O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

 

bo‘ladi.  Qish  oylarida  harorat  -5°  S  gacha  pasayadi.  YOg‘ingarchilik  mikdori  

1300  mm  ni  tashkil  etadi.  Bu  mintaqa  hududida  Efiopiyaning  poytaxti  Addis 

Abeba  shahri  joylashgan.    2400  m  dan  yuqorida  sovuq  iqlim  mintaqasi  (dega) 

boshlanadi.  Bu  mintaqada  havo  ancha  salqin,  aprelning  o‘rtacha  harorati  16°S  va 

dekabrniki 13°S atrofida bo‘ladi. 4000 m dan balandda qish oylarida qor yog‘adi. 

Tog‘larning asosiy qismiga va baland tog‘ massivlarining g‘arbiy yon bag‘irlariga 

yog‘ingarchilikni  Atlantika  okeanidan  esuvchi  janubi-g‘arbiy  va  g‘arbiy  nam 

musson shamollari olib keladi. 

Efiopiya tog‘ligidan ko‘plab ostonali, sharsharali sersuv daryolar boshlanadi 

va chuqur vodiylar hosil qilib jushqin oqadi. Tog‘likning shimoliy qismidan Ko‘k 

Nil, Atbara, Takkaze, Avash daryolari, janubiy qismidan Sobat, Omo, Juba, Vabi-

SHabali  daryolari  boshlanadi.  Bulardan  Omo  daryosi  Rudolf  ko‘liga  va  Juba 

daryosi Hind okeaniga quyiladi. Quruq iqlimli Somali yarim orolida, Qizil dengiz 

sohilida  va  Afar  botig‘ida  doimiy  oqib  turadigan  daryolar  umuman  uchramaydi. 

Lekin  yomg‘irdan  keyin  vaqtincha  suv  oqadigan  quruq  uzanlar  juda  ko‘p.  

SHuning uchun bu rayonlarda o‘troq holda yashaydigan aholi juda kam uchraydi.  

O‘lkaning cho‘l va baland tog‘ rayonlaridan boshqa hamma qismida issiq va 

nam iqlim sharoitida vulkanik jinslarning em priliju natijasida hosil bo‘lgan  qizil 

rangli  tuproqlar  keng  tarqalgar.  Efiopiya  tog‘ligida  asosan 

TOF  QIZIL 

va  tog‘ 

qo‘ng‘ir qizil tuproqlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Uning orasida ba’zi joylarda 

TOF 

laterit  tuproqlari  ham  uchraydi.  Tog‘ning  g‘arbiy  qismida  va  Somali  platosida 

lateritlashgan  jigar  rang-qizil  tuproqlar,  sharqiy  cho‘l  qismida  qizg‘ish  qo‘ng‘ir 

tuproqlar yaxshi rivojlangan. SHur ko‘llar atrofida- shur va shurhok tuproqlar hosil 

bo‘lgan. 

Efiopiya tog‘ligida iqlim singari  o‘simlik  qoplami  ham  aniq ifodalangan    



balandlik        mintaqalari        hosil        qilib        joylashgan.  Tog‘likning  quyi  yon 

bag‘irlari,  janubiy  qismi  va  daryo  vodiylari  doimiy  yashil  va  bargini  tukadigan 

qalin  tropik  o‘rmonlar  bilan  qoplangan.  O‘rmonlarda  nam  tropiklar  uchun 

harakterli  bo‘lgan  xilma-xil  palmalar,  yovvoyi  bananlar,  kauchukli  lianalar, 

epifitlar va boshqa tur o‘simliklar, uchraydi. 1700-1800 m dan yuqoridagi mu’tadil 

iqlim  mintakasida  igna-barglilardan      baland      tanali      kedrlar,      tisa      daraxtlari 

hukmronlik  qiladi.  Efiopiya  daraxtsimon  sutlamadoshlari,  mojjevelniklar  (qora 

archalar),  soyabonsimon  akatsiyalar mintaqa  hududida yaxshi saqlangan.  Ba’zi 

joylarda tipik   boshoqli   savannalarga   xos   o‘simliklar   uchraydi.   Efiopiya 

tog‘ligining      bu      rayonlari      kofe      daraxtining      vatani      hisoblanadi  Mu’tadil 

mintaqaning  iqlim  sharoiti  aholi  va  qishloq  xo‘jaligi  uchun  juda      qulay.      Bu   

rayon      dehqonchilik      madaniyatining      eng      qadimiy  markazlaridan  biri 

hisoblanadi.  2400  m  dan  yuqoridagi  sovuq  mintaqada  o‘simlik  ko‘pincha  baland 

tog‘ tropik dashtlariga 

 

xos bo‘lgan turli xil o‘tlardan tarkib topgan.   Ular yaylov  



sifatida keng foydalaniladi. Voxalarda xurmo va kokos palmalari o‘sadi. Efiopiya-

Somali ulkasining hayvon

OT 

olami turli xil va aralash harakterga ega. Bu o‘lkaning 



fauna  kompleksi  o‘rmonlarga,  savannalarga  va  cho‘llarga  xos  hayvon  turlaridan 

tarkib topgan. Efiopiya tog‘ligining quyi mintaqa o‘rmonlarida fillar, karkidonlar, 

begemotlar  yashaydi.  Mu’tadil  mintaka  o‘rmonlarida  maymunlarning  bir  necha 

turlari-gamadrilla,    gverets,  yashil  martishka,  endemik  geladlar  keng  tarqalgan  

Somali  savannalarida  va  Afar  botig‘i  cho‘llarida  o‘txur  sutemizuvchilardan 

antilopalar,  zebralar,  qutoslar,  jirafalar  ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  Tog‘alikning 

baland  rayonlarida  tog‘  echkilari  uchraydi.  Yirtqich  hayvonlardan  arslon,  qoplon, 

sirtlon va chiyabo‘rilar yashaydi. Daryolarda gippopotom va timsohlar bor. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish