O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Braziliya  yassi  tog‘ligi.  Bu  tabiiy  geografik  o‘lka  Amazoniyaga  nisbatan 

ham  kattaroq  maydonni  egallab,  Janubiy  Amerikaning  sharqiy  qismini  asosini 

tashkil  etadi.  U  shimolda  Amazonka  pasttekislgi  bilan  janubi-g‘arbda  Markaziy 

pasttekisliklar  bilan  va  sharqda  Atlantika  okeani  bilan  chegaralangan.  YAssi 

tog‘likning  aksariyat  qismi  Braziliyaga,  eng  janubiy  qismi  Urugvayga,  janubi-

g‘arbiy chekka qismi Paragvay va Argentinaga qaraydi. YAssi tog‘likning sharqiy 

va  janubi-sharkiy  yon  bag‘rlari  Atlantika  okeani  sohilidan  tik  ko‘tarilgan.  Uning 

shimoliy  yon  bag‘ri  Amazoniyaga  va  janubi-g‘arbiy  yon  bag‘ri  La-Plata 

pasttekisligiga kiyalanib tutashadi. 

Braziliya  yassi  tog‘ligi  Janubiy  Amerika  platformasining  arxey  va 

proterazoy  kristall  va  metamorfik  jinslaridan  tarkib  topgan.  Uning  morfologik 

tuzilishi  xilma-xil  shakllarga  ega.  Bu  erda  YAssi  qir  tekisliklar,  tekis  yuzali 

platolar, uncha baland bo‘lmagan tog‘lar, serralar deb ataluvchi uzoq masofalarga 

cho‘zilib  yotgan  past  tog‘  tizmalari  uchraydi.  Bular  Serra-dus-Paresis,  Serra-de-

Ronnador,  Serra-Darada,  Serra-du-Espinyasu,  Serra-Jeral,  Serra-du-Mar  kabi 

tizmalar va Matu-Grosu, Borborema platolaridir. Serralarning kengligi 300-400 km 

gacha boradi. 

Braziliya  yassi  tog‘ligining  ichkarisiga  kirib  borgan  sari  serralar  asta-sekin 

pasayib borib, yassi tog‘likning asosini tashkil etuvchi tekis yuzali baland platolar 

bilan  almashinadi.  Uning  markaziy  qismi  kristall  jinslardan  tarkib  topgan  tipik 

peneplen. YAssi tog‘likning ichki rayonlari chekka qismlariga nisbatan ancha past, 

o‘rtacha  balandliga  500-600  m  ni  tashkil  etadi,  ba’zi  joylardagina  1000  m  dan 

ortadi. 

YAssi tog‘likning yuzasi daryo vodiylari bilan chuqur o‘yilgan. Serralar va 

zinapoyasimon  platolardan  oqib  tushadigan  daryolarda  ko‘plab  sharsharalar, 

ostonalar  hosil  bo‘lgan.  SHulardan  Parana  daryosidagi  Seti-Kedas,  Urubupunga, 

Monti-Altu,  Iguasu,  San-Fransisku  daryosidagi  Paulu-Afonsu  va  boshqa 

sharsharalardir. 

Braziliya  yassi  tog‘ligi  foydali  qazilmalarga  nihoyatda  boy  YAssi 

tog‘likning  foydali  qazilmalari  Amazoniya  qazilma  boyliklaridan  shu  bilan  farq 

qiladiki,  ular  kristall  va  metamorfik  tog‘  jinslaridan  qazib  olinadi.  Kristall  jinslar 

orasida temir  rudalari, marganets, rangdor  metallar rudalarining katta  konlari bor. 

Er pusti yoriqlariga magmaning kirib qolishi natijasida olmos, oltin, uran rudalari 

va xilma-xil kamyob metallar rudalari hosil bo‘lgan. 

Braziliya yassi tog‘ligining iqlim sharoiti juda xilma-xil. Bunta sabab uning 

hududini  bir  necha  iqlim  mintaqalarida  joylashganligidadir.  YAssi  tog‘likning 

katta  qismi  subekvatorial  va  tropik  iqlim  mintaqalariga  to‘g‘ri  keladi.  Janubiy 

qismi  esa  subtropik  mintaqada  yotadi.  SHuning  uchun  bu  o‘lkada  harorat  janubi-

g‘arbdan  shimoli-sharqqa  qarab  o‘zgarib  boradi.  SHu  yo‘nalishda  yanvarning 

o‘rtacha harorati  22°S dan 29°S gacha, iyulning o‘rtacha harorati  12°S dan 25°S 

gacha  oshib  boradi.  Haroratning  sutkalik  amplitudasi  desi  tog‘likning  markazida 

25°-30°Sni,  shimoli-sharqida  40°-45°£ni  tashkil  etadi.  Janubdan  keladigan  sovuq 

havo massalari ta’siri natijasida harorat vaqti-vaqti bilan pasayib turadi. Hatto yoz 

oydarida  ham  sovuq  havo  to‘lqini  bostirib  kirib  kelgan  paytlarda  harorat  15°S 

gacha pasayishi mumkin. 



Tabiiy geografik  o‘lkaning  deyarli barcha  hududi uchun nam va quruq fasl 

xarakterli.  Ammo  bu  fasllarning  davomiyligi  va  atmosfera  yog‘inlarining  yillik 

miqdori  yassi  tog‘likning  xamma  regionida  bir  xil  emas.  Masalan,  tipik 

subekvatorial  iqlimli,  nam  va  quruq  fasllar  yaqqol  namayon  bo‘lgan  Braziliya 

YAssi  tog‘ligining  markaziy  qismida  yillik  yog‘in  miqdori  1500-2000  mm  ni 

tashkil  etadi.  YOg‘ingarchilik  asosan  yozda  to‘rt-besh  oy  davomida  bo‘ladi. 

Iqlimning  kontinental  o‘zgarishi  sharqqa  qarab  borgan  sari  aniq  kuzatiladi. 

O‘lkaning  shimoli-sharqiy  qismida  namgarchilik  fasli  atigi  uch  oy  davom  etib 

yillik  yog‘ingarchilik  miqdori  200-400  mm  gacha  kamayadi.  Braziliya  yassi 

tog‘ligining nam subtropik iqlimli janubi-sharqiy baland ko‘tarilgan yon bagrida va 

qirg‘oq bo‘ylarida Atlantika okeanidan keladigan nam havo massalarining ushlab 

qolinishi  sababli  yillik  yog‘in  miqdori  1500  mm  dan  4500  mm  gacha ko‘payadi. 

YOg‘ingarchilik deyarli yil bo‘yi tez-tez takrorlanib turadi. Nam va quruq faslning 

yaqqol  ifodalanganligi,  davomiyligi,  atmosfera  yog‘inlarining  notekis 

taqsimlanganligi  yassi  tog‘likning  o‘simlik  qoplamida,  madaniy  landshaftlarning 

qiyofasida,  daryolarning  rejimida  va  ularning  xarakterli  xususiyatlarida  o‘zining 

aksini topgan. 

Braziliya  yassi  tog‘ligining  barcha  daryolari  yomg‘irdan  to‘yinadi.  SHu 

sababli daryolar rejimida qishda suvning kamayishi va yozda to‘lib oqishi keskin 

aks  etgan.  Faqat  janubiy  va  janubi-sharqiy  hududlardagi  daryolar  yil  bo‘yi  to‘lib 

oqadi.  Oqim  Amazonka,  Parada,  San-Fransisku  va  boshqa  daryolar  havzalari 

o‘rtasida taqsimlangan bo‘lib, ularning barchasi Atlantika okeaniga quyiladi. 

Braziliya  yassi  tog‘ligining  tuproq-o‘simlik  qoplami  iqlim  sharoitiga 

mutanosiblashgan  holda  o‘zgarib  boradi.  Ulkaning  shimoli-g‘arbiy  va  shimoliy 

rayonlarida podzollashgan laterit tuproqlar ustida sernam yashil tropik o‘rmonlar-

gileyalar rivojlangan. Undan janubrokda quruq faslda bargini to‘kuvchi o‘rmonlar 

boshlanadi. YAssi tog‘likning markaziy qismida kserofit butazor savannalar, daryo 

vodiylari  bo‘ylab  palma  galereya  o‘rmonlari  cho‘zilgan.  Qirg‘oqchil  shimoli-

sharqiy  platolardagi  qizg‘ish-jigar  rang,  qizg‘ish-qo‘ng‘ir  tuproqlar  ustida  chala 

cho‘llarga xos kserofit sukkulent siyrak o‘rmonlar kaatingalar shakllangan. Janubi-

sharqdagi  to‘siq  vazifasini  bajaruvchi  tog‘lar  podzollashgan  laterit  tuproqlar 

qimmatbaho  daraxtlar  o‘sadigan  qalin  nam  doimiy  yashil  tropik  o‘rmonlar  bilan 

qoplangan.  Subtropik  iqlimli  baland  platolarda  asosan  Braziliya  araukariyasidan 

tashkil  topgan  o‘rmonlar  o‘sadi.  Ularning  birinchi  yarusida  doimiy  yashil 

o‘simliklar keng tarqalgan. Bu o‘simliklar orasida paragvay choyi alohida ajralib 

turadi. Tuproq qoplamida kizil va sariq tuproqlar ko‘pchilikni tashkil etadi. YAssi 

tog‘likning eng janubiy qizg‘ish-qora tuproqli qismi o‘rmonsiz savannalar-kampos 

limposlar bilan qoplangan. Siyrak o‘rmonlar va savannalarda qizil tumshuq, yolli 

bo‘ri,  qizil  butu,  mayda  mazama  bug‘usi,  qalqondor,  jayra,  Nandu  tuyaqushi, 

tapirlar yashaydi. 

YAssi tog‘likning o‘rmonlardan tozalangan joylarida agrolandshaftlar barpo 

etilgan.  O‘zlashtirilgan  maydonlarda  kofe,  kakao,  paxta,  shakar  kamish,  maniok, 

makkajo‘xori,  lo‘viya  va  boshqa  xil  tropik  ekinlar  etishtiriladi.  Gidroenergiya 

zahiralariga boy bo‘lgan daryolarda elektr stansiyalar qurilgan. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish