O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

SHarqiy  Afrika.  SHarqiy  Afrika  yassi  tog‘ligi  tabiiy  geografik    o‘lkasi  

materikning  sharqiy  qismini,  5°  sh.k.  va  17°  j.k.  lar  oralig‘ini  qamrab  olgan. 

SHimoldan  Efiopiya  tog‘ligi  va  Rudolf  ko‘li  botig‘i,  g‘arbdan  Kongo  botig‘i, 

janubdan  Zambezi  daryosining  quyi  oqimi    va  sharqdan  Hind  okeani  bilan 

chegaralangan. O‘lkaning kichikroq maydoni shimoliy yarim sharda va katta qismi 

janubiy yarim sharda joylashgan.  

SHarqiy Afrika yassi tog‘ligi Afrika platformasining tektonik jihatdan faol, 

harakatchan  qismi  bo‘lib,  uning  hududida  eng  yangi  uzilma  (sbros)lar  va  graben 

(rift)lar  tizimi  keng  tarqalgan.  O‘lkaning  aksariyat    qismini  balandligi  1000-1500 

m dan yuqori bo‘lgan SHarqiy Afrika yassi tog‘ligi tashkil etadi. YAssi tog‘likning 

yuzasida  keng  botiqlar  vujudga  kelgan  bo‘lib,  ulardan  eng  yirigi  Viktoriya  ko‘li 

bilan  band.    YAssi  tog‘likning  sharqiy    qismi  Hind  okeani  qirg‘og‘igacha  tik 

zinapoyalar hosil qilib tushgan. Ayrim joylarda qirg‘oq bo‘ylab kengligi 10-20 km 

dan oshadigan pasttekisliklar joylashgan.  Qirg‘oqlar daryo vodiylar  bilan kuchli 

parchalangan.  Sohillarga  yaqin  joylarda  mayda  orollar  va  marjon  riflari  keng 

tarqalgan.  

YAssi  tog‘likning  kristall  poydevori  grabenlar  bilan  kesilgan.    Ular    relef 

tuzilishida tor chukmalar va baland tik yon bag‘rli  pog‘onalar shaklida namoyon 

bo‘lib, Qizil dengiz va Efiopiya tog‘ligidan Rudolf ko‘ligacha cho‘zilgan. Rudolf 

ko‘lidan  janubda  graben  zonasi  uchta  tarmoqqa  bo‘linadi:  g‘arbiy,  markaziy  va 

sharqiy.  G‘arbiy  tarmog‘i  yassi  tog‘likning  g‘arbiy  qismidan  o‘tib  Albert,  Kivu, 



Tanganika  ko‘llari  botiqlariga  to‘g‘ri  keladi.  Markaziy  tarmog‘i  Rudolf  ko‘lidan 

boshlanib,  janubda  Nyasa  ko‘ligacha  davom  etadi.  Uchinchi  tarmog‘i  yassi 

tog‘likning sharqiy chekkasidan o‘tadi. 

SHarqiy  Afrika  yassi  tog‘ligining  tektonik  yoriqlar  zonasidagi    asosiy 

morfostruktura  chuqur  grabenlar va ularning  atrofida  juda baland  ko‘tarilgan  tog‘ 

massivlaridan tarkib topgan. Grabenlarning tagi turli xil balandliklarda joylashgan 

va  ularning  ko‘pchilik  qismi  uzoq  masofaga  cho‘zilgan  chuqur  ko‘llar, 

botqoqliklar va shur erlar bilan band. 

SHarqiy  Afrika  yassi  tog‘ligi  tektonik  yoriqlar  va o‘zilmalar

   


natijasida  bir 

necha 


TOF 

massivlariga bo‘lingan. Tektonik yoriqlar bo‘ylab tik ko‘tarilgan kristall 

jinsli 

TOF 


massivlari  materikning  ham  eng  baland  nuqtalari  hisoblanadi.  Ulka 

hududida  balandligi  5000  m  dan  yuqori  bo‘lgan  uchta  cho‘qqi  joylashgan: 

Klimanjaro Kibo cho‘qqisi bilan (5895 m), Keniya (5199 m) va Margerita (5109 

m).  Bulardan  tashqari  balandligi  4000  m  dan  oshadigan  Elgon  (4322  m).  Meru 

(4567  m),  Karisimbi  (4507  m)  kabi  cho‘qqilar  mavjud.  Bu  cho‘qqilar  asosan 

so‘ngan va harakatdagi vulkanlardan iborat. 

Baland      platolarda    qattiq    jinslardan  tarkib  topgan  qiya  tepalik  qoldiqli 

balandlik  relef  shakllari  keng  tarqalgan.  Bu  tipdagi  relef  shakllari      ayniqsa   

Viktoriya   ko‘lidan   shimolda   joylashgan. Uganda platosi va janubda joylashgan 

Unyamvezi platosi uchun harakterli.    

SHarqni  Afrika  yassi  tog‘ligi  o‘lkasining  iqlimi  subekvatarial,  mussonli, 

mavsumiy  sernam  iqlim.  Havo  harorati  bir  xilda  bulmasdan  uning  taqsimlanishi  

relefning    balandligiga,    parchalanganligiga  va  Hind  okenining  ta’siriga  bog‘liq. 

Hind  okeani  sohilida,  Dar-es-Salom  atrofida  eng  issiq  oyning  o‘rtacha  harorati 

28°S  ni  va  eng  salqin  oyniki  21°S      dan        oshmaydi.        Tog‘      massivlariga    

kutarilgan        sari    iqlim  mu’tadillashib,  harorat  pasaya  boradi.  Nayrobi  atrofida 

o‘rtacha  oylik-harorat  19°S  dan  yuqori  va14°S  dan  past  bo‘lmaydi.  Baland 

tog‘larning 2000 m dan yuqori joylarida harorat 0°S dan past bo‘ladi, 3500  m dan, 

balanda    qor  yog‘adi.  Eng  baland  cho‘qqilar  -  Kilimanjaro,  Keniya  va 

Margeregalarning yuqori qismlari doimiy qor va muzliklar  bilan qoplangan. 

O‘lka hududida atmosfera yog‘inlari ham  bir tekisda taqsimlanmagan. Eng 

ko‘p yog‘ingarchilik SHarqni Afrika yassi tog‘ligining shimoli-g‘arbiy va janubi-

g‘arbiy  yon  bag‘rlarida  hamda    Hind  okeani  sohilida  bo‘ladi.  Bu  erlarda  yillik 

yog‘in miqdori 1000-1500 mm ni tashkil etadi. Baland tog‘ yon bag‘rlarida 2000-

3000 mm gacha yog‘adi. Qolgan joylarda yog‘in miqdori 750-1000   mm   gacha,   

berk      botiqlarda      va      o‘lkaning  shimoli-sharqiy  chekkasida  500  mm  gacha 

kamayadi.  YAssi  tog‘likning  5°  sh.k.  va  5°  j.k..lari  oralig‘i  uchun  yomg‘ir 

mavsumining tipik ekvatorial rejimi harakterli.  Bu oraliq zonada yiliga ikki marta 

maksumum yomg‘ir fasli va ikkki marta nisbatan kam yomg‘ir fasli ko‘zatiladi. 5° 

j.k. dan janubdagi rayonlar uchun bitta maksumum yomg‘ir fasli harakterli. 

SHarqiy  Afrika  yassi  tog‘ligidan  materikning  bosh  suvayirg‘ichi  o‘tadi. 

O‘lka  hududidan  Atlantika  okeni  xavzasiga  o‘z  suvini  quyadigan  Kongo,  Nil 

daryolari  va  ularning  ko‘plab  yirik  irmoqlari  boshlanadi.  YAssi    tog‘likning 

sharqiy    yon    bag‘ridan    boshlanuvchi    Zambezi,   Tana, Galana, Rufiji, Ruvuma, 

Lurio va boshqa mayda daryolar o‘z suvini Hind okeaniga quyadi. O‘lka hududida 



Afrikaning eng yirik va chuqur tektonik ko‘llari joylashgan. Viktoriya, Tanganika, 

Nyasa  shular  jumlasidandir.    Bulardan    tashqari    Mobutu-Sese-Seko,      Kiogo,   

Eduard,      Kivu,      Mveru,  Rukva,  Bangveulu  boshqa  mayda  ko‘llar  ham  bor. 

Rudolf,  Eyasi  va  Natron  ko‘llari  oqmas  berk  havzaga  qaraydi.  Yirik  ko‘llarda 

kemalar qatnaydi. 

SHarqiy  Afrika  yassi  tog‘ligining  katta  qismi  tipik  savanna,  quruq  faslda 

bargini  tukuvchi  siyrak  o‘rmonlar  va  butazorlar  bilan  band,  Ularning  tagida 

lateritlashgan  jigar  rang  qizil  tuproqlar  rivojlangan.  Pastkam  joylarda  tropik  qora 

tuproqlar  va  vulkanik  jinslar  ustida  qung‘ir  tropik  tuproqlar    hosil  bo‘lgan. 

O‘lkaning    yog‘ingarchilik  ko‘p  yog‘adigan  shimoli-g‘arbiy  qismida  qizil    laterit

 

tuproqlar  ustida  aralash  doimiy  yashil  va  bargini  tukuvchi  o‘rmonlar  keng  



tarqalgan.      Hozirgi    kunda    bu    o‘rmonlarning    aksariyat      maydoni

 

antropogen   



landshaftlarga   -   ikkilamchi   baland   utli   savannalarga aylangan. Kurgokchil 

shimoli-sharkiy  rayonlardagi  cho‘llangan  savannalar  qizg‘ish-qo‘ng‘ir      tropik   

tuproqlar      va      tikanli      butazorlar      bilan    qoplangan.  Daryo  vodiylari  bo‘ylab 

doimiy  yashil  galeriya  o‘rmonlari  uchraydi.  Okean  sohillari  bo‘ylab  mangara 

o‘rmonlari tarqalgan.    

Tog‘  massivlarida  tuproq  va  o‘simlik  qoplami  balandlik  mintaqa  bo‘ylab 

taqsimlangan. T

OF 


etaklaridan 1200 m balandlikkacha  nam o‘rmonqar. 1200-2800 

m balandliklar oralig‘ida doimiy yashil o‘rmonlar  o‘sadi. Undan yuqorida 2800 m  

dan  3800 m gacha bo‘lgan balandliklarda qalin  tog‘ o‘rmonlari   bambukzorlar   

va    daraxtsimon      vereskali      mintaqa      bilan  almashadi.  3800-4500  m  dagi 

balandliklarda 

TOF 


o‘tloqzorlari  va  o‘lkan  murakkabgullilar keng tarqalgan.  4500 

m  dan  balanddagi  toshloq  erlarda  va  qoyalarda  siyrak  holda  lishayniklar  o‘sadi. 

4800 m dan  yuqorida

  

doimiy qor va muzliklar mintaqasi boshlanadi.  



SHarqiy Afrika yassi tog‘lik o‘lkasining hayvonot dunyosi Juda boy va turli-

tuman. O‘lkaning poyonsiz savannalari va o‘rmonlari fillar antilopalar,  zebralar,  

jirafalar,    karkidonlar,    qutoslar  va  boshqa  o‘txur      hayvonlar      uchun      ozuqa  

manbai   va  yashash   uchun   qulay   makon  hisoblanadi.   Daryo   vodiylarida   

va   ko‘llar   atrofida   begemotlar, timsohlar   yashaydi.   Yirtqich   hayvonlardan  

arslonlar,    qoplonlar, chiyabo‘rilar ko‘p uchraydi. 

Hayvonlarning  ko‘plab  miqdorda  ovlanishi  ularning  sonini  va  turlarini 

keskin  kamayib    ketishiga  sabab  bulmoqda.    Ayrim  hayvon  turlari  umuman 

yuqolib  ketish  arafasida  turibdi.  SHuning  uchun  sharqiy    Afrika  mamlakatlari 

yovvoyi  hayvonlarni,  noyob  tabiat  obidalarini  va  xushmanzara  landshaft 

komplekslarini saqlab  qolish  maksadida  dunyoga  mashhur    bo‘lgan   quriqxonalar  

va    milliy    parklar    tashkil  etishgan.  Ruvenzori,      Serengeti,      Nort-Luangva,  

Ruaxa,    Lukusuzi,      Kilimanjaro.    Savo  milliy  parklari,  Burigi,  Ugalla,  Kizingo 

quriqxonalari shular jumlasidandir. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish