1.5 Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning fiziologik asoslari.
Reja:
1. Hozirgi zamon kishisi hayotida jismoniy mashqlarning ahamiyati
2. Yoqimsiz omillarga organizmning chidamliligi ortishida jismoniy mashqlarning ahamiyati.
3. Ertalabki gigienik gimnastikaning organizmga ta’siri.
Tayanch so‘z va iboralar: yoqimsiz omillar, organizmning chiniqtirish, salbiy odatlar, gipodinamiya,gipokineziya, razminka, turlari, ahamiyati (jismoniy mashq, sport organizm, imkoniyat).
Harakat odam va hayvon hayotining asosiy shartlaridan biridir. Harakat omili ularning faqat tashqi ko‘rinishlarini shakllantiribgina qolmay, balki ko‘p million yillar davomida organizmning biologik jixatdan to‘liq bo‘lishida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan.
Odamning xar qanday faoliyati bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan 4 ta komponent (ruhiy, neyrodinamik, harakat va energiya) bilan ta’minlanadi. Bu komponentlar foydali natijaga erishish uchun yo‘naltirilgan markaziy asab funksional sistemalari uyushmasi orqali dinamik tarzda bog‘lanadi. Har qanday faoliyat boshlanishida spesifik bo‘lmagan aktivlanishga ega bo‘lgan miya qurilmalarning ma’lum maqsad bilan qo‘zg‘alish natijasida affirent sintezni va bo‘ladigan faoliyatini energiya bilan ta’minlash mexanizmlarni ishga tushiradi. Bu faoliyat dasturini to‘g‘irlash mexanizmlari ham samotik ham vegetativ funksiyalar tamonidan amalga oshadi9. Ishlayotgan sklet muskullari va ichki organlarning retseptorlaridan kelayotgan qayta ma’lumotlar to‘g‘rilanish manbai bo‘ladi. Faoliyat dasturi qanchalik murakkab bo‘lsa, afferent sintez jarayoni shuningdek faoliyatning energiya va harakat komponentlari shunchalik tez bo‘ladi. Bularning hammasi ixtiyoriy faoliyatdagi hamma komponentlarning o‘zaro ta’sirini takomillashtiradi.
Bu borada harakat aktivligi tezligiga tayanch apparatining strukturasi bog‘liq ekanligi yaxshi o‘rganilgan markaziy asab sistemasining yuqori bo‘limlarida bo‘ladigan asosiy asab jarayonlari ularning po‘stloqdagi dinamikasining boshqarilish manbai harakat ekanligi I.P.Pavlov va uning xodimlari tomonidan aniqlangan.
Texnikaning rivojlanishi hozirgi zamon kishisining turmush tarzini ancha o‘zgartirgan. Ishlab chiqarish va maishiy hayotning keng ko‘lamda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, turli harakat vositalarini takomillashtirish, yangi takomillashgan texnikadan foydalanish, insonning mehnat va turmush faoliyatini qayta qurilishiga sabab bo‘ldi. Qo‘l mexnati ishlab chiqarish va turmushdagi jismoniy kuchlanishlar ancha kamaydi. Akademik Berg dallilariga ko‘ra ishlab chiqarishdagi muskul energiya 90 % dan 1 % ga qisqargan bu narsa harakat faolligining pasayishiga olib keldi, bunda harakat faoliyatining umumiy hajmiga nisbatan ko‘p bo‘lmagan statik kuchlanishlar ortadi. Shu bilan bir qatorda hozirgi zamon kishisining hayoti jismoniy kuchlanishlardan butunlay xoli deb ham bo‘lmaydi. Odam organizmini o‘rab turgan muxitning yangi ta’sirlari, ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga kelayotgan hodisalar bilan to‘qnashadi, ularga moslashish kerak bo‘ladi. Qator holatlarda juda yuqori kuch, chidamlilik harakat tezligi va epchillik talab qilinadi, buning uchun inson jismonan yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak.
Ikkinchi tomondan ishlab chiqarishda va jamiyatda mexnatning aqliy shakli ilmiy ma’lumotlar hajmining ortishi, ularning ishlanish murakkabligi, qabul qilingan qarorlarning ijtimoiy qiymatining ortishi va ularni bajarish ma’suliyatining kuchayishi aqliy mexnatning ortishiga sabab bo‘ladi. Bularning hammasi surunkali asab xayajon kuchlanishga olib keladi.
Yuqorida ko‘rsatilganlaridan xulosa qilib shuni aytish kerakkki, kishining salomatligi va jismoniy rivojlanishini ta’minlashda harakat muhim ahamiyatga ega. Insonning harakat aktivligining xar qanday yo‘l bilan chegaralanishi salomatlikning yomonlashishiga, mexnat unumining pasayishiga va nihoyat kishi umrining qisqarishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |