O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet344/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Patagoniya  Andi.  Patagoniya  Andi  shimolda  42°  j.k.  dan  boshlanib,  

janubda  materikning  oxirgi  nuqtasigacha  davom  etadi.  Bu  o‘lka  xududida  And 

tog‘lari  shimoldan  janubga  qarab  pasayib,  kuchli  parchalanib  boradi  va  minglab 

tog‘li  orollarni,  CHili  arxipelagini  hosil  qiladi.  CHilining  Bo‘ylama  tektonik 

vodiysi  janub  tomon  pasayib,  okean  suvi  tagida  qolib  ketadi.  Eng  janubdagi 

qo‘ltiqlar  va  bo‘g‘ozlar  uning  davomi  hisoblanib,  CHili  arxipelagini  materikdan 

ajratib turadi. 



Patagoniya    Andining  baland  nuqtasi  shimolda    3000    m      dan  oshsa,  

janubda 2000 m ga ham etmaydi. Uning shimoliy qismida harakatdagi  vulkanlar 

keng  tarqalgan.  Minchimavida  (2470  m),  Korkovado  (2110    m)    va    Korkovado 

(2300  m) YAte (2110  m) va Ueki  (1050   m)    vulkanlari  shular  jumlasidandir. 

Kordileraning  o‘rtacha  qismida  Patagoniya  Andining  eng  baland  nuqtasi  San-

Valentin (4058 m) tog‘i joylashgan. 

Patagoniya Andi tabiiy geografik o‘lkasi uchun nam, mo‘‘tadil okean iqlimi 

xarakterli.  Janubda  joylashga  bo‘lishiga  qaramasdan  qish  va  yoz  oylarining 

o‘rtacha haroratida katta farqlar uncha sezilmaydi. O‘lka xududi doimo kuchli nam 

g‘arbiy  shamollar  ta’sirida  bo‘lib,  ular  Adn  tog‘larining  g‘arbiy  yon  bag‘rlariga 

katta miqdorda namgarchilik olib keladi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 2000-3000 

mm  ni  tashkil  etadi.  Bosh  Kordileraning  g‘arbiy  yon  bag‘rlarida  yillik  yog‘in 

miqdori  5000-7000  mm  dan  ham  oshadi.  Bu  ekvatorial  va  subekvatorial  iqlim 

mintaqalarida joylashgan Amazoniya pasttekisligiga tushadigan yog‘in miqdoridan 

bir  necha  marta  ko‘p.  SHuning  uchun  bu  erda  gileyalarga  o‘xshash  qalin,  baland 

bo‘yli, o‘tib bo‘lmaydigan gemigeliya  o‘rmonlari yaxshi rivojlangan. 

Patagoniya      Andining    iqlim      xususiyatlaridan      biri      yil  davomida  

yomg‘irli, past bulutli, tumanli, kuchli shamolli kunlarning ko‘p bo‘lishi va havo  

haroratining  mo‘‘tadilligidir.    Kuchli  shamollarning    va  yomg‘irli  kunlarning 

takrorlanishi  bir  yilda  200  kundan  oshadi.  Qishnint  o‘rtacha  harorati    4°-7°S   

atrofida  bo‘ladi.   YOzning  o‘rtacha   harorati   15°S   dan oshmaydi, janubda esa 

10°S  gacha  pasayadi.  Baland  tog‘larda  yil  davomida  manfiy  harorat  hukmronlik 

qiladi.  Tizmaning  sharqiy  yon  bag‘rida  harorat        -30°S  gacha  pasayadigan 

sovuqlar bo‘lib turadi. 

O‘lka  iqlimining  ikkinchi  xususiyati  Patagoniya  Andida  qor  chizig‘ining 

juda  ham  past  bo‘lishiga  va  muzliklarning  rivojlanishiga  qulay  sharoit 

yaratganligidir.  Bosh  Kordileraning  shimolida  qor  chizig‘i  1500  m  balandlikda 

bo‘lsa,  janubda  1000  m  dan  ham  pasayadi.  Markaziy  Andda  qor  chizig‘i 

Patagoniya Andiga nisbatan juda yuqori bo‘lib, 5600-6100 m gacha Punada hatto 

6300 m balandlikkacha ko‘tariladi. 

Patagoniya Andida hozirgi muzliklar keng tarqalgan bo‘lib ular asosan ikkita 

markazda mujassamlashgan. Birinchi shimoliy markaz 46°-47°40 j.k. lar oralig‘ida 

va  ikkinchi  janubiy  markaz  48°20  -  51°30  j.k.  lar  oralig‘ida  vujudga  kelgan.  Bu 

muzliklar  Patagoniya  muzlik  qalqoni  deb  ataladi.  SHimoliy  muzlik  San-Valentin 

tog‘  massivida  joylashgan  bo‘lib,  uzunligi  700  km  va  eng  keng  joyi  70  km 

masofaga  cho‘zilgan.  Umumiy  maydoni  20  000  km

2

  dan  ziyod.  Bu  Kavkazning 



tog‘ muzliklaridan 10 xissa katta. Janubiy muzlik Piramide (3380 m) va Muralon 

(3600 m) tog‘ massivlvrini qoplab olgan. Umumiy maydoni 14 000 km

2

  ga  teng. 



Ikkita  muzliklar  markazi  bir-biridan  materik  ichkarisiga  ko‘ndalang  yorib  kirgan 

chuqur  Beyker  flordi  orqali  ajralib  turadi.  Patogoniya  Andining  muzlik  qoplami 

o‘zining  shakliga  ko‘ra  xilma-xil  bo‘lib,  uni  ayrim  olimlar  pleystotsen  davridagi 

qalin muzliklarning qoldig‘i (relikt muzlik) deb hisoblashadi. 

Patagoniya  Andida  ko‘llar  ham  keng  tarqalgan.  Bulardan  eng  yiriklari 

Bueg‘os-Ayres,    Pueyrredon,    San-Martin,    Vedma,  Arxentino    va  boshqa 

ko‘llardir.  Buenos-Ayres  (maydoni  2400  km

2

)  o‘lka  hududida  eng  katta  ko‘l 




hisoblanadi.  Muzliklar  va  ko‘llar  Tinch  okeanga  va  qisman  Atlantika  okeaniga 

quyiladigan daryolarni suv bilan ta’minlaydi. 

O‘lkaning  o‘simlik  qoplami  nihoyatda  xilma-xil.  O‘rmonlar  tarkibida 

doimiy  yashil  daraxt  turlari  ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  Patagoniya  Andidagi 

o‘rmonlarning  qalinligi,  turlarga  boyligi,  ko‘p  yarusligi,  chirmashib  o‘sadigan 

lianalar,  moxlar  va  lishayniklarni  keng  tarqalganliga  nam  subtropik  yoki  tropik 

o‘rmonlarni  eslatadi.  Tuproq  qoplami  shimolda  qo‘ng‘ir  va  janubda  podzol 

tuproqlardan  iborat.  Tekislik  joylarda  botqoq  tuproqlar  uchraydi.  O‘lka  flora 

kompleksining  asosiy  o‘simlik  turlari  doimiy  yashil  va  bargini  to‘kadigan  janub 

buklaridan, 

magnoliyalardan 

igna 


bargli 

alerse 


va 

libotsedruslardan, 

bambuklardan,  daraxtsimon  qirqquloqlardan      tarkib      topgan.        O‘rmonlarning   

sernamligi        tufayli  daraxtlarning  tanalarini  mox  va  lishayniklar  qoplab  olgan. 

O‘rmonlar  materikning  janubiy  qismiga  borgan  sari  siyraklashib  boradi.  Eng 

janubda ular tundra tipidagi o‘simliklar bilan almashinadi. 

Bosh  Kordileraga  ko‘tarilgan  sari  qalin  o‘rmonlar  tarkibi  bir  oz  o‘zgarib, 

siyrak  va  pastbo‘yli  o‘rmonlar  bilan  almashinadi.  Siyrak  o‘rmonlar  qariyb  qor 

chizig‘igacha  ko‘tarilib  boradi.  Tog‘  o‘tloqzorlar  mintaqasi  o‘lka  hududida 

uchramaydi. 

Tizmaning  Patagoniya  yassi  tog‘ligiga  qaragan  sharqiy  yon  bag‘rida 

yog‘ingarchilik  g‘arbiy  yon  bag‘riga  nisbatan  kam  bo‘ladi.  Bu  erdagi  o‘rmonlar 

Tinch  okean  qirg‘oqlaridagi  o‘rmonlarga nisbatan  siyrakroq  va  o‘simlik  turlariga 

kambag‘alroq. Asosiy o‘simlik turlari buklardan va igna bargln daraxtlardan tarkib 

toptan.  Tog‘  etaklaridagi  o‘rmonlar  o‘rnini  quruk  dasht  landshaftlari  va  kserofit 

butazorlar egallagan. 

Patagoniya  Andining  tabiiy  landshaftlari  inson  xo‘jalik  faoliyati  ta’sirida 

kam  o‘zlashtirilgan.  O‘lkaning  shimolida  o‘rmonlardan  tozalangan  erlarda  em-

xashak  beradigan  o‘tlar  ekiladi.  Janubiy  qismida  haydalgan  erlar  juda  kam 

uchraydi. SHuning uchun tabiiy o‘simliklar ham tabiiy landshaft komplekslari ham 

o‘zining bokira holatini hozirga qadar yaxshi saqlab kelgan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish