O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakul’teti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy tarbiyа gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari


-Ma’ruza: ODAM TANASI HARAKATINING DINAMIKASI



Download 2,34 Mb.
bet21/118
Sana19.02.2022
Hajmi2,34 Mb.
#457526
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118
Bog'liq
МАЖМУА ГИГИЕНА 4-КУРС 2021-2022

3-Ma’ruza: ODAM TANASI HARAKATINING DINAMIKASI.
REJA:
1. Mexanik harakat. Tezlik. Harakatlarni vaqt bo‘yicha tavsiflari.
2. To‘g‘ri chiziq bo‘ylab bir tekis harakat.Tezlanish. Erkin tushish va uning tezlanishi.
3. Aylanma harakatlarni tebranma harakatlar bilan aloqasi.
4. Odam harakatlarini ifodalovchi elementlar.
5. Biomehanik tizim bo’lgan odam tanasi harakat aparatining tuzilishi. Biomehanik zanjirlar.
6. Biokinematik zanjirlar. Biokinematik zanjirlardagi richaglar.
1. Mexanik harakat
Kinematik harakatlar tadqiq qilinganda odam gavdasining mexanik holati va harakat funksiyalarining hamda harakatlarning o‘zini miqdoriy jihatdan ko‘rsatkichlari o‘lchanadi. Ya’ni, umuman gavda va uning qismlarini (bo‘g‘inlarini) biomexanik tavsiflari (kattaliklari, proporsiyalari, massasining taqsimlanishi, bo‘g‘inlardagi harakatchanligi va b.) va harakatlari ro‘yxatga olinadi. Shunday qilib, biomexanik tavsiflar deganda, biotizim mexanik holatining o‘lchamlari va ularning o‘zgarishlari (xulq-atvori) tushuniladi. Biotizimning mexanik holati va xulq-atvori o‘zgaruvchan xarakteri bilan farqlanadi. Biomexanik tavsiflar, odam gavdasini mexanik harakatlanuvchi ob’ekt sifatida ifodalaydi. Bu yerda shuni tushunish lozimki, texnik uskunalarning texnik tavsiflari deganda uning parametrlari nazarda tutilsa, biomexanikada parametrlar – bu, o‘rganilaѐtgan jaraѐnning eng muhim tavsiflari hisoblanadi. Tizimli tahlil (harakatlar tizimining tarkibini aniqlash) uchun, tavsiflar turli harakatlarni farqlash imkoniyatini beradi. Tizimli sintez (harakatlar tarkibiy tuzilmasini aniqlash) uchun, biomexanik tavsiflar bir harakatni boshqasining ta’siri ostida o‘zgarishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Miqdoriy ko‘rsatkichlar o‘lchanishi ѐki hisoblanishi mumkin, chunki ular ma’lum bir son miqdoriga ega va bir o‘lchamni boshqasi bilan aloqasini ifodalaydi (masalan, tezlikni olsak, u, bosib o‘tilgan yo‘lni unga sarflangan vaqt bilan aloqasini ko‘rsatadi). Miqdoriy tavsiflarni o‘rganish orqali aniqliklar beriladi (bu nima) va o‘lchash usuli belgilanadi (nima o‘lchanadi). Sifat tavsiflari, miqdor o‘lchamlarisiz, odatda so‘z bilan ifodalanadi (masalan, taranglashgan, erkin, ravon, sapchigan holda).
Mexanika fanida, mexanik harakatlarni o‘rganadigan, lekin bu harakatlarning sababi ko‘rib chiqilmaydigan qismi kinematika deb nomlanadi (yunoncha kinema – harakat). Sportning har xil turlarida odam gavdasi (uning qismlarini) hamda har qanday sport snaryadlarining harakatlarini ifodalash sport biomexanikasining ajralmas qismi hisoblanadi. Demak, odam harakatlarining kinematikasi harakatlar geometriyasini (fazoviy shaklini) va ularning ma’lum bir vaqt ichida o‘zgarishlarini (ya’ni xarakteri, massasi va ta’sir ko‘rsatuvchi kuchlarni hisobga olmagan holda) aniqlaydi. Bu, umumiy holda harakatlarning tashqi ko‘rinishini beradi.
Kinematik tavsiflar gavda va uning bo‘g‘inlari kattaliklarini hamda har xil sportchilarda harakatlarning kinematik xususiyatlarini taqqoslash imkoniyatini beradi. Ushbu tavsiflarni hisoblash orqali sportchilar texnikasini individuallashtirish, aynan shu sportchilar uchun harakatlar–ning optimal xususiyatlarini izlab topish mumkin.
Ko‘pchilik holatlarda, bizni qiziqtiraѐtgan jismlarning o‘zaro joylashishi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi va ushbu o‘zgarishlar Seminar ahamiyatga ega. Masalan, Yerni o‘z o‘qi atrofida aylanishi kun va tunni o‘rin almashishini chaqiradi, Yerni Quѐsh atrofida aylanishi esa – fasllarning almashishiga olib keladi. Bunday o‘zgarishlarni ifodalash uchun fizikada mexanik harakatlar tushunchasi kiritilgan.
Mexanik harakatlar – bu jismning fazodagi holatini boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishi hisoblanadi.
Harakatning o‘zini ifodalashdan oldin jismning holatini miqdor jihatdan ifodalash usulini tanlash kerak. Buning uchun fizikada dastlabki nuqtadan hisoblash tizimi, ya’ni sanoq boshi qo‘llaniladi.
Sanoq boshi – bu, biror jism bo‘lib, unga nisbatan boshqa jismlarning holati ko‘rsatiladi va u bilan bog‘liq bo‘lgan koordinatorlar tizimi hamda vaqtni hisoblash uchun soat. Demak, shartli ravishda tanlangan qattiq jismga nisbatan boshqa jismlarning holati vaqtning turli momentlarida aniqlanadi.
Olamda absolyut harakatsiz jismlar mavjud emas, barcha jismlar harakatlanadi. Lekin, ularning ayrimlari shunday harakatlanadiki, ularning tezligi (tezlanishlari) ushbu masalani yechish uchun ahamiyat kasb etmaydi va ularni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Bular, sanoq tizimining inersial ko‘rinishi hisoblanadi. Bunday jismlarga Yer va u bilan harakatsiz bog‘langan jismlar kiradi (yugurish yo‘lagi, gimnastik snaryad). Bunday tizimda, tinch holatdagi jismlar kuchlarning ta’sirini sezmaydi, demak ushbu tizimdagi har qanday harakat kuchning ta’sirisiz boshlanmaydi. Boshqa jismlar esa, tezlanish bilan harakat qiladi va bu tezlanishlar ushbu masalani yechishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bular sanoq tizimining noinersial ko‘rinishi hisoblanadi (sirg‘anaѐtgan chang‘i, mayatnikning tebranishi). Bunday holatlarda, harakatlanish xususiyatla-rini hisoblash usullari va tushuntirish o‘zgacha bo‘ladi va ularni, albatta hisobga olish kerak. Sanoq nuqtasi (jism) bilan masofaning boshlanishi va yo‘nalishini o‘lchashni bog‘lashadi va dastlabki hisoblash birligini belgilashadi. Sport natijasini to‘g‘ri aniqlash uchun musobaqalarning qoidalarida qaysi nuqtadan (hisoblashni boshlash punkti) hisoblash boshlanishi belgilanadi (chang‘ini qotiradigan uskunaning balandligi bo‘yicha, sprinter ko‘krak qafasining oldingi nuqtasi bo‘yicha, uzunlikka sakrovchi sportchining oѐqlari yerga tekkanda uning oѐq izlarini ketingi qirrasi bo‘yicha va h.k.).
Sanoq jismini, koordinatlar tizimini va unda joylashgan nuqtaning boshlanishini tanlash yechilaѐtgan masalaga bog‘liq. Masalan, marafonchi sportchining distansiyadagi holatini ko‘rsatish uchun koordinatlar tizimini Yer bilan bog‘lash, sanoq nuqtasini esa start boshlangan joyga joylashtirish zarur. Agar, turnikda aylanma mashq bajaraѐtgan gimnast sportchining harakatlanishini ifodalash talab qilinsa, unda koordinatlarning boshlanishini turnikning ko‘ndalang qismi bilan bog‘lash kerak. Koordinat tizimining tanlanadigan tipi ham yechilaѐtgan masalaning xususiyatlari bilan belgilanadi.
Fizikada koordinat tizimlarning ikkita asosiy tipi ishlatiladi: to‘g‘riburchakli va qutbli. To‘g‘riburchakli tizimda jismning holati uning koordinatlari ѐrdamida ikkala o‘qlar bo‘ylab ko‘rsatiladi. Qutbli tizimda jismning holatini belgilash uchun uni sanoq nuqtasidan uzoqdaligi (R) va jismning radius-vektori tanlangan yo‘nalish (X o‘q) bilan hosil qilgan burchak () ko‘rsatiladi. Shu narsa tushunarliki, kattaligi sezilarli bo‘lgan jism uchun bu yetarli emas.
Ko‘pchilik holatlarda jismlarning harakatlanishini ifodalash paytida ularning kattaliklari sezilarli ahamiyatga ega emas. Masalan, sayѐrlarni Quѐsh atrofida aylanishini ifodalash paytida ular kattaliklarining ahamiyati yo‘q. Bu holda, jismlar – moddiy nuqtalar deb ataladi.
Moddiy nuqta – jism bo‘lib, uning kattaliklari va ichki tarkibiy tuzilmasini berilgan shartlarda hisobga olmasa ham bo‘ladi.
Jismni moddiy nuqta sifatida hisoblash mumkinmi degan savolga javob, yechilaѐtgan masalaga bog‘liq. Yuguraѐtgan sportchining o‘rtacha tezligini aniqlash paytida unig shaxsiy o‘lchamlarini hisobga olmasa ham bo‘ladi. Shu vaqtning o‘zida suvga sakraѐtgan sportchi gavdasining harakatlarini ifodalash paytida unga moddiy nuqta sifatida qarash mumkin emas, chunki bu holatda sakrashning turi va uni bajarishning aniqligi ahamiyat kasb etadi.
Moddiy nuqtaning harakatlanishini ifodalash uchun qanday tavsiflar qo‘llanilishini ko‘rib chiqaylik. Harakatlanuvchi nuqta fazoda ma’lum bir uzluksiz chiziqni bosib o‘tmoqda, bu chiziq harakatlanish traektoriyasi deb ataladi.
Traektoriya – bu, harakatlanuvchi nuqta sanoq nuqtasiga nisbatan bosib o‘taѐtgandagi harakatlanish yo‘li (chizig‘i).
Jism bosib o‘tgan yo‘l (s) traektoriyaning uzunligi deb nomlanadi. Jismning siljishi (bir joydan boshqa joyga ko‘chishi) deb, uning traektoriyasini sanoq nuqtasi bilan oxirgi nuqtasini birlashtiruvchi vektorga aytiladi (R).
Sanoq nuqtasi turlicha bo‘lganda harakatlanish traektoriyasi har xil bo‘ladi. Masalan, aylanaѐtgan g‘ildirakning gardishida joylashgan A nuqtasining traektoriyasi, g‘ildirakning o‘qi (O) bilan bog‘liq tizimda aylana ko‘rinishida namoѐn bo‘ladi va shu vaqtning o‘zida, yerga nisbatan u – sikloida hisoblanadi.
Odamning vestibulyar apparati, o‘z mohiyatiga ko‘ra inersial tizim hisoblanadi. Bu apparat, odamning ichki quloqlarida joylashgan bo‘lib, uchta o‘zaro perpendikulyar yarimaylana kanallardan va bo‘shliqdan (dahlizdan) iborat. Quloq dahlizi devorlarining ichki yuzasida va yarimaylana kanallar qismida, tolalar shaklidagi, erkin uchlari bo‘lgan sezuvchi asab hujayralari guruhlari joylashgan.



Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish