorda fibroblastlar joylashgan. Paylar tashqi tomonidan peritendiy – qalin tolali biriktiruvchi to‘qimadan iborat g‘ilof bilan qoplangan. Biriktiruvchi to‘qimalari qatlamida tomirlar va asablar o‘tadi.


  1. Download 2,34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish