Avstraliya materigiga umumiy tavsif.
Avstraliya materigining chekka nuqtalari:
-shimolda York burni 10
0
41’ sh.k.
-janubda Janubi-sharqiy burun 39
0
11’ j.k.
- g’arbda Stip-Poynt burni 113
0
05’ shq.u.
- sharqda Bayron burni 153
0
34’ shq.u.
Materik shimoldan janubga 3200 km, g’arbdan sharqqa 4100 km ga
cho’zilgan. Maydoni 7631,5 ming km.kv. Dengiz sathidan o’rtacha balandligi -
360 m. Eng baland nuqtasi 2230 m Kostsyushko.
Avstraliyaning geologik strukturasi boshqa materiklarga nisbatan odiyroq.
Unda eng qadimgi (kembriydan ilgargi) va gersin burmali mintaqasi ajratilgan.
Materikning maydoni 2/3 qismi - G’arbiy plato va deyarli butun Markaziy
pasttekislik kembriydan oldingi platformadan iborat. Platformaning g’arbiy qismi
qadimgi poydevor anteklizasidan iborat bo’lib, shu yerda eng qadimgi kristall
jinslar va kamroq proterozoy va yoshroq cho’kindi svitalari ochilib qolgan.
Platformaning sharqiy qismi qadimgi poydevor sineklizasidir. Eng qadimgi negiz
shu yerda cho’kkan bo’lib, mezozoy (asosan bo’r), paleogen, neogen dengiz va
ko’l yotqiziqlari qatlami bilan berkilgan.
Avstraliya kembriydan oldin hosil bo’lgan eng qadimgi strukturalar va
Tasmantisdagi gersin tog’larining shimoli hamda sharqiy chekkalari Alp
geosinklinali bilan o’ralgan.
Alp geosinklinalida katta burmalar neogen davrida hosil bo’lgan. Yangi
Gvineya, Yangi Zellandiya baland tog’lari va ularning orasidagi orollari qad
ko’targan.
Materikning g’arbiy uzilma chekkasi ko’tarilgan: Tasman Yerida yoriqlar bilan
o’ralgan Kimberli gorst massivi ajralib chiqqan. Torens ko’lining grebeni Flinders-
Lofti gorst tizmalarini g’arbiy platoning janubi-g’arbiy chekkasidan ajratib
yuborgan.
Sharqda relef, shuningdek, materik maydoni va qiyofasi ko’proq o’zgargan.
Yorilish chiziqlari bo’ylab Tasmantisning g’arbiy chekkasi Tinch Okean tubiga
chohkkan, suvga botmay qolgan kattagina g’arbiy qismi yuqori ko’tarilgan,
natijada Sharqiy Avstraliya tog’lari hosil bo’lgan.
Avstraliya relefining xarakteri shu relefning tuzuvchi strukturalarining
qadimiyligiga va peneplenlashish jarayonining uzoq davom etishiga bog’liq.
Peneplenlashish natijasida juda katta teritoriyalar tekislanib qolgan, shunga ko’ra
relefda hayron qolarlik darajada bir xillik diqqatni jalb etadi: materik o’rtacha
balandigi 350 m bo’lgan platodan iborat, ya’ni YYevropadan keyin eng past
quruqlik hisoblanadi. Ilgarigi vaqtdagi eng baland sathlardan yassi tepali orolcha
tog’lar va o’tkir cho’qqili massivlar saqlanib qolgan.
Avstraliyaning tektonik tuzilish xususiyatlariga yarasha materikda 3 struktura -
morfologik oblast: G’arbiy plato, markaziy pastekislik va Sharqiy Avstraliya
tog’lari ajratiladi.
Markaziy pastekislik. Qadimgi Avstraliya platformasi sharqiy chekkasini
bukilishi, kaledon burmali tog’laridan bir qismining cho’kishi, shundan keyin,
dengiz va ko’l yotqiziqlarning to’planishi markaziy pastekislikning shakllanishi
uchun zamin hozirladi. Qadimgi relefning past-baland joylari dengiz va ko’l
yotqiziqlari to’planishi natijasida berkilib ketdi. Markaziy pastekislikning
chekkalarida sal-pal ko’tarilagn joylardagina relefning past-balandi seziladi.
Pastekislikning Markaziy havza deb ataladigan o’rta qismi Eyr ko’li atroflarida
okean sathidan 12 m pastroqda. Bu Avstraliyaning eng past joyidir. Markaziy
havzaning g’arbiy yarmida g’arbiy plato cho’llar mintaqasining davomi bo’lgan
cho’llar bor.
Sharqiy Avstraliya tog’lari uzoq vaqtgacha Avstraliya Kordilera tog’lari deb
atalib keldi, ammo ular relef tipi jihatidan Shimoliy va janubiy Amerika Kordilera
tog’laridan katta farq qiladi. Sharqiy Avstraliya tog’lari qadimgi gorst palaxsa
tog’lari bo’lib, juda ham yemirilgan, okean sathidan o’rtacha balandligi qariyib
1000 m, ko’pchilik qismi yassi tepalik tog’laridir. Paleogen va neogen davrdagi
uzilma va yorilishlar natijasida Sharqiy Avstraliya tog’lari ayrim tizma va
massivlarga bo’linib ketgan. Avstraliya sharqiy sohili bo’ylab uzilish natijasida
sharqiy yonbag’irlar tikka bo’lib qolgan: yotiqroq g’arbiy yonbag’irlar Markaziy
pastekislikka do’ng tog’ oldilari shaklida pasayib boradi.
Bazaltlarning oqib chiqishi va yorilishlar ko’p joylarda tizmalarini shakliga o’z
ta’sirini ko’rsatgan. Supacha shaklidagi platolar yorilish chizig’idagi vulqonlar
otilgan joyga to’g’ri keladi.
Foydali qazilmalar. Avstraliyada cho’kindi qatlamlar kam taraqqiy etgani
uchun rudali qazilmalar rudamas qazilmalardan anchagina ko’proq ekanligi bilan
xarakterlanadi.
Eng aktiv metalogeniya rayonlari materikning g’arbiy chekkasi bo’yida va
janubi-sharqda, platformaning kembriydan oldingi va geosinklinal paleozoy
strukturalari bir-biriga tarqalgan zonalarda, shuningdek Sharqiy Avstraliya
tog’larida, burmali kaledon va gertsin strukturalari to’plangan.
Rudali kazilmalar orasida oltin katta o’rin tutadi. Asosiy oltin konlari va oltin
chiqariladigan rayonlar G’arbiy Avstraliyaning janubi-g’arbida Viktoriya shtatida
va Kvinsledning shimoli-sharqida joylashgan. Oltin chiqarish va zapasi jihatidan
eng katta rayon janubi-g’arbiy rayondir: bu rayon Merchison daryosi bilan Dandas
shaxri oralig’idagi keng polosada juda katta “oltin dalalari” ni o’z ichiga olgan.
Rangli metalurgiya rudalari Avstraliyaning asosan sharqida ko’proq. Mis
rudasining eng yirik koni va mis rudasi chiqariladigan asosiy rayon Tasmaniya
orolida, mis rudalarining yirik konlari Kvinslenda bo’lib, qazib olinmoqda.
Tantal va niobiyning juda katta zapaslari borligini ham aytib o’tmoq kerak.
Sanoatda yaroqli tantal va niobiy konlari G’arbiy Avstraliyada ko’proq.
Uran-radiy rudalarinning konlari janubiy Avstraliyada qidirib topilgan.
Avstraliya toshko’mir zapaslari jihatidan janubiy yarim shar mamlakatlari
orasida birinchi o’rinda turadi. Eng yirik toshko’mir havzasi (Perm davrida
vujudga kelgan) Yangi Janubiy Uelsda bo’lib, geografik jihatidan eng qulay
o’rinda. Tasman dengizi sohili bo’ylab 250 km masofaga cho’zilgan. A’lo sifatli
eng qalin ko’mir qatlamlari Nyukasl (asosan) va Sidney shaxarlari rayonlarida
ko’proq. Kattalik jihatidan ikkinchi o’rinda turadigan ko’mir havzasi Kvinslenda.
Bu havzaning ko’mir qatlamlari Perm karbon davrlarida hosil bo’lgan.
Hozirgi vaqtda zo’r berib neft qidirilmoqda, ammo bu ish hali amaliy natija
bergani yo’q. Materikda neft yo’qligi asosiy sabab shuki, neft to’plana oladigan
dengiz cho’kindi yotqiziqlari yetarlicha qalin joylashgan havzalari kam.
Do'stlaringiz bilan baham: