Geologik tuzilishi
Shimoliy
Amerikaning
orografik
tuzilishi
Yevrosiyo
va
Afrika
materiklarining orografik tuzilishidan keskin farq kilib, fakat Janubiy Amerikaning
orografik tuzilishiga ancha o‘xshashdir. Bu yerdagi
baland tog‘ tizimlari YYevropadagi va Osiyodagi baland tog‘ tizimlariga
o‘xshab g‘arbdan sharqqa qarab emas, balki shimoldan janubga qarab meridional
ravishda
yunalgandir.
Materikning
Shimoliy
Muz
okeanidan
Meksika
qo‘ltig‘igacha bulgan o‘rta kismi tekislik va pasttekisliklardan, g‘arbiy qismi
baland Kordilera tog‘laridan va sharqiy qismi uncha baland bo‘lmagan Appalachi
tog‘laridan iborat. Orografik tuzilishining bunday harakterli xususiyatlarini
shakllanishi bevosita materikning geologik rivojlanish tarixi va geotektonikasi
bilan bog‘liq.
Materikning ichki tekisliklarini tektonik asosini qadimiy Shimoliy Amerika
platformasi tashkil etadi. Bu platformaning shakllanishi, unint sharqiy va garbiy
chekkalarini yosh burmalangan regionlar bilan kengayishi materikning uzok
davom etgan geologik tarakiyot tarixining hosilasidir. Shimoliy Amerika
platformasi sharqda Appalachi oldi chukmasi bilan, garbda Koyali tog‘darning tog‘
oldi cho‘kmasi bilan, janubda 32-33° sh.k. bo‘ylab cho‘zilgan cho‘kma bilan
chegaralanadi. Platformaning shimoliy qismi Kanada Arktika arxipelagi va
Grenlandiya oroligacha davom etib, ularning katta xududini poydevorini tashkil
etadi. Platforma materikning 75% xududini egallagan bulib, juda katta maydonda
seysmik jixatdan barkarorlikni ta’minlagan. Shuning uchun bu joylarni amerikalik
geolog F.King "Markaziy barkaror region" deb atagan.
Platforma poydevori turli xil chuqurliklarda yotgan va yer yuziga chiqib
qolgan arxey va proterozoy eralarining granit va gneys tarkibli kristall jinslardan
iborat. Kristall jinslar paleozoy, mezozoy va turtlamchi davr chukindi jinslari bilan
qoplangan. Platformaning tektonik strukturasi qalqon, antikliza va sineklizalardan
tashkil toptan. Bular Kanada kalkoni, Adirondak, Viskonsin, Ozark, Sinsinnat va
Nashvill anteklizalari hamda Michigan, Illinoys, Appalacholdi va Kordileroldi
sineklizacharidir. Bu sineklizalarda kembriydan keyingi hosil bulgan cho‘kindi
jinslarning qalinligi 3000 m ga yetadi. Markaziy tekisliklarda, Michigan, Illinoys
va Appalacholdi cho‘kmalarida paleozoy jinslari, Buyuk tekisliklarda, Kordileroldi
cho‘kmasida mezozoy va kaynozoy cho‘kindi jinslari xukmronlik kiladi.
Platformaning faol geologik tarakkiyot tarixi va shakllanishi eng kadimti va
uzok davom etgan kembriydan oldingi boskichda bulib utgan. Platformaning
qadimgi yadrosi Gudzon qo‘ltig‘i bilan Buyuk ko‘llar oraligida vujudga kelgan
bo‘lib , quruqlikning keyingi usishi undan shimolga va janubga tomon davom
etgan. Paleozoyning boshlariga kelib platforma uzil-kesil shakllanib, keyinchalik
unda kuchsiz epyrogenik (tebranma)harakatlardan boshka burmalanish jarayoni
sodir bulmagan.
Paleozoyda platforma xududi tektonik harakatlar natijasida kutarilayotgan va
chukayotgan regionlarga differensiatsiyalanib boshlaydi. Bir vaktning uzida sodir
bulayotgan jarayon tufayli Kanada kalkoni va bir qator anteklizalar hamda
sineklizalar vujudga keladi. Shu eraning boshlarida Shimoliy Amerika xududining
o‘rta va shimoliy regionlarida kontinental sharoit xukmronlik kilgan bulsa, uning
chekka sharkiy va janubiy qismlarida Appalachi geosinklinal rejimi, g‘arbiy
qismida Kordilera geosinklinal rejimi davom etgan.
Paleozoyda tog‘ hosil kiluvchi tektonik harakatlar asosan ikkita boskich
davrida kaledon va gersin burmalanishlarida namoyon bo‘ladi. Kaledon tog‘ hosil
bulish jarayoni Shimoliy Amerikaning har ikkala geosinklinal xavzasida sezilarli
darajada sodir bulgan. Kordilera geosinklinal zonasida orogenizatsiyalanish
jarayoni Alyaskadan boshlab to Meksikagacha davom etgan. Sharqda kaledon
burmalanishi appalachi geosinklinal xavzasining katta qismini qamrab olib,
shimoliy Apshlachi tog‘larini, sharqiy Grenlandiyani va Kanada Arktika
arxipelagining bir qismini vujudga keltirdi. Kaledon bosqichdagi tektonik
harakatlar natijasida Shimoliy Amerika YYevropa bilan tutashadi.
Gersin burmalanishi Kordilera geosinklinal xavzasida namoyon bo‘lmasdan,
platformaning sharqiy va janubi-sharqiy rayonlarida kuchli tektonik harakatlar
bilan boshlangan. Ammo gersin orogenezi Amerikada Yevrosiyoga nisbatan bir
muncha kechrok bulib utgan. Bu tog‘ hosil bulish va kutarilishlar jarayoni
natijasida Shimoliy Amerika kaytadan YYevropa va Shimoliy Afrika bilan
qo‘shilib, juda katta quruqlikni hosil qilgan. Keyinchalik gersin bosqichida barpo
etilgan tog‘ va kutarilmalar tektonik chukishlar natijasida okean suvi tagida qolib
ketgan. Xozirgi vaqtda gersin burmalanishi tufayli vujudga kelgan rayonlardan
Appalachi tog‘tizimining janubiy qismi, Missisipi Xavzasidagi uncha katta
bulmagan Uoshito balandligi sakdanib kolgan.
Sharqda platforma bilan geosinklinal zonaning tutashgan joyida tektonik
harakatlarning jonlanishi natijasida platformaning bir qismi ajralib, Koloroda
platosini hosil qilgan. Shu vaqtdagi geologik strukturaning rivojlanishi xozirgi
Koyali tog‘larning vujudga kelishiga ham zamin yaratgan. Materikning janubiy
qismidagi gersinidlar (gersin burmalanishida hosil bulgan kutarilmalar) keyingi
chukishlar natijasida Meksika qultig‘ining qirg‘oqyoni tekisliklarini qoplab yotgan
mezozoy va kaynozoy yotkiziklari hamda Atlantika okeani suvi tagida kolib
ketgan. Gersin bosqichidan qeyin materikning hamma xudidida, jumladan
Kordilera geosinklinalida ham, sodir bulgan cho‘kishlar shiddatli intruziya jarayoni
hamkorligida davom etgan.
Mezozoy Kordilera geosinklinal xavzasi o‘cho‘n buyuk deformatsiyalanish
erasi bo‘ldi. Bu zonada tog‘ hosil bulish jarayoni kuyi yuradan boshlanib, bo‘r
davrigacha davom etgan va nevada orogenezi deb atalgan. Nevada tog‘
burmalanishi Kordilera geosinklinalining markaziy va g‘arbiy qismlarida,
Meksika, Markaziy Amerika va Vest-Indiyada namoyon bulib, tektonik
ko‘tarilmalarni vujudga keltirdi. Nevada bosqichidan keyin garbda hosil bo‘lgan
Kaliforniya cho‘kmasi yukori yura va bo‘r davrlarining jinslari bilan tula boshladi.
Bo‘r davrining oxirida geosinklinal zonaning sharqiy qismida larami
burmalanishi sodir bulib, u Kanada va Meksika Koyali tog‘larini uz ichiga olgan
va uzok masofaga cho‘zilgan parallel tog‘lar tizimini vujudga keltirgan. AKSH
ning Koyali tog‘lar rayonida larami burmalanishi vaktida Kolorado platosini
garbdan va sharqdan o‘rab turgan qadimgi yukori paleozoy strukturasi ko‘tarilib,
uzining yakdol ifodalangan qiyofasiga ega bulgan. Ammo, bo‘r davrining oxirida
Kryali tog‘larning kutarilishi juda sekin davom etgan.
F.Kingning ta’kidlashicha hosil bulgan tog‘ tizmalari o‘zining aniq,
ifodalangan relef shakllarini uzoqroq, vaqtgacha saqlay olmagan. Sababi, ular
qancha tezlik bilan ko‘tarilgan bo‘lsa, shuncha tezlik bilan eroziya va denudatsiya
ta’sirida yemirila borgan. Parchalangan jinslar tevarak- atrofidagi suv xavzalarini
to‘ldira borgan.
Binobarin, mezozoyning oxiriga kelib Kordilera geosinklinal zonasining
asosiy maydoni baland bo‘lmagan quruqlikka aylandi. Faqatgina g‘arbda, xozirgi
qirgoq bo‘yi tizmalari o‘rnida o‘ncha katta bo‘lmagan geosinklinal xavza saqlanib
qoldi. Bo‘r davrida ko‘tarilgan qoyali tog‘larning sharqida tog‘oldi cho‘kmasi hosil
bo‘lgan, Buyuk tekisliklar o‘rnida Dengiz suvlari mavj urib turgan. Mezozoyda
materikning qolgan xududida epeyrogenik (tebranma) harakatlar sekin davom etib,
quruqlik katta maydonni egallagan.
Kaynozoy erasida Shimoliy Amerikaning hamma xududida tektonik
harakatlar kuchayadi. Ayniksa Kordilera zonasida vertikal tektonik harakatlar
ancha kuchli bo‘lgan. Pleystotsenda Serra-Nevada tog‘ tizmasining shimoliy qismi
900 m dan 1500-1800 m gacha, janubiy qismi 2200-2700 m gacha, suv
xavzalarining tagi 600 m dan 900-1500 m va undan ham yuqoriroq, kutarilgan.
Tog‘larning ko‘tarilishi bilan birga chuqur botiqdar ham vujudga kelaboshlagan.
Jumladan, okean satxidan -85 m pastlikda yotgan Ajal vodiysi, katta maydonni
egallab olgan Kolumbiya lavali platosi va boshqalar hosil bulgan.
Kaynozoyda Shimoliy Amerikaning Kordilera zonasidan boshqa xududlari
ham vertikal tektonik harakatlar ta’sirida bo‘lgan. Neogenda Koyali toglarning
kutarilishi bilan birga Buyuk tekisliklar ham kutarilgan. Shimolda neogenning
oxirida Kanada kalkonidan Kanada Arktika arxipelagi va Grenlandiya ajrala
boshlagan. Appalachi oblastida peneplenlarning kutarilishi va parchalanishi yuz
berdi. Meksika kultigi va Karib dengizi geosinklinal cho‘kmalarining cho‘kishi
natijasida Atlantikayoni va Meksikayoni qirgok, pasttekisliklari pasayib, dengiz
suvi ostida qoldi.
Shunday qilib, Shimoliy Amerikaning geologik rivojlanish tarixi va barcha
davrlarda yuz bergan tektonik harakatlar materikning xozirgi kiyofasini va relef
xususiyatlarini shakllantirdi. Turtlamchi davr tarixi materik yer yuzasini uzil-kesil
shakllanishida va xozirgi relef shakllarini vujudga kelishida muxim rol uynaydi.
Ayniksa turtlamchi davr materik muzliklarining relefga bo‘lgan ta’siri kuchli
bo‘ldi.
Kuyi turtlamchi davrda vertikal tektonik harakatlar ta’sirida materikning
katta qismini kutarilishi bilan materik va tog‘ muzliklarini tarqalishi bir vaqtga
tug‘ri keldi.
Shimoliy Amerikaning materik muzligi eng yirik muzliklardan hisoblanib, u
15,6 mln. km2 maydonni egallagan. Bu muzlik maydoni jixatdan YYevropa
materik muzligidan ikki marta, xozirgi Antarktida muzligidan bir oz katta bulgan.
Matershykday turt marotaba muzliklar bo‘lib o‘tgan. Bu muzliklarning nomi
YYevropa muzliklaridan farq. qilib, ular shtatlar nomi bilan atalgan. Bular
Nebraska, Kanzas, Illinoys va Viskonsin muzliklaridir. Nebraska va Kanzas
muzliklari eng qadimiylari bulib, ular Gudzon qo‘ltig‘idan g‘arbda joylashgan
Kordilera va Kivatin markazlaridagi muz massalaridan tuyingan. Keyinrok, sodir
bo‘lgan Illinoys va Viskonsin muzliklari Labrador markazidan tarqalgan.
Maksimal muzlikning janubiy chegarasi garbda Tinch okean soxili
yakinidagi Vankuver orolining janubidan boshlanib, Missuri daryosining yukori
qismida Kordilerani kesib utib, Missuri okimi buylab sharqqa tomon yunaladi.
Keyin Missisipi va Ogayo daryolari bo‘ylab davom etib, Nyu-York shtatining
janubidan o‘tib, Long-Aylend oroli orqali Atlantika qirg‘oqadagi Kod burnigacha
boradi.
Materik muzliklari Shimoliy Amerikaning- relefini va landshaftlarini
uzgarishiga juda katta ta’sir kursatadi. Muzliklar ta’sirida bo‘lgan xududlar relefida
shimoldan janubga karab birin ketin almashinadigan uchta geomorfologik oblast
ajratiladi: 1) Kanada qalqonini muzlik sidirib ketgan oblasti, 2) qalqonning chekka
qismidagi va Markaziy tekisliklarning shimolidagi muzlik akkumulyatsiya oblasti,
3) Markaziy tekisliklar janubidagi flyuvioglyatsial qumoq-suglinkali yotkiziklar
oblasti. Bu oblastning katta maydoni lyossli tekisliklar bilan band.
Tog‘ muzliklari Kordilera tizimining tog‘ tizmalarida, tog‘ oralig‘i yassi
tog‘liklarida va kisman Appalachining shimoliy qismida sodir bo‘lgan. Tog‘
tizmalarining relefiga vodiy va tog‘oldi muzliklari, tog‘ oraligi platolari relefi
muzliklar o‘z ta’sirini ko‘rsatgan va ularning izlari xozirga qadar yaxshi sakdanib
qolgan.
Shimoliy Amerika yer yuzasining uzgarishiga va landshaftlarini
transformatsiyalanishiga materik va tog‘ muzliklaridan tashkari yangi tektonik
harakatlar (neotektonika) ham kuchli ta’sir kursatgan. Xozirgi kunda Kanada
qalqonining janubiy qismi yiliga 0,8 dan 1,4 mm gacha kutarilmoqda, Michigan
kuli atrofi 6,1 mm gacha, Meksikayoni pasttekisligi 6,6 mm gacha cho‘kmoqda.
Materikning garbida chukish jarayoni Vankuver orolibilan Kaliforniya yarim oroli
oralig‘ida 0,7 dan 4,5 mm gacha tezlik bilan davom etmoqda. Maksimal cho‘kish
Kaliforniyaning San-Xoakin vodiysi uchun harakterli bo‘lib, yiliga 54 sm ni
tashkil etadi. Vulkanlarnnng otilishi va kuchli zilzilalar ayniqsa Kordileraning
Alyaska va Meksika regionlari uchun xosdir. Bu yangi tektonik harakatlarning
Shimoliy Amerikada xozir ham faol davom etayotganligidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |