Gran-CHako va Pampa tekisliklari o‘rtacha balandligi 2500-4000 m keladigan
meridional ravishda yo‘nalgan tik yon bag‘rli tog‘ tizmadari bilan tutashadi. Bu
maydonining kichikligi, iqlimining keskin kontinentalligi, Atlantika okeanidan
uzoqligi, Tinch okeandan And tog‘lari orqali to‘silib turganligi va landshaft
xususiyatlari bilan farq qiladigan Kordilera oldi va Pampa s’erralari tabiiy
joylashgan. G‘arbiy Pampada shimoldan janubga qarab cho‘zilib yotgan o‘rtacha
balandlikdagi tog‘ tizmalari mavjud bo‘lib, ular Pampa s’erralari deb ataladi. Bular
Serras-de-Kordova (baland cho‘qqisi CHampaki tog‘i - 2884 m), San-Luis va
boshqalardir. Ulardan g‘arb tomonda meridional ravishda cho‘zilib yotgan
Kordilera oldi baland tog‘ tizmalari joylashgan. Kordilera oldi tizmalari Serra-del-
Akonkixa (5550 m), Kordilera-de-Famatina (baland cho‘qqisi Mexikana tog‘i -
6250 m), Serra-de Sanogasta, Kordilera-de-la-Puntilya (4924 m) va boshqalardan
Meridional yo‘nalgan Kordilera oldi tog‘ tizmalari va Pampa serralarining
kelib chikishi turli davrlar bilan bog‘liq. SHimoli-g‘arbiy serralar kembriygacha
bo‘lgan qadimgi strukturalarning qoldiqlari bo‘lsa janubi-g‘arbdagi serralar quyi
gersin burmalanishida vujudga kelgan. Keyinchalik And tog‘larining ko‘tarilishi
bilan bog‘liq bo‘lgan vertikal harakatlar natijasida gorstlar-tik yon bag‘rli tog‘lar
va grabenlar-tog‘oraligi botiqlari hosil bulgan. Meridional cho‘zilib yotgan tog‘
tizmalarini bir-biridan Salta, Tukuman, Kordova, San-Xuan, Mendos, La-Rioxa,
Katamarki bo‘ylama botikdari ajratib turadi. Ularning uzunliga 100-150 km dan
Bo‘ylama tog‘oralig‘i botiqlari okean sathidan turli xil balandliklarda
joylashgan. Ularning o‘rtacha balandligi 2000-2500 m gacha etadi. Faqat sharq
tomonda joylashgan botiqlargina juda pastligi bilan ajralib turadi. Jumladan
Salinas-Grandes (Katta sho‘rxok) botig‘i okean sathidan 170 m va Mar-CHikita
(Kichik ko‘l) ko‘li 70 m balandlikda joylashgan. O‘lkaning tog‘oralig‘i
botiqlaridagi paleogen va neogen yotqiziqlari neft, tabiiy gaz konlariga, kristall
jinslardan iborat tog‘ tizmalari rangli metallar konlariga boy.
G‘arbiy Pampa tekisligida va tog‘oarlig‘i botiqlarida sharqdan g‘arbga qarab
iqlimning kontinentalligi va kurukdigi orta boradi. Yillik yog‘in mikdori G‘arbiy
Pampada 250-300 mm dan o‘lkani And tog‘laridan ajratib turuvchi bo‘ylama
tog‘oralig‘i botiqlarida va meridional cho‘zilgan tog‘larning g‘arbiy yon
bag‘rlarida 100 mm gacha kamayadi. Atmosfera yog‘inlari faqat yoz oylari
kuzatiladi. Namgarchilikning etishmasligi qish oylarida kuchli seziladi.
Qurg‘oqchilik bo‘lgan yillarda Mendos, San-Xuan kabi botiqlarda yog‘ingarchilik
umuman bo‘lmaydi. Bu erlarda qurg‘oqchilik ikki-uch yillab davom etadi.
Masalan, San-Xuan botigida qurg‘oqchilik surunkasiga 671 kun davom etib, bir
tomchi ham yomg‘ir yog‘magani kuzatilgan.
Gran-CHako va G‘arbiy Pampa tekisliklari ustidan ko‘tarilib turgan Serra-
del-Akonkixa, Serras-de-Kordova tog‘ tizmalarining sharqiy yon bag‘o‘rlagj
Atlantika okeanidan keladigan havo massalarini ushlab qolganligi sababli
yog‘ingarchilik miqdori botiqlarga va tizmalarining g‘arbiy yon bag‘rlariga
tushadigan yog‘in mikdoriga nisbatan qariyib uch-to‘rt martaga ko‘payadi va 700-
1000 mm ni tashkil etadi.
Kordilera oldi va Pampa serralarida havo harorati sutka va yil davomida
keskin o‘zgarib turadi. Qish oylarida haroratning qeskin o‘zgarishi botiqlarda
yaxshi seziladi. Bu erlarda o‘rtacha oylik harorat 10-11°S atrofida bo‘ladi.
Kechalari haroratning pasayishi tufayli suv yuzalari muzlaydi, kunduz paytlari
quyosh chiqishi bilan harorat 20°S gacha ko‘tariladi.
O‘lka hududi, ayniqsa uning g‘arbiy qismi daryo to‘riga juda kambag‘al.
Botiqlar ichki oqimlarning mahalliy havzalari hisoblanadi. Ayrim sharqqa qarab
oquvchi daryolar kam suvligi tufayli qumlar orasida yo‘qolib ketadi yoki sho‘r
botqoqliklarga va ko‘llarga kelib quyiladi. Daryolardan Rio-Dulse Mar-CHikita
ko‘liga, Rio-Kolorado Atlantika okeanining Rinkon qo‘tig‘iga quyiladi.
Tog‘ oralig‘i botiqlarida chala cho‘l va tog‘ etaklarida dasht landshaftlari
rivojlangan. CHala cho‘l va dashtlarda o‘t o‘simliklari bilan bir qatorda past bo‘yli
akatsiyalar, mimozalar, kaktuslar, tikanli butalar o‘sadi. Tog‘ tizmalarida
landshaftlarning vertikal zonalligi mavjud. Bu tizmalarning 400-1600 m
balandliqdagi sharqiy yon bag‘rlari tropik o‘simlik tipidan subtropik o‘simlik
tipiga o‘tuvchi qalin o‘rmonlar bilan qoplangan. Zirk daraxtidan tashkil topgan
o‘rmonlar 2500 m gacha ko‘tariladi. Undan yuqorida kserofit dasht o‘t o‘simliklari
o‘sadi.
Kordilera oldi va Pampa s’erralarining tog‘ oldi tekisliklarida, tog‘oralig‘i
botiqlarida agrolandshaftlar keng tarqalgan, Tukuman, Kordova, Mendos va
boshqa vohalar barpo etilgan. Mendos voxasini uzumchilik rivojlangan.
Sug‘oriladigan maydonlarda shakar qamish makkajo‘xori, bug‘doy, tamaki, turli
xil mevalar etkaziladi. O‘zlashtirilmagan tipik chala cho‘l va dasht ladshaftlari
yaylov sifatida foydalaniladi.
O‘lka hududida chorvachilikning bir necha turlari mavjud: shimolda xachir
va go‘sht uchun qor mol, g‘arbda buqa va echki, janubda qo‘y boqiladi. SHuning
uchun botiqlardagi sug‘oriladigan erlarning asosiy qismi beda va turli xil o‘t
ekinlari bilan band.
Do'stlaringiz bilan baham: