Muvozanatni saqlash mashqlari. Muvozanat saqlash har qanday holatni saqlab turishning zarur doimiy komponentidir.
Maktabgacha tarbiya yosh davomida muvozanatni saqlash funksiyalarini rivojlantirish gavdaning ma’lum holatini (o’tirgan, tik turgan, emaklash, keyinchalik yurishda ham) saqlashdan boshlab har qanday harakat va holatlarda gavdani barqaror tuta olishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi.
Muvozanat saqlash gavdaning barqaror holatini saqlash vositasi sifatida diqqatning to’planganligini, harakatlar koordinasiyasini, muayyan sharoitlarda mo’ljal olishni, ularga tez, to’g’ri javob qila olishni botirlik va o’z-o’zini tuta bilishni talab qiladi. Shuning uchun muvozanat mashqlari tez sur’atda, juda harakatchanlik bilan bajariladigan yugurish, sakrash harakatlaridan oldin o’tkaziladi.
Muvozanat saqlash mashqlari ilk yoshdan joriy etiladi, bolalar 15-20 sm ko’tarilgan taxta ustidan yuradilar, keyinchalik esa bolalarga turli buyumlar (savatcha, to’p, xaltachani) boshda ko’tarib yurish tavsiya etiladi; bola, shnur, narvon yog’ochlarida yuradi; to’satdan to’xtab, cho’qqayib gavdani har-xil holatda tutib yuradi.
Ma’lumki muvozanat (uni saqlab turish va tutib turishga intilish) har qanday harakatlar uchun doimiy va zarur komponet bo’lib hisoblanadi. Katta maktabgacha yoshda muvozanat saqlashni turli tuman mashqlar vositasida takomillashtirib borish davom ettiriladi.
Muvozanat saqlash funksiyasining kechiqishi yoki yetarli rivojlanmasligi harakat aniqligiga, sur’atiga, me’yoriga ta’sir ko’rsatadi. Ular natijalarining yaxshilanishi 5-6 yoshli bolalarda mushak tonusi muvofiqligining yetarli darajada yaxshi rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi.
Katta guruhlarda muvozanat mashqlarini tayanchni toraytirilgan va kengaytirilgan holatda bajarish taklif etiladi. Bunda topshiriqlar turli narsalar bilan bajariladi. Muvozanatni saqlashni rivojlantirish mashqlarining barchasi bolalardan diqqatni bir joyga to’plashni, diqqat- e’tiborni, irodaviy zo’r berishni talab qiladi; shuning uchun mashqlarni o’rtacha va sekin sur’atda tarbiyachining kuzatuvi ostida o’tkazish va zarur hollarda ayrim bolalarga yordam berish hamda ularni asrab-avaylash lozim .
Tirmashish Tirmashib chiqish mashqlari bajarilayotganda turli guruh mushaklari ishga solinadi. Tirmashish ko’p martalab takrorlashlar jarayonida hosil qilinadigan murakkab shartli refleksdir. Tirmashib chiqish muskullarning navbatma-navbat qisqarishi va bo’shashishi bilan xarakterlanadi.
Dastlabki vaqtlarda bolalar gimnastika skameykasi ustidan emaklash keyinchalik shnur, xoda, darvoza tagidan o’tishni o’zlashtiradilar. Katta gruhga kelib bolalar pastki uchi mustahkamlanmagan arqon yoki langar cho’pda tebranishni o’rganadilar. So’ngra pastki uchi yerga mustahkamlangan langar cho’pga chiqishni mashq qiladilar. Har kuni tirmashib chiqish bolada zarur xayotiy ko’nikma hosil qiladi va harakatlar kardinasiyasini tarbiyalaydi. Buning uchun gruh xonalarida gimnastika narvoni bo’lishi lozim. Maktabgacha yoshidagi bolalarga uzoq muddat osilib turish mumkin emas: bu muskullarning uzoq vaqt zo’riqishiga, bo’gimlarning juda erta cho’zilishiga olib keladi, nerv tizimini toliqtiradi.
Qatta guruhda topshiriqlar murakkablashtiriladi, ularni bajarish texnikasiga yuqoriroq talablar qo’yila boshlaydi. Ilgari o’rganib olingan mashqlar bilan bir qatorda, gimnastika devoriga sur’atni o’zgartirgan holda chiqish, yonma-yon turgan devorchaning biridan ikkinchisiga oshib o’tish hamda zinapoyalar orasidan o’tish taklif qilinadi va boshqalar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimida bolalarga mo’ljallangan asosiy gimnastika tarkibini asosiy harakatlar, umumrivojlantiruvchi va saflanish mashqlari tashkil etadi.
Bu mashqlarning barchasi o’yinlar va mashg’ulotlarda qo’llaniladi.
Shunday qilib, asosiy xarakatlarni shakllantirishga qaratilgan barcha mashqlar bolani maktabga va rang-barang xayot faoliyatiga tayyorlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |