O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakul’teti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy tarbiyа gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari


Sport biomexanikasining rivojlanishi



Download 2,34 Mb.
bet20/118
Sana19.02.2022
Hajmi2,34 Mb.
#457526
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118
Bog'liq
МАЖМУА ГИГИЕНА 4-КУРС 2021-2022

Sport biomexanikasining rivojlanishi.

Sport biomexanikasi umumiy biomexanikaning yutuqlariga bog‘liq ravishda XX asrning 70–yillaridan boshlab keskin rivojlana boshladi. Biomexanikani mustaqil fan sifatida yuzaga kelishiga ma’lum bir sharoitlar imkon yaratgan. Bular quyidagilar: fizika va biologiya fanlari sohasida bilimlarning to‘planishi; harakatlarni o‘rganish usullarining mukammal va murakkab majmualarini ishlab chiqish hamda ularning tuzilishini yangicha tushunish imkoniyatini bergan ilmiy-texnik taraqqiѐtning kuchayishi.
Biomexanikaning paydo bo‘lishiga mexanikani, ayniqsa Galiley va Nyuton davridan boshlangan uning yangi yo‘nalishi kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ulardan ilgari Leonardo da Vinchi ―mexanika fani barcha fanlarga nisbatan olijanob va foydaliki, harakatlanish qobiliyatiga ega bo‘lgan barcha jonli jismlar uning qonunlari bo‘yicha harakat qilar ekanlar‖ deb ta’kidlagan. Nazariy mexanika, mexanik harakatlarning barcha asosiy qonunlarini o‘z ichiga oladi. Gidro– va aerodinamika, materiallarning qarshiliklari, reologiya (taranglik, plastiklik va ѐyiluvchanlik nazariyasi), mexanizmlar va mashinalar nazariyasi kabi mustaqil fanlarning umumiy mexanika asosida olingan ma’lumotlari biomexanikada foydalana boshlangan.
Mexanikaning rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynagan matematik fanlar keyinchalik mustaqil bilimlar sohasiga ajralgan. Ularni biomexanikada qo‘llash kengayib bormoqda. Bunda, faqatgina yig‘ilgan materialni statistik qayta ishlash ustida gap bormaydi, balki tadqiqotlarning mustaqil usullari ham qo‘llanilmoqda (xususan, matematik modullashtirish ham).
D.Borelli (vrach, matematik, fizik) o‘zining ―Hayvonlarning harakatlari to‘g‘risida‖ nomli kitobi (1679) bilan biomexanikaga fan sifatida asos solgan. Biologik fanlar ichida anatomiya va undan ajralib chiqqan (XVI–XVII asr) fiziologiya fanlarining ma’lumotlari boshqa fanlarnikiga nisbatan ko‘proq foydalanilgan. Undan so‘ng, funksional anatomiya va, ayniqsa, zamonaviy fiziologiyadagi nervizm g‘oyasi biomexanikaga katta ta’sir ko‘rsatgan. Shunday qilib, biomexanikaning rivojlanishida asosiy bo‘lgan mexanik, funksional–anatomik va fiziologik yo‘nalishlar shakllangan va hozirgi vaqtda ham mavjud.
Biomexanikaning asosiy yo‘nalishlari birin-ketin paydo bo‘lib, parallel ravishda rivojlanishda davom etgan.
Mexanik yo‘nalishda qo‘llanilgan kuchlarning ta’siri ostida harakatlarning o‘zgarishi va mexanikaning qonunlarini odam va hayvonlar–ning harakatlariga qo‘llanilishi to‘g‘risidagi asosiy g‘oyalar ѐtadi. Odam harakatlarini o‘rganishdagi mexanik ѐndoshuv, avvalam bor, harakat jaraѐnlarining miqdorlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Harakat funksiyalarining mexanik ko‘rsatkichlarini o‘lchash mexanik hodisalarning fizik mohiyatini tushuntirish uchun o‘ta zarurdir. Bu, mexanika asoslari–ning biri hisoblanadi. Fizika nuqtai nazaridan, odam tayanch–harakat apparatining tuzilishi va xususiyatlari hamda harakatlari ochib beriladi. Shu munosabat, mexanik yo‘nalish o‘z mohiyatini hech qachon yo‘qotmaydi. Lekin, sof holdagi mexanik ѐndoshuv, o‘zini oqlamaydigan soddalashtirish uchun, ayrim hollarda asos yaratishi mumkin. Bunda, tirik jismlar fizikasining sifat jihatdan o‘ziga xosligini to‘g‘ri baholamaslikning ma’lum bir xavfi mavjud, sifat jihatdan yuksak hodisalarni oddiy mexanik omillar bilan tushuntirishning mexanik an’anasi yuzaga kelishi mumkin. Funksional–anatomik yo‘nalishda tirik organizmda shakl va funksiyalarning birligi va o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi g‘oyalar ѐtadi. Bu yo‘nalish, ko‘pincha bo‘g‘inlardagi harakatlarni ta’riflovchi tahlili, gavda holatini saqlash va uning harakatlarida mushaklarning ishtirokini aniqlash bilan tavsiflanadi. Hozirgi vaqtda, mushaklarning elektr faolligini ѐzib olish (elektromiografiya) keng qo‘llanilmoqda. Bu usul, harakatlarda mushaklarning ishtirok etish vaqtini va darajasini aniqlash, alohida mushaklar va ularning guruhlari faolligini muvofiqlashtirish imkonini beradi. Biomexanik tizimlarning morfologik xususiyatlarini bilish jismoniy tarbiyada, xususan sportda jismoniy hamda texnik tayѐrgarlikni ancha chuqur va to‘g‘ri asoslashni ta’minlaydi.
Fiziologik yo‘nalishda – harakat faoliyatida harakatlarni boshqaruv–chi jaraѐnlarning mohiyatini ochib beradigan nervizm g‘oyalari, organizm funksiyalarining tizimliligi va energetik ta’minot g‘oyalari ѐtadi. Biomexanikaning fiziologik yo‘nalishi nervizm g‘oyalari, oliy asab faoliyati to‘g‘risidagi ta’limot va neyrofiziologiyaning oxirgi ma’lumot–lari ta’siri ostida shakllangan. Harakat amallarining reflektor tabiatga ega ekanligi, organizm va muhitning o‘zaro hamkorligida asabli boshqaruv mexanizmlarining rolini fiziolog olimlarning ishlarida ochilishi, odam harakatlarini o‘rganishning fiziologik asosini tashkil qiladi. Markaziy asab tizimining boshqaruv mexanizmlarini va asab–mushak apparatini keng tadqiq qilish, harakatlarni boshqarish jaraѐnining benihoyat murakkabligi va mukammalligi to‘g‘risida tushuncha beradi.
N.A.Bershteynning tadqiqotlari harakatlarni boshqarishning o‘ta muhim prinsipini aniqlash imkonini bergan. Harakatlarni boshqarish quyidagilar vositasida amalga oshiriladi: 1) asab tizimi impulslarini harakatni bajarish sharoitlariga qarab aniq borishi yo‘li; 2) harakat vazifalaridan chetga chiqishni bartaraf qilish (korreksiya). N.A.Bershteynning neyrofiziologik konsepsiyasi odam harakatlarini o‘rganishda biomexanikaning zamonaviy nazariyasini shakllanishiga asos bo‘lgan.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish