Oilada harakatli o‘yinlarni o‘tkazish. O‘yin bolalarni eng sevimli faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin orqali bolalar tevarak- atrof bilan tanishadilar, bilim oladilar, mehnatga o‘rganadilar. Qoidali harakatli o‘yinlar orqali bolalar hayotiy harakatlarni egallab olishadi (yugurish, yurish, sakrash va h.k.) harakatlarni rivojlantirib berishadi va takomillashtirishadi. Oila sharoitida, tarbiyachi bolalarni o‘yinga bo‘lgan qiziqishini hisobga olgan holda, ularni qoidali harakatli o‘yinlar orqali turli harakatlarni egallashga qaratilgan o‘yinlarni o‘tkazib boradi. Kichik yoshdagi bolalar bilan so‘zli milliy o‘yinlar, (Oq terakmi, ko‘k terak, oq quyonim alomat, chitti gulim ) olti; yetti yoshli bolalar bilan sport elementlari bo‘lgan harakatli o‘yinlar. Masalan; basketbol, stol tennisi, badminton o‘yinlarini o‘tkazish mumkin. Bu o‘yinlar orqali bolalar tez harakat qiladi, volan, raketka bilan bemalol foydalanishga o‘rganishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |