O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Asosiy harakatlarga o’rgatish metodikasi



Download 3,62 Mb.
bet125/237
Sana31.12.2021
Hajmi3,62 Mb.
#243443
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   237
Bog'liq
2 5406822419266538048

2.Asosiy harakatlarga o’rgatish metodikasi

Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlarini rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. O’rgatishning ushbu bosqichida harakat malakalari va ko’nikmalari ko’lamining kengayishi, jismoniy fazilatlar (tezlik, chidamlilik, tezkorlik va boshqalar)ning rivojlanishi bilan bog’liq holda ham mashqlarni yaxlit, ham harakat texnikasi elementlarini alohida-alohida muvaffaqiyatliroq o’zlashtirish imkoniyati yuzaga keladi.

Besh-olti yoshli bolalarda o’z oldilariga qo’yilgan vazifalarni ongli tushunib yetish, vaziyatni baholash, o’z harakatlarini boshqara bilishga muayyan tayyorgarlik bo’ladi, shuning uchun, og’zaki ko’rsatma berish va tushuntirish yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faoliyatida mustahkam bilim va ko’nikma shakllantirish mumkin bo’ladi.

Maktabgacha ta’lim muassaslari uchun yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturi, Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talbalariga muvofiq barcha guruhda bolalar yurish, yugurish, muvozanat saqlash, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqishga o’rganib, uni takomillashtirib boradilar, sport o’yinlari: bastketbol, futbol, sport elementlari va hokazolarni egallaydilar.


Yurish kishining siklik harakatiga mansub tabiiy siljish usulidir. Harakatlarning siklliligi bir xildagi sikllarning ko’p marotaba takrorlanib turishidan iborat bo’ladi.

To’g’ri yurish ko’nikmasini shakllantiruvchi mashqlarning vazifasi bolada to’g’ri qad-qomat, olg’a qadam tashlash, gavda muvozanatini saqlashga, tovon gumbazining shakllanishiga yordam beruvchi qo’l va oyoq harakatlari uyg’unligini tarbiyalashdan iboratdir.



Yurishdagi jismoniy yuklama uning sur’ati va bunda sarf bo’ladigan kuchga bog’liq bo’ladi. Yurishning odatdagi o’rtacha, tetik sur’ati katta miqdordagi muskulaturani faol faoliyatga jalb etadi va yurak-tomir hamda nafas olish tizimi faoliyatini kuchaytiradi, shu asosda modda almashishining oshishiga yordam beradi.

Bola o’z hayotining birinchi yili ohirida yurishga o’rgana boshlaydi. Bunda bola oyoqlarini keng yozgan holda yuradi, qo’llarini yon tomonlarga, yuqoriga va oldinga uzatgan holda o’z muvozanatini saqlaydi.

Bola ikki yoshga qadam qo’yganda o’zi uchun qulay bo’lgan suratda yuradi. U yoshga qadam qo’ygan barcha bolalarda oyoq va qo’l harakatlarining uyg’unligini ko’ramiz; bolalar yurganda yo’nalishga rioya qiladilar, yurishdan yugurishga o’tadilar.

To’rt yoshga qadam qo’ygan bolada yurishni shakllantirishning asosiy sharti maqsadga yo’nalgan ta’limdir. Bola yoshga qadam qo’yganda to’g’ri qad-qomat, qo’l va oyoqlarni bemalol idora qilish, fazoni, yo’nalish o’zgarishini erkin mo’ljalga olish ko’nikmasini egallay boshlaydi.

Olti yoshga qadam qo’ygan bolalarni yurishi birmuncha barqarorligi va sur’atining sekinligi, qadamning kattaligi bilan xarakterlanadi.



Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish