O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


SHIMOLIY AMERIKA MATERIGIGA UMUMIY GEOGRAFIK



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

SHIMOLIY AMERIKA MATERIGIGA UMUMIY GEOGRAFIK  

TA’RIF 

Geografik o‘rni va chegaralari 

 

Shimoliy  Amerika  g‘arbiy  va  shimoliy  yarim  sharlarda  joilashgan  býlib, 



maydonining kattaligi jixatidan materiklar orasida uchinchi  

o‘rinda turadi. Uning maydoni yakin yotgan orollar bilan 24,25 mln km2, orollarsi 

20,36 mln km2. Bu YYevropadan ikki marta katta va Osiyodan ikki marta kichik 

demakdir.  Shimoliy  Amerika  Yevrosiyodan  Atlantika  va  Tinch  okeanlari  bilan 

ajralib  turadi.  Shimolda  Shimoliy 

muz 


okeani  va  uning  dengizlari  bilan 

chegaralanadi. Panama bo‘yni orkali Janubiy Amerika bilan tutashgan. 

 

Shimoliy  Amerikaning  shimoldagi  eng  chekka  nuqtasi  Butiya  yarim 



orolidagi  Myorchison  burni  (71°  50’  sh.k.),  janubdagi  nuqtasi  Asuero  yarim 

orolidagi Maryato burni (7° 12’ sh.k.), garbiy nuqtasi Alyaskaning Syuard yarim 

orolidagi Uels Shoxzodasi burni (168° 5’ g.u.) va sharqiy nuqtasi Labrador yarim 

orolidagi  Sent-Charlz  burni  (55°  40’  g.u.).  Ana  shu  nuktalar  oraligida  materik 

shimoldan janubga qarab 7500 km va g‘arbdan sharqqa qarab 6500 km masofaga 

cho‘zilgan. Kirgon chizig‘ining uzunligi 75500 km. 

 

Shimoliy  Amerika  qirg‘oqlari  Afrika,  Avstraliya  va  Janubiy  Amerika 



qirg‘oqlariga  nisbatan  kuchli  parchalangan.  Ayniqsa  uning  shimoliy,  sharqiy  va 

janubiy  qirgoqlarida  parchalanish  kuchli  bo‘lganligi  tufayli  ko‘plab  qo‘ltiqlar  va 

yarim  orollar  paydo  bulgan.  Matеrikning  shimoliy  va  janubiy  qirg‘oqlari  ikkita 

yirik  Gudzon  va  Meksika  qo‘ltiqlari  bilan  parchalangan  bo‘lib,  ular  quruqlik 

ichkarisigacha  kirib  borib,  tevarak-atrofning  iqlim  xususiyatlariga  katta  ta’sir 

ko‘rsatadi. 

 

Gudzon shimoldagi eng katta qo‘ltiqlardan biri bo‘lib, uning maydoni 1 mln 



km2 dan ziyod, chuqurligi 150 m ga teng. U bir necha bug‘ozlar orkali Shimoliy 

Muz  va  Atlantika  okeanlari  bilan  tutashgan. Gudzon  qo‘ltiqlari  ko‘proq  Shimoliy 

Muz okeani ta’sirida bulinganligi uchun ham materikning ichki rayonlarini iqlimini 

sovuk,  bo‘lishiga  va  haroratning  tez-tez  keskin  pasayib  turishiga  katta  ta’sir 

ko‘rsatadi. Qo‘ltiq akvatoriyasida yilning issiq paytlarida harorat 10°S dan yukori 

ko‘tarilmaydi,  muz  qoplami  tezda  erimaydi  va  muzlik  rejimi  uzok  vaqt  davom 

etadi. 

 

Janubda  Meksika  qo‘ltig‘i  materik  ichkarisiga  kirib  kelgan.  U  Florida, 



Yukotan  yarim  orollari  va  Vest  Indiya  orollari  bilan  chegaralangan.  Maydoni  1,5 

mln  km2,  maksimal  chuqurligi  markaziy  kismida  4000  m  gacha  yetadi.  Qo‘ltiq 

yuzasidan  materik  ichkarisidagi  tekisliklarga  quruq  issiq  xavo  kirib  borib,  yoz 

oylarida kuchli qurgoqchiliklarni vujudga keltiradi, qishda esa iliq kunlarni tez-tez 

takrorlanishiga sabab bo‘ladi. 



Materikning  sharqiy  Atlantika  okeani  qirgoqlarida  fiord  tipidagi  qo‘ltiqlar 

ko‘p tarqalgan. Eng yiriklari Avliyo Lavrentiy, Fandi, Men, Delaver, Chesapik va 

Pamliko qo‘ltiqlaridir. 

 

Shimoliy  Amerikaning  g‘arbiy  Tinch  okean  qirg‘oqlari  sharqiy  Atlantika 



okeani  qirg‘oqlariga  nisbatan  bir  muncha  kam  parchalangan.  Ayniqsa  uning 

janubiy  qismi  juda  kam  parchalangan  bo‘lib,  bu  yerda  yarim  aylana  shaklidagi 

panama  va  Teuantepek  qo‘ltiqlari,  Kaliforniya  yarim  oroli  bilan  ajralib  turgan 

kaliforniya  qo‘ltig‘i  joylashgan.  Kaliforniya  qo‘ltig‘ining  uzunligi  1240  km, 

kengligi 220 km, maksimal chuqurligi 3127 m va maydoni 177 ming km2. 

 

Tinch  okeanining  Pyudjet-Saund qo‘ltig‘idan  shimolga borgan  sari qirg‘oq, 



chiziqlari  kuchli  parchalana  boradi.  Shimoldagi  Alyaska,  Kuk  va  Bristol 

qo‘ltiqlarini  bir-biridan  Kenay  va  Alyaska  yarim  orollari  arjratib  turadi.  G’arb 

tomondan  materik  ichkarisiga  Kuskovkim,  Norton  va  Kotsebu  qo‘ltiqlari  uyib 

kirgan. Norton va Kotsebu qo‘ltiqlarini Syuard yarim oroli ajratib turadi. 

 

Vegenerning  kontinentlar  dreyfi  ilmiy  nazariyasiga  ko‘ra  Shimoliy 



Amerikaning  sharkiy  qismi  bundan  300  mln  iil  avval,  toshko‘mir  davrida 

YYevropa  bilan,  shimoli-g‘arbiy  kismi  Shimoli-sharkiy  Osiyo  bilan  tutashgan 

bo‘lib,  bir  butun.  Pangea  quruqligini  hosil  qilgan.  Yura  va  uchlamchi  davrlarda. 

Pangea quruqligini Pangea faraziy kontinenti parchalanib, bir necha quruqliklarga 

ajralib ketgan. Birok, Grenlandiya bilan Norvegiya turtlamchi davrning boshlariga 

qadar ham yaxlit bulgan. 

 

Shimoliy Amerikaning xozirgi kiyofasi bundan 1 mln yil oldin, to‘rtlamchi 



davrning boshlarida shakllangan. Xozir Shimoliy Amerika bilan Yevrosiyo eni 35 

km va chukurligi 42 m keladigan tor Bering bug‘ozi orkali ajralib turadi.  Materik 

janubda  qambar  Panama  buyni  orkali  Janubiy  Amerika  bilan  tutashgan  bo‘lgan. 

Xozir  ularni  1914  yilda  kurib  ishga  tushirilgan  Panama  kanali  bir-biridan  ajratib, 

Tinch okean bilan Atlantika okeanini birlashtirib turadi. 

 

Materikning shimoliy kismidagi juda katta maydonni egallab yotgan Kanada 



Arktika  arxipelagi  qishda  qor  va  muzliklar  bilan  qoplanganda  guyo  Arktika 

muzlariga kushilib muzlab kolgandek tuyuladi. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish