O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

Ichki suvlari 

Shimoliy  Amerika  ichki  suvlarining  harakterli  xususiyatlari:  daryo  va  ko‘l 

xavzalarining  maydoni, makondagi  geografik  taksimlanishi, sersuvligi, gidrologik 

rejimi,  xalq  xo‘jaligidagi  ahamyati  bevosita  uning  relef  va  iqlim  sharoiti  bilan 

belgilanadi.  Atmosfera  yog‘inlari  ko‘p  tushadigan  dengiz  va  musson  iqlimli 

joilarda daryolar tizimi va gidrografik tur yaxshi rivojlangan, yil davomida sersuv 

va  to‘lib  oqadi,  yer  osti  suvlari  yaxshi  to‘yingan  va  yer  yuzasiga  yaqin  yotadi, 

yoysimon  chukmalar  qor  va  yomg‘ir  suvlari  bilan  to‘lgan.  Yog‘inlar  kam 

yog‘adigan  kontinental  iqlimli  yerlarda  aksincha,  daryolar  siyrak,  gidrografik  tur 



kam rivojlangan, daryolarning sersuvligi axyon-axyonda kuzatiladi, yer osti suvlari 

yer  yuzasidan  chukurda  yotadi,  botiqlar  suvsiz,  kontinental  rejim  xukmronlik 

qiladi. 

  Daryolari.  Shimoliy  Amerikada  gidrografik  tur  Afrika  va  Avstraliya 

materiklariga  qaraganda  yaxshi  rivojlangan  bo‘lib,  ular  Atlantika,  Tinch  va 

Shimoliy muz okeanlari hamda ichki berk xavzalar o‘rtasida noteks taqsimlangan 

Materik daryolarining katta qismi Atlantika okeani va uning dengizlariga, kamroq 

qismi  Tinch  va  Shimoliy  Muz  okeanlariga  quyiladi.  Shimoliy  Amerikaning  4,1% 

maydoni ichki berk xavzaga qaraydi. Bu boshka materiklarga qaraganda eng kichik 

maydonni tashkil etadi. 

Jumladan YYevropaning 18% va Osiyoning 32% maydoni berk oqmas xavza 

hisoblanadi.  

  Okean  xavzalari  o‘rtasidan  o‘tadigan  suvayirg‘ichlar  relefda  turli  xil 

ko‘rinishda ifodalangan. Tinch okean bilan Atlantika okeani xavzalari o‘rtasidagi 

suvayirg‘ich tabiiy yakkol ifodalangan bo‘lib, u Kordilera tog‘ tizimining sharqiy 

tizmalari  bo‘ylab  o‘tgan.  Atlantika  okeani  bilan  Shimoliy  Muz  okeani  xavzalari 

o‘rtasidagi  suvayirg‘ich  Kanada  qalqonining  janubidan,  muzlik  ta’sirida  hosil 

bo‘lgan tepalik tekisliklardan o‘tadi va relefda yakkolrok ko‘zga tashlanmaydi. 

  Atlantika  okeani  xavzasiga  Rio-Grande,  Kolorado,  Missisipi.  Potomak, 

Saskuixanna, Delaver, Gudzon, Avliyo Lavrentiy daryolari o‘z suvini quyadi. Bu 

daryolar  yomg‘irlardan,  qorlardan  va  grunt  suvlaridan  to‘yinadi.  Shulardan 

Missisipi-Missuri daryo tizimi Atlantika xavzasi va materikning eng uzun daryosi 

bo‘lishi  bilan  birga,  u  Yer  yuzidagi  eng  uzun  daryolardan  biri  ham  hisoblanadi. 

Missisipi-Missuri  daryo  tizimining  uzunligi  6800  km,  suv  yigish  maydoni  3268 

ming  km2  va  o‘rtacha  yillik  suv  sarfi  19800  m3/sek.  ni  tashkil  etadi.  Suv  sarfi 

jixatdan  Osiyoning  Yenisey  daryosiga  (bu  yerda  ham  o‘rtacha  yillik  suv  sarfi 

19800 m3/sek) to‘g‘ri keladi. 

Missisipi daryosi shimolda Yuqori ko‘lning Fapb tomonidagi muz ko‘llardan 

va  botqoqliklardan  boshlanib,  janubda  Meksika  qo‘ltig‘iga  kuyiladi.  Uning 

uzunligi  3750km.  Missisipi  morfologik  jixatdan  uch  qismga  bo‘linadi.  Yukori 

qismi ensiz o‘zanlardan, tor vodiylardan iborat bo‘lib, mayda-mayda ko‘llar orqali 

oqib  o‘tadi.  Kristall  jinslar  yer  yuziga  chiqib  qolgan  joylarda  ko‘plab  ostonalar 

hosil  bo‘lgan.  Missurining  kuyilish  joyigacha  20  dan  ortiq  to‘g‘onlar  qurilgan. 

o‘rta  kismida  daryo vodiysi  10-15 km  gacha kengayib, buyuk  daryo  asosan bitta 

o‘zandan  oqib  o‘tadi.  Missuri  irmog‘i  qo‘shilgach,  Missisipining  tiniq  suvi 

loykalanadi. Kuyi qismi keng tekislikdan oqib, kengligi 25 km dan 100 km gacha 

bo‘lgan  vodiy  hosil  qiladi  qirg‘oqlarda  suv  toshqiniga  karshi  dambalar  qurilgan. 

Daryoning quyilish joyida allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan yirik delta hosil 

bo‘lgan.  Deltaning  maydoni  32000  km2  bo‘lib,  yiliga  85-100  km  dengiz 

ichkarisiga qarab o‘sib bormokda. Bunday tezlikdagi dinamik rivojlanishga sabab 

Missisipi  har  yili  dengizga  360  mln  tokizik  keltiradi.  Daryoning  kuyilish  joyida 

o‘rtacha  yillik  suv  sarfi  19000  m3/sek,  maksimal  sarfi  50000-80000  m3/sek  va 

minimal sarfi 3000-5000 m3/sek. ni tashkil etadi. Suv satxinint ko‘tarilib-pasayish 

farqi  14-18  m  gacha  boradi.  Missisipining  yuqori  oqimi  qishda  3-4  oy  davomida 

muzlaydi. 



  Missisipi  atamasi  mahalliy  indeeslar  tilidan  olingan  bo‘lib,  "Suvlar  otasi", 

"Buyuk  daryo"  degan  ma’noni  anglatadi.  Xuddi  shunday  Misuri  atamasi  ham 

mahalliy axrli tilidan olingan bo‘lib, "Loyka daryo" demakdir. 

  Missuri Missisipining eng katta ung irmog‘i hisoblanib, uning uzunligi 4740 

km, xavzasining maydoni 1370 ming km2. Missuri Koyali tog‘larning sharkiy yon 

bag‘ridan  boshlanib,  yuqori  qismida  juda  jushqin  oqadi,  o‘rta  oqimida  Missuri 

platosini  va  kuyi  oqimida  Markaziy  tekisliklarni  kesib  o‘tadi.  Uning  suv  rejimi 

notekis taksimlangan va nixoyatda tez o‘zgarib turadi. Yukori oqimi qordan, o‘rta 

va kuyi oqimlari yomg‘irdan to‘inadi. Baxorda sersuv bo‘lib to‘lib oqadi, ba’zan 

kuchli suv toshqinlari sodir bo‘lib turadi. Yezda suvi kamayib sayozlanib qoladi. 

o‘rtacha  yillik  suv  sarfi  Missisipiga  kuyilish  joyida  2250  m3/sek.  ga  teng. 

Maksimal suv sarfi 19000 m3/sek. gacha ko‘tariladi, minimal suv sarfi esa 150-170 

m3/sek. gacha kamayadi. Missuri vodiysida katta-katta suv omborlari qurilgan. 

  Missisipining  chap  irmog‘i  bo‘lgan  sersuv  Ogayo  daryosi  Appalachi 

tog‘larining g‘arbiy  yon  bag‘ridan boshlanadi.  Uning  uzunligi  1520 km,  o‘rtacha 

suv  sarfi  8000  m3/sek.  qor  va  yomg‘ir  suvlaridan  to‘yinadi  Suvning  maksimum 

sarfi  baxorga,  korlarning  erish  davriga  to‘g‘ri  keladi.  Yozgi  musson  mavsumida 

ham daryo to‘lib oqadi. 

  Materikning Shimoliy Muz okeani xavzasiga quyiladigan daryolari - Kolvill, 

Makenzi, Koppermayn, Bak va boshqalar Atlantika va Tinch okeanlari xavzalariga 

kuyiladigan  daryolardan  o‘zining  iqlim  xususiyatlari  va  gidrologik  rejimi  bilan 

keskin farq qiladi. Ular arktika va subarktika iqlim mintaqalariga xos tipik shimol 

daryolaridir. Bular orasida eng yirigi Makenzi daryosi bo‘lib, u Kanadaning Koyali 

tog‘larini sharkiy yon bag‘ridan boshlanib, Makenzi pasttekisligini kesib o‘tadi va 

suvini  Shimoliy  Muz  okeanining  Bofort  dengiziga  kuyadi.  Daryoning  uzunligi 

(Atabaska daryosi bilan) 4600 km, xavzasining maydoni 1804 ming km2, o‘rtacha 

suv sarfi 15000 m3/sek. Makenzi daryo tizimi Atabaska, Katta (Nevolniche) Ko‘l, 

Kichik (Nevolniche) Ko‘l, Katta Ayik va bir necha mayda ko‘llar bilan tutashgan 

Yaryo  o‘zining  gidrologik  xususiyatlariga  ko‘ra  Osiyoning  Sibir  daryolariga 

o‘xshab  ketadi.  Kishda  qariyb  6-7  oy  mobaynida  qor  bilan  koplanadi.  Sentyabr-

oktyabrda  muzlab,  yukori  oqimida  Mai  va  quyi  oqimida  iyunnnig  boshlarida 

muzdan  ozod  bo‘ladi.  Daryo  asosan  qor  suvlaridan  va  qisman  yomg‘ir  hamda 

grunt  suvlaridan  to‘yinadi.  Makenzi  xavzasining  yukori  qismida  va  uning 

irmoqlarida tosh ostonalari juda ko‘p. 

Shimoliy  Amerikaning  Tinch  okean  xavzasiga  kuyiladigan  barcha  daryolari 

Kordilera tof tizimining g‘arbiy yon bag‘ridan boshlanadigan qisqa, sersuv, tezoqar 

va  gidroenergiya  resurslariga  boy  daryolardir  (Yukon,  Freyzer,  Kolumbiya, 

Sakramento, Kolorado va boshkalar). Bular orasida eng yirigi va Alyaska xayotida 

katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  Yukon  daryosi  Koyali  tog‘larning  g‘arbiy  yon 

bag‘ridan boshlanib, Yukon yassi tog‘ligi orqali oqib o‘tib Tinch okeanning Bering 

dengizidagi  Norton  qo‘ltig‘iga  kuyiladi.  Uning  uzunligi  3700  km,  xavzasining 

maydoni 855 ming km2. Eng katta suv sarfi 5000-7000 m3/sek. ni va o‘rtacha suv 

sarfi 2000 m3/ sek. ni tashkil etadi. Kor suvlaridan tuyinadi va yozda toshib oqadi. 

Kishda  qariyb  yarim  yil  davomida  muzlab  yotadi.  Yukonning  baliq  boyligi 

mahalliy axrli xayotida katta rol o‘ynaydi. 



  Kolumbiya  (2250  km)  va  Kolorado  (Grin-River  irmog‘i  bilan  3200  km) 

daryolari Kordilera tog‘ tizimining sharqiy qismidagi Koyali tog‘lardan boshlanib, 

ichki yassi tog‘liklardan va platolardan chuqur kanonlar hosil qilib oqib o‘tadi va 

g‘arbiy  tof  tizmalarini  kesib  o‘tib  okeanga  kuyiladi.  Kolorado  daryosidagi  Katta 

Kanon  butun  dunyoga  mashxur,  u  daryo  oqimi  bo‘ylab  320  km  masofaga 

cho‘zilgan.  Kanonning  devorlari  turli  geologik  davrlarda  paydo  bo‘lgan  har  xil 

rangli jinslardan tarkib topgan. 

  Shimoliy  Amerika  daryolarining  xo‘jalikdagi  ahamiyati  juda  katta.  Barcha 

yirik  daryolar  dengiz  va  okeanlar  bilan  tutashgan  bo‘lib,  yuk  tashuvchi  kemalar 

materik ichkarisigacha bemalol kiraoladi. Daryolarning aksariyati Buyuk ko‘llar va 

boshqa  ko‘llar  bilan  kanallar  orqali  tutashgan.  Daryo  va  ko‘l  xavzalarini  o‘zaro 

bog‘lanishi  mamlakatlararo  suv  transporti  tizimini  mukammal  ravishda 

rivojlanishiga  katta  imkoniyat  yaratadi.  Kurg‘oqchil  rayonlarda  qishloq  xo‘jalik 

ekinlarini  sug‘orishda  daryo  suvlaridan  keng  foydalaniladi.  Yirik  daryolarda 

yuzlab elektr stansiyalar va suv omborlari kurilgan. 

  Kullari.  Shimoliy  Amerikaning  yirik  kullari  kelib  chikishiga  ko‘ra  muz-

tektonik ko‘llar tipiga mansub bo‘lib, ular Kanada qalqonining g‘arbiy va janubiy 

chegaralarida joylashgan. Bularga Katta Ayik, Katta (Nivolyiche) Ko‘l, Atabaska, 

Vinnipeg va Buyuk ko‘llar guruxi qaraydi. Buyuk ko‘llar tarkibiga Yukori, Guron, 

Michigan, Eri. Ontario va bir qator mayda ko‘llar kiradi. Bu ko‘llar bir-birlari bilan 

tutashib,  yagona  va  ulkan  (maydoni  246  ming  km2)  chuchuk  suv  xavzasini  hosil 

qiladi. Ular orasida eng kattasi Yukori ko‘l (maydoni 82414 km2) hisoblanadi. 

Buyuk  kllar  Kanada  kalkonining  uchta  yirik  kristalli  zinapoyasida  vujudga 

kelgan bo‘lib, ular g‘arbda Yukori ko‘ldan sharqda Ontario ko‘li tomon ketma-ket, 

bosqichma-bosqich  pasayib  boradi.  Balandligi  dengiz  satxidan  183  m  bo‘lgan 

birinchi  zinapoyada  Yukori  ko‘l  (maksimal  chukurligi  307  m)  joylashgan. 

Balandligi  177  m  bo‘lgan  ikkinchi  zinapoyada  Michigan  (chukurligi  265  m)  va 

Guron  (chukurligi  222  m)  ko‘llari  joylashgan.  Yukori  ko‘ldan  Sent-Meri  daryosi 

oqib chiqib Guronga quyiladi.  Guron ko‘li Michigan bilan Makino bug‘ozi orkali 

tutashgan.  Bu  zinapoyaning  174  m  balandl1-1gida  boshqa  ko‘llardan  o‘zining 

sayozligi  bilan  farq  qiladigan  Eri  ko‘li  (chuqurligi  64  m)  joylashgan.  Eng  past, 

balandligi  dengiz  satxidan  75  m  ko‘tarilib  turgan  uchinchi  zinapoyada  Ontario 

ko‘li joylashgan. Eri ko‘lini Ontario bilan uzunligi

 

54 km bo‘lgan Niagara daryosi 



tutashtirib  turadi.  Bu  dare  Eri  kulidan  oqib  chiqadi  va  Ontario  ko‘liga  quyiladi. 

O‘rtacha  yillik  suv  sarfi  5900  m3/sek.  Dolomitli  ohaqtoshdan  va  gilli  slanendan 

tuzilgan  vodiy,  ostonalar,  sertepa  qirlar  suv  oqimi  ta’sirida  yemirilib  bormoqda. 

Daryo  suvi  katta  balandlikdagi kuest-tik  jarlikdan  otilib  tushib, dunyoga  mashxur 

bo‘lgan  Niagara  sharsharasini  hosil  qiladi.  Kozi  oroli  sharsharani  ikki  okimga 

bulgan. Kanadadagi chap qismini kengligi 800 m, balandligi 48 m va AKSH data 

unt  qismini  kengligi  300  m,  balandligi  51  m.  Sharshara  ohaqtosh  va  gilli 

slaneslarning  suv  oqimi  ta’sirida  yemirilishi  hisobiga  yiliga  1,5  m  gacha  tezlik 

bilan  Eri  ko‘li  tomon  chekinib  bormoqda.  Niagara  sharsharasi  vujudga  kelgan 

davrdan to xozirga kadar 11 km masofaga chekingan. 

  Ontario  ko‘lidan  boshlanuvchi  Avliyo  Lavrentiy  daryosi  Buyuk  ko‘llar 

tizimini Atlantika okeani bilan boglaydi va o‘z suvini Avliyo Lavrentiy qo‘ltig‘iga 




quyadi.  Daryoning  estuariy  bilan  birgalikdagi  uzunligi  3130  km.  Estuariyning 

uzunligi  400  km  va  kengligi  50  km.  Avliyo  Lavrentiy  daryosi  ko‘l  suvlaridan 

tuyinib  juda  to‘lib  oqadi.  Kup  yillmk  o‘rtacha  suv  sarfi  6748  m3/sek.  Dare 

dekabrdan  to  aprelgacha  muzlaydi,  kemalarning  qatnovi  140  kungacha  to‘xtaydi. 

Qolgan paytlarda dare va ko‘llar tizimidagi navigatsiya tuliq, davom etadi. 

  Kanada  qalqonining  ichki  xududlarida  Fennoskandiya  ko‘llariga  o‘xshash 

materik  muzligi  ta’sirida  hosil  bo‘lgan  mayda  ko‘llar  juda  ko‘p.  Markaziy  va 

Buyuk tekisliklarda aksincha, ko‘llar kam tarqalgan. 

  Kordilera  tog‘  tizimida  tog‘-muzlik,  tektonik,  vulkan  tipidagi  ko‘llar  keng 

tarqalgan.  Eng  chuquri  Serra-Nevadadagi  Taxo  (chukurligi  500  m)  va  Kaskad 

topshridagi  Krater  (chukurligi  600  m)  ko‘llardir.  Ichki  yassi  tog‘liklarda  sayoz 

sho‘r  ko‘llar  ko‘p.  Ular  o‘rta  Osiyening  Orol  ko‘liga  o‘xshab,  kadimiy  suv 

xavzalarining  qoldiqlari  hisoblanadi.  Shulardan  eng  yirigi  Katta  Xavza  yassi 

tog‘ligidagi 2181 m  balandlikda joylashgan Katta Shur ko‘lidir. Uning maksimal 

chuqurligi  15  m  ga  boradi.  Suvining  shurligi  137°/00  dan  300°/00  gacha 

ko‘tarpladp. Ko‘ldai osh va glauber tuzi qazib olinadi. 

  Shimoliy Amerika suv resurslariga juda boy, lekin shunga qaramasdan ba’zi 

rayonlarda  toza  chuchuk  suv  yetishmaydi.  Bunta  sabab  sanoatda  va  kishlok 

xujaligida suvdan tobora kuprok, foydalanish darajasini oshishidir. Ko‘p daryo va 

ko‘llar  fabrika  va  zavodlarning  iflos  chikindilaridan,  ekin  maydonlaridan  yuvilib 

tushayotgan petitsidlar va turli xil kimyoviy o‘g‘itlardan ifloslangan. 

  Yaqin  vaqtlargacha  suvining  tozaligi  va  katta  miqdordagi  chuchuk  suv 

zaxirasiga ega ekanligi bilan ajralib turgan Buyuk ko‘llar tizimi ham xozirgi kunda 

asta-sekin  ifloslanib  bormokda.  Bu  ko‘llarga  tevarak-atrofdagi  ishlab  chikarish 

korxonalaridan  turli  xil  zararli  moddalar  tashlanmoqda.  Ular  suv  tagiga  cho‘kib, 

tirik organizmlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday xol materik ichki suvlarini 

ifloslanishiga  qarshi  tadbir  choralarni  izchillik  bilan  olib  borishni  va  ularni  har 

tomonlama muxofaza qilishni taqozo etadi. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish