O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Janubiy  Afrika  yassi  tog‘ligi.  Janubiy  Afrika  yassi    tog‘ligi  kembriydan 

oldin hosil bo‘lgan platformada joylashgan. Uning asosini tashkil etuvchi qadimiy 

kristall jinsli poydevori gorizontal yotgan. kontinental yotkdziklar bilan koplangan. 

YAssi  togaikning  relefida  ichki  tog  oraligi  botikdari  va  ularni  urab  turgan  arxey, 

proterozoy  eralarining  kddimiy  kristall  jinslaridan  tarkib  topgan  kutarylmalar 

hukmronlik qiladi.  

Janubiy  Afrikaning  ichki  botiqlarini  o‘rab  turgan  ko‘tarilma  poydevorlar 

balandligi  1200-2500 m keladigan bir qator platolar, balandliklar va tog‘larni hosil 

qiladi.  Ular  ichki  rayonlardan  tevarak-atrofga  qarab  asta-sekin  ko‘tarilib  boradi. 

Limpopo daryosidan shimolda  Matabele  platosi, janubda  Baland  Veld  va  YUqori 

Karru  platolri,  joylashgan.    O‘lkaning  tarbiy  qismida  Kaokofeld,  Damara,  

Samakva  platolar  polosasi  cho‘zilgan.  SHimolda  Katanga  platosi  Zambezi,  va 

Kongo, daryo havzalari o‘rtasida suvayirgg‘ich vazifasini bajaradi.  

Janubiy  Afrika  yassi  tog‘ligining  g‘arbidagi  va  shimoli-sharqdagi  baland 

platolar  kembriygacha  bo‘lgan  kristall  jinslardan  tarkib  topgan.  Janubda  kristall 

jinslar  ancha  cho‘qurlikda  joylashgan  bo‘lib,  ularning  yuzasi  perm-trias 

davrlarining  laguna  yotqiziqlari bilan  qoplangan. Ayrim  joylarda  bu  toq  jinslarini 

lavalar yorib chiqib, alohida-alohida tog‘ massivlarini hosil qilgan. SHulardan biri 

balandligi 3000 m gacha ko‘tarilgan Basuto massividir.  

Baland  platolar  ichki  rayonlardan  chekka  tomon  ko‘tarila  borib,  sharqda, 

janubda va g‘arbda tik yon bag‘rli Rodjers Pogonasini yoki Katta Pog‘onani hosil 

qiladi.    Pog‘onaning  tashqi  yon  bag‘rlari  erozion  jarayonlar  tufayli  kuchli 

parchalangan. Katta Pog‘ona sharqda Limpopo daryosi yaqinidan boshlanib janub 

orqali yarim aylana hosil qilib, g‘arbda   Kunene daryosigacha davam etadi. Uning 

uzunligi  Janubiy  Afrika  bo‘ylab

 

  2000  km      masofagacha      cho‘zilgan.   



Pog‘onaning      eng      baland      nuqtasi    Drakon  tog‘laridagi  Basuto  massivining 

Katkin-Pik chuqqisidir (3657 m). Dunyo atlasida (1988) bu cho‘qqining maksimal 

balandligi 3118 m berilagan.  Katkin-Pik    Janubiy    Afrika    o‘lkasining    eng    

baland    nuqtasi hisoblanadi.  

Katta  Pog‘ona  materikning  janubiy  qismida  Nyuvefeldberge  va 

Roxxefeldberge  tog‘  tizmalarini  hosil  qiladi.  Bu  tizmalardan  janubda  joylashgan    

Katta    Karru    botig‘i    Kap    tog‘    tizimini   Afrika platformasidan ajratib 

turadi.  G‘arbda  Katta  Pog‘ona  Atlantikabo‘yi    pasttekisligiga  parallel  raviщda 

janubdan  shimolga  qarab  cho‘zilgan.  Atlantika      sohilining      Oranjevaya      va   

Kunene   daryolari   oralig‘ida qirg‘oqbuyi Namib chuli joylashgan. 

Janubiy  Afrika  materikning  foydali  qazilmalarga  eng  boy  regioni 

hisoblanadi. CHukindi jinslarning karru formatsiyasidan toshko‘mir qazib olinadi. 

Platformaning  kristall  va  vulkanik  jinslarida  temir,  mis,  marganets,  qalayi, 



qo‘rg‘oshin, vanadiy, uran, platina, rux rudalari keng tarqalgan. YAssi tog‘likning 

barcha  qismida oltin va olmos konlari bor.  

Janubiy    Afrika  yassi  tog‘ligi    kontinental    iqlimli,      harorati  baland, 

yog‘ingarchilik  kam  yog‘adigan,  dasht,  chala  cho‘l  va  cho‘l  landshaftlari  keng 

tarqalgan  region  hisoblanadi.  Hind  okeanidan  esadigan  janubi  sharqiy      passatlar  

yassi   tog‘likning   sharqiy   qismiga   ta’sir etib iqlimni mu’tadillashtirib turadi. 

Bu erga yog‘ingarchilikni Mozambik 

ilik, oqimi  ustidan  utib  keladigan  nam  tropik  havo  massasi  olib  keladi.    SHuning 

uchun  plato    va  tog‘larning  sharqiy  yon    bag‘rlarira,    Zambezi  havzasining  quyi 

qismiga  yiliga  o‘rtacha  1500  mm,  Drakon  tog‘  yon    bag‘rlariga  1000  mm  dan 

ko‘proq  yomg‘ir  yog‘adi.  Janubiy  Afrikaning  eng  qo‘rg‘okchil  rayoni  Namib 

cho‘li hisoblanadi. 

Hind  okeanidan  keladigan  nam  tropik  havo  massasi  Atlantida    okeani 

sohillariga  etib  kela  olmaydi.  Atlantika  okeani  ustida  vujudga    kelgan 

antitsiklonning  sharqiy  chekkasi  Bengala  sovuq  okimi  ustida

 

yanada  kuchayib 



materikning  qirg‘oqbo‘yi  pasttekisliklariga  kuchli  ta’iir  etadi.  Bu  salqin  havo 

materik  ustida  bir  oz  qiziydi  va  hech  qanday 

 

yog‘ingarchilik bermaydi.  CHekka 



tog‘lardan  oshib  o‘tgan  passatlar  ichki  platolarga  va  botiqlarga  kam  miqdorda 

yog‘ingarchilik  keltiradi,  Zambezi  va  Kalaxari  botiqlarida  250-300  mm  gacha 

yomg‘ir  yog‘adi.  Kalaxarining  g‘arbiy  qismida  Atlantika  va  Hind  okeanlaridan 

esadigan  nassatdar    o‘zaro  to‘qnashib,  havo  frontini  hosil  ailadi  va  yog‘in 

miqdorini 400-500 mm gacha ko‘payishiga sabab bo‘ladi. 

Havo  harorati  kenglik  va  balandlik  bo‘ylab  o‘zgarib  boradi.  Eng  yuqori 

harorat  Janubiy  Afrikaning  sharqiy  tekislik  qismi  uchun    harakterli.  Mozambikda 

o‘rtacha oylik harorat 27°, 29°S ga teng. YAssi  tog‘likning ko‘pchilik rayonlarida 

yoz  oylarining  kunduzgi  harorati  20

S  atrofida  bo‘ladi.  Oranjevaya  daryosining 



quyilish  joyida  eng  issiq  oyning      o‘rtacha    harorati      15°S      dan      yuqori   

ko‘tarilmaydi.   Umuman Atlantika okeani sohilida sovuq oqimning ta’siri tufayli  

o‘rtacha  harorat  12°,  15°S  ni  tashkil  etadi.  Maksimal  harorat  o‘lkaning  hech  bir 

joyida 40°S dan yuqori ko‘tarilgan emas. 

Janubiy  Afrika  yassi  tog‘ligida  yog‘ingarchilikning  kam  bo‘lshi  tufayli 

daryo turi yaxshi rivojlanmagan. Bu o‘lkaning eng yirik va sersuv daryolaridan biri 

Zambezi  bo‘lib,  uning  suv  rejimi  yomg‘ir  fasliga  bog‘lik.  Undan  keyin  kattaligi 

jihatdan      ikkinchi  va  uchinchi  o‘rinlarda        Oranjevaya  va  Limpopo  daryolari 

turadi.  Barcha  daryolarda  sharsharalar    va    ostonalar    keng  tarqalgan.    YAssi  

tog‘likning  ichki  platolari  va botiklari berk havzani tashkil etadi. Berk xavzaga 

qarashli daryolar o‘z suvini botiqlardagi shur ko‘llarga va botqoqliklarga quyadi. 

Janubiy  Afrika  yassi  tog‘likning  atmosfera  yog‘inlari  bilan  yaxshi  

ta’minlangan  shimoliy  va  sharqiy  chekkalarida  tropik  va  subtropik  o‘rmonlar 

o‘tadi.   T

OF   

massivlarining  sharqiy    chegaralarida    va  daryo  vodiylarida      qizil-



qo‘ng‘ir   tuproqlar   ustida   nam   tropik  o‘rmonlar  rivojlangan.     SHimoliy     

rayonlardagi     baland     platolarda va tekisliklarda shamshod Daraxti,  qizil  buk 

va karam palmalaridan    tashkil topgan siyrak o‘rmonlar uchraydi. Bu erda tropik 

jigar-rang  qizil  tuproqlar  keng  tarqalgan.      Ayrim  joylarda  siyrak  o‘rmonlar 

savannalar  bilan  almashinadi.  Savannalarda  shimoliy  yarim  shardagiga  o‘xshash 



baland bo‘yli boshoqli o‘tlar, o‘lkan baobablar, akatsiyalar va xilma-xil palmalar 

o‘sadi.  1000  m  dan  balandda  tikanli  butazorlar  va    baland    o‘tlar      mintaqasi   

joylashgan.   Undan   yuqorida   tipik   alp  o‘tloqzorlari keng joylashgan. 

YAssi  tog‘likning  katta  qismn  kserofit  o‘simliklar    bilan  kopangan.  Ichki 

rayonlarda  asosan  butalar  va  quruq  dasht  o‘simliklari  o‘sadi.  Ularning  qiyofasi 

nam va quruq fasllarga qarab keskin o‘zgarib turadi. SHarqdan g‘arbga borgan sari 

yog‘ingarchilik  miqdorini  kamayishi  kserofit  o‘simliklarni  ko‘payishiga  sharoit 

yaratadi.  Ularning  flora  tarkibida  piyozli  o‘simliklar,  tikanli  akatsiyalar,  turli  xil  

aloelar  ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  O‘simlikka  eng  kambag‘al  joy  Namib,  cho‘li 

hisoblanadi.  Bu  erda  tomiri  yaxshi  rivojlangan  velvichiyalar  va  pakana  bo‘yli 

tikanli butalar ahyon-ahyonda uchrab turadi. 

Janubiy  Afrika  yassi  tog‘ligi  rang-barang  landshaftlari  bilan    bir  qatorda 

xilma-xil va boy  fauna kompleksiga ham  ega. Ammo,  yovvoyi  hayvonlarni  yillar 

davomida  ko‘plab  ovlanishi  natijasida  ularning  soni  keskin  kamayib  ketgan. 

Ayniksa antilopalar, zebralar, jirafalar, fillar, qora qutoslar va karkidonlarning soni 

juda  ham  kam  qolgan.  Xatto  yirtqich  hayvonlardan  arslonlar,qoplonlar, sirtlonlar, 

yovvoyi  mushuklar  va  yovvoyi  itlar  yo‘qolib  ketish  arafasida  turibdi:  SHuning 

uchun  Janubiy  Afrika  Respublikasn  hukumati  yovvoyi  hayvonlarni  muxofaza 

qilish maqsadida quriqxonalar va milliy parklar tashkil etgan. SHulardan eng yirigi 

va  mashhuri  Kryuger  milliy  parkidir.  Bu  erda  Afrika  materigi  uchun  xos  bo‘lgan 

barcha hayvon turlari va qushlar tuplangan. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish