O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Markaziy And. Markaziy And tog‘li o‘lkasiga And tog‘ tizimining o‘rtacha 

qismi, 4° j.k. bilan 27° j.k. lar oralig‘i qaraydi. O‘lka hududi ma’muriy   jihatdan   

Peru,      Boliviya,      SHimoliy      CHili      va      SHimoliy  Argentinaga  mansub.  

Markaziy  Andning eng  kengaygan  joyi  Boliviya hududiga to‘g‘ri kelib, 750 km 

ni tashkil etadi. 

Markaziy   And  tog‘lari   uzoq  masofaga  cho‘zilgan   va   Tinch   okean 

qirg‘oqlarida  joylashgan  bo‘lishiga  qaramasdan  And  tog‘  tizimining  tabiiy  

geografik      o‘lkalaridan      o‘zining    quruq    va      kontinental  iqlimi  sharoiti  bilan 

ajralib  turadi.  Tuproq-o‘simlik  qoplami  va  ularning  tiplari  ham  iqlim  sharoitiga 

moslashgan holda taqsimlangan. 

O‘lkaning  shimoliy  qismida  Markaziy  And  tog‘lari  bir  necha  kat 

balandlikdagi  parallel  tizmalarga  bo‘linib  ketgan.  SHulardan  eng  kattasi  G‘arbiy   

Kordilera   tog‘  tizmasi   bo‘lib,   unda   eng   baland   cho‘qqilari (Uaskaran tog‘i 

6768  m,  Erupaxa  tog‘i  6632  m)  joylashgan.  Peruning  bu  qismida  harakatdagi 

vulkanlar uchramaydi. Janubroqda And tog‘ tizimi ancha kengaygan bo‘lib, uning 

o‘rta qismini keng baland yassi tog‘liklar, platolar egallab  olgan.  YAssi tog‘liklar  

har    ikkala    tomondan    baland,  ko‘tarilgan  G‘arbiy  va  SHarqiy  Kordilera  tog‘ 

tizmalari bilan uralgan. Bulardan eng balandi G‘arbiy Kordileradir. Uning yuqori 

qismlarida bir qator so‘ngan va harakatdagi vulkanlar to‘g‘ri konus shaklini hosil 

qilib osmonga   qad   ko‘tarib   turibdi.    Bular   Oxos-del-Salado    (6880 m), 




Lyulyaylyako (6723 m), Koropuna (6613 m), San-Pedro (6180 m), Ualyatiri (6060 

m), Misti (5842 m) va boshqalar. 

SHimoliy  CHilining  Tinch  okean  sohilida  balandligi  600-1000  m  ga 

etadigan  kristall  jinsli  Kirg‘oq  Kordilerasi  ko‘tarilib  turibdi  past  tizma  G‘arbiy 

Kordileradan  qirg‘oq  bo‘ylab  cho‘zilib  yotgan  Atakama  cho‘li  orqali  ajralgan. 

Atakama  cho‘li  bo‘ylama  tektonik  botiq  bo‘ylab,  shimoldan  janubga  qarab  1000 

km  masofaga  cho‘zilgan.  Qirg‘oq  Kordidyorasi  tik  yon  bag‘r  xosil  kilib  okean 

bilan  bilan  tutashgan.  SHuning  uchun  bu  qirg‘oq  kemalarning  to‘xtashiga  juda 

katta qiyinchiliklar tug‘diradi. 

G‘arbiy va SHarqiy Kordilera tizmalari oralig‘ida vujudga kelgan And yassi 

tog‘liklari  okean  sathidan  3000  m  dan  4500  m  gacha  balandliklarda  joylashgan. 

Ularning  yuzasida parchalangan tosh uyumlari  vulkanik  materiallar, sochiluvchan 

qum uyumlari keng tarqalgan. Pastqam yuzalarda ko‘llar ham uchraydi. Eng yirik 

Titikaka tog‘ ko‘li 3810 m balandlikda hosil bo‘lgan. O‘lka hududida Boliviyaning 

poytaxti La-Pas shahri okean sathidan 3650 m balandlikda joylashgan. 

YAssi  tog‘liklar  yuzasi  o‘rtacha  balandligi  1000-2000  m  bo‘lgan  turli  xil 

yo‘nalishdagi  baland  tizmalar  bilan  kesilgan.  Bu  tizmalarning  cho‘qqilari 

harakatdagi  vulkanlardan  iborat.  G‘arbiy  Kordilera  Markaziy  Andning  bosh 

suvayirg‘ichi bo‘lib, undan boshlanuvchi daryolarning ko‘pchiligi sharqqa tomon 

oqib,  yassi  tog‘liklarni  kesib  o‘tadi,  chuqur  vodiylar  va  daralar  hosil  kiladi. 

SHarqiy Kordileraning yassi tog‘likka qaragan g‘arbiy yon bag‘riy tik, sharqiy yon 

bag‘ri  kiya.  Bu  erda  ayrim  tog‘  cho‘qqilari  6000  m  dan  yuqori  ko‘tarilgan. 

SHulardan  eng  balandlari  Ilimani  (6882  m)  va  Ilyampu  (6550  m)  tog 

cho‘qqilaridir. SHarqiy Kordilera G‘arbiy Kordileradan farq qilib, unda vulkanlar 

umuman uchramaydi.  

Markaziy  And  o‘lkasining  tabiatida  cho‘l  va  chala  cho‘l  Landshaftlari 

hukmronlik  qiladi.  Arid  iqlimli  landshaftlar  Tinch  okean  sohilini  G‘arbiy 

Kordileraning  g‘arbiy  yon  bag‘rlarini,  yassi  tog‘liklarni  olgan.  Faqat  Markaziy 

Andning  sharqiy  yon  bag‘ri  nam  passat  shamollari  ta’sirida  bo‘lganligi  uchun 

yog‘ingarchilik  miqdori  bir  oz  ko‘payadi,  o‘s  qoplami  xilma-xil  turlar  bilan 

boyiydi. 

G‘arbda  shimoldan  janubga qarab  Peru sovuq  oqimining ta’sirini kuchayib 

borishi  tufayli  chala  cho‘l  iqlim  tipi  cho‘l  iqlim  tipi  bil  almashinadi.  SHimolda 

yillik yog‘in miqdori 200-250 mm atrofida bo‘lsa, janubda Tinch okean sohillarida 

va  Atakama  cho‘lida  100  mm  gacha,  ayrim  joylarda  25  mm  gacha  kamayadi. 

YOg‘ingarchilikning  asosiy  qismi  yoz  oylariga  to‘g‘ri  keladi.  Qirg‘oq 

Kordilerasining  sharqiy  tomonida  shundan  joylar  borki,  yil  davomida 

yog‘ingarchilik  umuman  kuzatilmaydi.  Lekin  bu  zonda  havoning  nisbiy  namligi 

80%  atrofida  bo‘lib,  qish  oylarida  tumanlar,  shudringlar  tez-tez  tushib  turadi  va 

kserofit  o‘simliklarni  namlik  bilan  ta’minlaydi.        Sovuq      oqim      o‘lkaning 

haroratini mu’tadal   bo‘lishiga   va qayta  taqsimlanishiga   ham   kuchli   ta’sir   

ko‘rsatadi.      Binobarin      shimoldan    janubga  qarab  yanvarning  o‘rtacha  harorati 

24°S dan 19°S gacha, iyulniki esa 19°S dan 13°S gacha pasayadi. 

Markaziy  And  o‘lkasida  tuproq-o‘simlik  qoplami  eng  kam  rivojlangan  joy 

Atakama cho‘li hisoblanadi. Bu erda siyrak holatda o‘sadigan efemer o‘simliklarni 



faqat  yilning  tumanli  faslida  uchratish  mumkin.  CHo‘lning  aksariyat  qismi 

o‘simliklar  o‘sa  olmaydigan  qattiq  sho‘r  erlardan  iborat.  G‘arbiy  Kordileraning 

Tinch okeanga qaragan yon bag‘ri ham juda kuruq. Bu erda tog‘ cho‘l zonasining 

yuqori chegarasi tizmaning shimolida 1000 m dan janubida 3000 m balandlikkacha 

ko‘tarilgan.  Uning  yon  bag‘irlari  juda  siyrak  kserofit  o‘simliklar-kaktuslar  va 

opunsiyalar bilan qoplangan, 

Tinch  okean  sohili  cho‘l  landshaftlari  yassi  tog‘likning  janubi-g‘arbida 

3000-4500    m    balandliklar    oralig‘ida    tog‘    chala    cho‘l    mintaqasi  bilan 

almashinadi.  Bu  mintaqada  atmosfera  yog‘inlari  250  mm  gacha  tushadi.  Qish  

oylarining  o‘rtacha  harorati  musbat.  Qattiq  sovuq  paytida  harorat  -20

0

  gacha 


pasayadi.  YOzning  o‘rtacha  harorati  14-15°S  ga  teng.  O‘simlik  qoplami    siyrak. 

Pakana  bo‘yli  butalar,  boshoqdoshlar  (chalov,  ro‘vak),  kaktuslar,  lishayniklar 

o‘sadi.  SHo‘rhok  erlar  o‘simliklarga  juda  kambag‘al.  Bu  erda  shuvoq  va 

efedralarni uchratish mumkin. 

Markaziy  Andning  sharqiy  va  shimoliy  qismlarida  namgarchidik  oz 

ko‘payib, yillik yog‘in miqdori 800-1000 mm ni tashkil etadi. O‘simlik qoplami va 

uning  turlari  boyib,    tog‘  chala  cho‘l  mintaqasi  tog‘  dasht  landshaftlari  bilan 

almashinadi.  Dasht  mintaqasini  mahalliy  aholi  puna  deb  atashadi.  Puna  uchun 

xarakterli  bo‘lgan  o‘simliklar  asosan  boshoqdoshlar  oilasiga      mansub      (chalov,   

betaga,   veynik   va   b.q.).   Punada   boshoqli o‘simliklardan tashqari yostiqsimon 

butalar,  bir  yillik  pakana  bo‘yli  daraxtlar  ham  o‘sadi.  Markaziy  Andda  puna 

landshaftlari  juda  katta  maydonni  egallab  olgan.  Bu  mintaqada  aholi  zich 

joylashganligi sababli voha  landshaftlari   Tinch   okean   sohilidagi   cho‘llarga   

nisbatan    keng  tarqalgan.    Aholi  o‘lkaning  4000  m  va  undan    ham  yuqori   

qismlarida  dehqonchilik  bilan  shug‘ullanadi.  Puna  aholisi  asosan  kartoshka, 

boshoqli  don  ekinlari    etishtiradi.    4000  m  dan    baland    joylarda    sho‘radosh 

oilasiga  mansub  bo‘lgan  kinoa  ekiladi.  Kinoa  doni  mahalliy  aholi  uchun  asosiy 

ozuqa bo‘lib xizmat qiladi. 

Markaziy  Andning  baland  cho‘qqilarida  balandtog‘  cho‘l  landshaftlari 

shakllangan.  SHimolda  6000  m  dan  va  janubda  5000  m  dan  baland  joylarda 

xavoning harorati yil bo‘yi 0°S dan past bo‘ladi. Iqlimining kontinental va quruq 

bo‘lishi  tog‘  muzliklarini  rivojlanishiga  imkon  bermaydi.  Yirik  muzliklar  yog‘in 

miqdori ko‘proq bo‘lgan SHarqiy Kordilera uchraydi. 

Markaziy  And  tog‘li  o‘lkasining  sharqiy  yon  bag‘ridagi  lanshaftlarda  va 

ularning  balandlik  bo‘ylab  taqsimlanishi  G‘arbiy  Kordilera  tizmalaridan  keskin 

farq  qiladi.  SHarqiy  Kordileraning  sharqiy  yon  bag‘rlariga  yoz  oylarida  esib 

turadigan  nam  passat  shamollari  Atlantika  okeanidan  miqdorda  yog‘ingarchilik 

olib kelib turadi. Natijada tizmaning 1000-1500 m balandlikkacha bo‘lgan qismida 

turli  xil  palmalar,  xin  daraxtlari  va  boshqalardan  tashkil  topgan  qalin  tropik 

o‘rmonlar  hosil  bo‘lgan.  Bu  mintaqaning  daryo  vodiylarida  shakar  qamish,  kofe, 

kakao,  tropik  mevali  ekinlar  etishtiriladi.  Tizmaning  3000  m  balandlikkacha 

bo‘lgan  yon  bag‘rida  past  bo‘yli  doimiy  yashil  o‘rmonlar,  qalin  bambukzorlar, 

qirqquloqzorlar,  daraxtlarga  chirmashib  o‘sadigan  o‘simliklar  yaxshi  rivojlangan. 

3000 m dan yuqorida tog‘ butazorlari va balandtog‘ dasht landshaftlari joylashgan. 

SHu boisdan Markaziy Andda landshaftlar asimmetriyasi juda yaqqol ifodalangan. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish