O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Gran-CHako  tekisligi  Janubiy  Amerikaning  markaziy  qismida  joylashgan 

tabiiy  geografik  oblast  hisoblanadi.  Uning  er  yuzasini  qiyaligi  g‘arbdan  sharqqa 

qarab  pasayib  boradi.  G‘arbda  And  tog‘lari  etagida  tekislikning  okean  sathidan 

balandligi 500-700 m ni, sharqda La-Plata pasttekisligi bilan tutash joylarda 50 m 

ni  tashkil  etadi.  Gran-CHakodan  shimolda  platformaning  kristall  poydevori  er 

yuzasiga ko‘tarilib balandligi 1425 m keladigan CHochi tepaligini hosil qilgan. Bu 

tepalik Amazonka va Paragvay daryolari o‘rtasida suvayirg‘ich vazifasini bajaradi. 

Gran-CHako        tekisligi          meridional        yo‘nalishda        uzoq        masofa 

cho‘zilganligi   tufayli   uning   shimoliy   katta   qismi   tropik   iqlim mintaqasiga 

va janubiy qismi subtropik iqlim mintaqasiga qaraydi. Har ikki mintaqaning iqlim 

sharoitida  nam  va  quruq  fasllar  juda  yaqkol  ifodalangan.        SHu        bilan        birga    

tekislikning        iqlim        sharoiti  kontinentallik  xususiyati  ham  hukmronlik  qiladi. 

Binobarin, haroratning keskin o‘zgarishi faqat yilning issiq va salqin oylari oralig‘i 

uchun xarakterli bo‘lib qolmasdan, sutkalik harorat uchun ham xarakterlidir. 

Materikning  boshqa  tabiiy  geografik  o‘lkalariga  nisbatan  Gran-CHakoda 

harorat juda yuqori. Bu Janubiy Amerikaning eng issiq joyi hisoblanadi. YOzning 

o‘rtacha  harorati  27°S-30°S  gacha  boradi.  Maksimal  harorat  47°S  gacha 

ko‘tarilgan.  Salqin  oylarning  harorati  shimoldan  janubga  qarab  20°S  dan  15°S 

gacha  o‘zgaradi.  Qish  oylarida  kunduz  kunlari  issiq  bo‘lsa-da,  kechalari  harorat 

0°S  dan  pasayadi.  Janubdan  sovuq 

 

shamollar  esgan  paytlarda  kunduzlari  ham 



harorat keskin pasayadi. 

Gran-CHakoning katta qismida namlik balansi salbiy. Tekislnkning shimoli-

sharqida  yillik  yog‘in  miqdori  1200  mm  dan  janubi-g‘arbida  500  mm  gacha 

kamayadi.  YOg‘ingarchilik  asosan  yozda  ikki-uch  oygina  davom  etadi. 

Qurg‘oqchilik  davr  uzoq  cho‘ziladi.  SHuning  uchun  dehqonchilikda  daryo 

suvlaridan  foydalanishni  taqazo  etadi.  SHimolda  Mamore  va  Beni  daryolari 

havzalarida  subekvatorial  iqlim  mintaqasiga  o‘tish  kengliklarida  yilning 

namgarchilik  davri  besh-olti  oygacha  cho‘ziladi.  Yillik  yog‘in  mikdori  1500  mm 

gacha ortadi. 

Gran-CHakoning  ichki  rayonlarida  er  usti  suvlari  juda  kam  uchraydi. 

Gidrografik  to‘r  tekislikning  chekka  qismlaridagina  rivojlangan.  Uning 

shimolidagi  Pilkomayo  va  Rio-Bermexo,  janubidagi  Rio-Salado  daryolari 

Paragvay  havzasiga  mansub  bo‘lib,  ular  yomg‘ir  faslida  toshib  oqadi.  Toshqin 

paytida  suv  tekisliknig  quyi  qismlarini  bosib  botqok  erlar  hosil  qiladi.  YOmg‘ir 

faslida mavsumiy sho‘r ko‘llar xam vujudga keladi. 

Tekislikning  shimoliy  va  sharqiy  namgarchilikka  nisbatan  boy  qismlari, 

botqoqlangan erlar o‘simlik qoplamiga va hayvonot dunyoga boy. Daryo vodiylari 

bo‘ylab  bo‘yi  40-50 m  ga  etadigan palma  o‘rmonlari o‘sadi. Vodiy  o‘rmonlarida 

qushlardan  flamingo,  kaptar,  o‘rmon  tovug‘i,  qar-qara  to‘tilar  yashaydi.  Daryo 



kirg‘oqlaridagi balchiklarda yirik suv kemiruvchisi-paka uchraydi. 

Gran-CHakoning quruqroq rayonlarida kserofit tropik o‘rmonlar butazorlar, 

o‘t o‘simliklari va baland daraxtlar o‘sadigan savanna landshaftlari mavjud. Siyrak 

o‘rmonlarda  qimmatbaho  yog‘och  beradigan  qizil  kebracho  va  oq  kebracholar 

o‘sadi.  O‘rmonlar  orasida  qing‘ir-kiyshiq  bo‘lib  o‘sadigan  algarrabo  daraxti 

uchraydi. Balandlik quruq joylarda monte deb ataluvchi butazorlar keng tarqalgan. 

Butazorlar  tarkibida  mimozalar,  xilma-xil  kaktuslar,  tikanli  qovullar  ko‘pchilikni 

tashkil etadi. Madaniy o‘simliklardan asosan paxta etishtiriladi. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish