Uzunlikga joydan sakrashda. Itarilish uzliksiz harakatning davomi sifatida bajariladi. Qo’lni tepaga ko’tarib oyoq uchiga turganda harakatning bajarish tezligi kuchayadi. Itarilish ikkala oyoq bilan simmetrik ravishda bajariladi. Itarilish harakati ikkala oyog’ini bukish bilan taomomlanadi. Bundan tashqari tayanishning reaktsiyasi kichik bo’lganiga qaramasdan tezlanishni ko’paytiradi. Harakatning butunligini ham esada tutish kerak. Agar itarilish bo’lmasa harakat impulslarining borishi o’zgaradi.bu esa muskul koordinatsiyasiga ta’sir etadi. Agar bu sistemaning birinchi qismi bo’lmasa, bu butun oyoq yoki qo’lning muskul sistemasiga ta’sir
etadi.
Uzunlikga sakrashda itarilish kuchi maksimal bo’ladi. Itarilish 450 burchak hosil qiladi. SHu burchakda eng uzoqga sakrash mumkin.
Yugurib uzunlikka sakrashda itarilish kuchi mexanizmga yana yugurish tezligining ta’siri qo’shiladi. Itarilish tezligi yugurish tezligi bilan qo’shiladi. Bu sakrashda 450 burchak hosil qilish mumkin emas, chunki bunda shu burchakda gorizontal tezlik (yugurish) va vertikal tezlik (itarilish) teng bo’lishi kerak, bunday holat sakrash uzun bo’lganda bo’lmaydi.
Yugurishda sakrashga nisbatan itarilish kuchi juda kam bo’ladi. Itarilish vaqti esa ko’p bo’ladi. SHuning uchun o’tirib uzoqroq itarilish kuchi ko’proq. Qisqa masofaga yugurganda itarilish kuchi ko’proq, itarilish vaqti esa kamroq o’rta va ayniqsa uzun masofalarga nisbatan.
Yurishda esa itarilish kuchi undan ham oz, itarilish burchagi esa ko’proq. SHuning uchun yurishda pasayish kamroq bo’ladi. CHang’ida yurganda itarilish vaqti qisqaroq. Itarilish kuchi esa yurishga nisbatan ko’proq bo’ladi. Buning sababi itarilish vaqtida o’tirish (pasayish) ko’proq bo’ladi.
Yuqoriga sakraganda itarilishning yana bir xususiyati qo’llaniladi. Bir qadam yugurigandan keyin itaruvchi oyoq to’g’rilanadi. Oldingi itarilish hosil bo’ladi. Tayangan oyoqning bosish kuchi tayanch reaktsiyasini vujudga keltiradi. Yuqoriga sakrashda qo’llar va bo’sh oyoq bilan silkitish harakat qilinadi. Bunday harakat natijasida tayanch reaktsiyasi ko’payadi, bu esa itaruvchi oyoqning muskullarining taranglanishini kuchaytiradli. Tananing harakati davomida muskullarning kuchi amortizatsiya qilib turadi. Tananing massasi kuchning miqdoriga va uning ta’sir etish vaqtiga qarab o’z tezligini kamaytiradi.
Biz oyoqning tayanishini va uning fazalarini ko’rib chiqdiq (amortizatsiya va itarlishi)
Keyingi period oyoqni olib o’tish, 4 fazaga bo’linadi: ko’tarilish, yurib (yugurib) ketish, tormozlanish va oyoqni tayanch tekkislikga qo’yish.Ko’tarilish oyoqni tayanish tekkisligidan olganda boshlanadi va oyoqning ohirlik markazining eng yuqori nuqtada bo’lganda tamom bo’ladi, keyingi nuqtasi deyiladi. Keyin olib o’tiladigan oyoq tom orqadagi eng keyingi holatdan harakatni boshlaydi to oldidagi bo’lgan eng chekadagi nuqtasigacha. Bu harakatga oyoqning yurib ketish va tormozlanish fazalari kiradi.
Yurib ketish fazasi tos orqasidagi oyoq og’irlik markazining eng yuqori xolatidan boshlanib og’irlik markazining eng yuqori tezlikga ega bo’lgan vaqtda tamom bo’ladi.
Tormozlanish fazasi oyoq og’irlik markazining eng yuqori tezligi vaqtida boshlanib oyoqning og’irlik markazi tos oldida ega bo’lgan xolatda bo’lganda bo’ladi.
Oyoqni tushirish fazasi oyoqning og’irlik markazi tosdagi oldingi eng yuqori holatdan oyoqni yerga tegishi bilan tamomlanadi.
Bundan avval aytilganidek, tsiklik qadam harakatlari tebranuvchan harakatlardan tuzilgan. Oyoqning tebranuvchan harakatlari og’irlik markazining eng yuqori holati tos orqasida yoki oldida bo’lganda bo’ladi.
Oyoqni olib o’tishdagi kinetik energiyasi aktagonist muskullarning potentsial energiyasiga aylanadi. Harakat to’xtaligandan keyin, muskullarning deformatsiya qiluvchi potentsial energiyasi maksimal bo’ladi. Qaytarilish harakati boshlanganda potentsial energiyasi sarflanadi, tezlik va kinetik energiya miqdori oshadi.
Amortizatsiya fazasida tananing tushish kinetik energiyasi muskullarning potentsial energiyasiga aylanadi. Bunda huddi “bufer effekti” hosil bo’ladi, ya’ni muskullar cho’ziladi, taranglanadi, bu esa tez qisqarishiga yordam beradi. Bu yerda ham qatarilish harakati bo’ladi.
SHunday qilib, tebranuvchi harakatda yo’nalishining o’zgarish punkti bo’lib, olib o’tiladigan harakatda oyoqning olib o’tish kritik nuqtalarn va tayangan oyoqning amortizatsiyasi hisoblanadi. Katta tezlik bilan harakat qilganda oyoqning olib o’tish tezligi katta ahamiyatga ega. Kichik tezlik bilan harakat qilganda itarilish kuchi katta ahamiyatga ega. Masalan, sirint yugurishda muskullarning aktivligi oyoqni olib o’tish kritik nuqtalarida yuqori bo’ladi, sekin yurganda esa itarilish boshlanganda.
Oyoqlarning qadam harakati odamning tanasi va qo’liningarakati bilan sinxron bog’langan. Bo’sh oyoqning olib o’tganda tayanch oyog’ining bo’g’inida tosning pasayishi kuzatiladi.bu harakatlar ayniqsa sekin yugurganda va sport yurishida yaxshi ko’rinadi. Tos engashganda va burilganda qadamning uzunligi ko’payadi va dinamik effekti hosil bo’ladi.
Qadam harakatlarining tezligi bo’lgan teskari vaqtga nisbati bilan ifodalanadi.
Har bir qadamdagi yo’l –uni uzunligi (e) vaqt –tempga bo’lgan teskari nisbati ( Harakat tezligi qadamning uzunligi va uning tezligiga bog’liq. V=eN
Agar qadamning uzunligini Ьda ifodalasak, tempni -1 sek. Bo’lsa, tezlik m/sek da bo’ladi, chunki qadamning uzunligi va tezligi bir xil bo’lmaydi. SHuning uchun hisoblaganda yo’lning ayrim bir qismida harakat ko’rsatkichlarini oladi.