O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

dukkaklilar  o’sadi.  Lianalar  lomonos  liana,  qalampir  va  rotang  palma-lianadan 

iborat.  Avstraliyaning  nam  tropik  o’rmonlarida  Osiyo  va  Avstraliya  turlaridan 

tashqari Antarktika va Kap o’lkasi vakillari ham uchraydi. Bu o’rmonlar tagidagi 

tuproqlarni  botqoqlahsgan  pasttekisliklardagi  podzollashgan  qizil  tuproqlar  va 

yonbag’ir  hamda,  suvayirg’ichlardagi  podzollashgan  laterit  to’proqlar  tiplariga 

kiritish mumkin. 

Qalin tropik o’rmonlar Avstraliyaning butun sharqiy chekkasini ham qoplab, 

Katta suvayirg’ich tizma yonbag’irlariga ko’tariladi. Bu o’rmonlar tipik nam tropik 

o’rmonlardan turlarga kambag’alligi, palmalar deyarli  butunlay bo’lmagani holda 

har  xil  evkalipt  turlarining  ko’pchilikni  tashkil  etishi  bilan  farq  qiladi.  Lekin  bu 

o’rmonlarda daraxtlar juda baland bo’ladi, biroq lianalarning hamda  epifitlarning 

ko’pchiligi  jihatidan  nam  tropik  o’rmonlardan  keyin  turadi.  Bu  o’rmonlar  tagida 

qizil-sariq ferralit tuproqlar hosil bo’lgan. 

Avstraliyaning  sharqidagi  o’rmonlarda  manzara  hosil  qiluvchi  evkaliptlar 

tashqi  qiyofasiga  hamda  katta-kichikligiga  ko’ra  juda  xilma-xil.  Ba’zi  bir  xil 

evkaliptlarning  bargi  havo  rang  yoki  kul  rang  tovlanadi,  bu  hol  evkalipt 

o’rmonlariga  o’ziga  xos  va  jonsiz  manzara  baxsh  etadi.  Bu  o’rmonlar  uchun, 

shuningdek,  turli  qirqquloqlar  -  daraxtsimon  qirqquloqlar  ham,  o’tsimon 



qirqquloqlar  ham  xosdir.  Epifit  o’simliklar  xilma-xil,  ko’pchiligi  rang-barang 

chiroyli gullaydi. Epifitlar orasida orxideya oilasi vakillari alohida ajralib turadi. 

Avstraliyada  tropik  siyrak  o’rmon  va  savannalar  ancha  katta  maydonni 

egallagan.  Ular  materikning  shimolida,  asosan  20°  shim.  kenglikdan  shimolda 

katta  maydonlarni  qoplagan.  Sharqda  siyrak  savanna  o’rmonlari  va  tipik 

savannalar  ancha  janubga  tushib  keladi.  Ular  Yangi  Gvineya  orolining  janubida 

ham katta maydonlarni egallaydi. 

Avstraliya savannalarini namgarchilik faslida ayiqtovongullilar, lolagullilar 

va  arxideyagullilar  oilasidan  bo’lgan  rang-barang  gullovchi  o’simliklar,  turli  xil 

g’allagullilar  qoplaydi.  Savannalarning  xarakterli  daraxtlari  -  evkaliptlar, 

akatsiyalar,  bargsiz  shoxlari  ipga  o’xshagan  kazuarinalar.  Tanalari  yo’g’on 

daraxtlar  ham  keng  tarqalgan,  ularning  tanalarida  nam  zapaslari  to’planadi.  Ular 



butilkasimon  daraxtlar  deb  ataluvchi  Stresu1aria  avlodiga  kiruvchi  bir  qancha 

turlarga  ega.  Bu  o’ziga  xos  daraxtlarning  mavjudligi  Avstraliya  savannalarining 

boshqa materiklar savannalaridan birmuncha farq qilib turadi. 

Savannalar  asosan  evkaliptlarning  har  xil  turlaridan  tashkil  topgan  siyrak 

o’rmonlar  bilan  almashinib  keladi.  Bunday  o’rmonlarda  daraxtlar  siyrak  o’sadi, 

shu  sababli  tuproqni  yilning  quruq  faslida  qovjirab  qolib,  yog’ingarchilik  davrida 

yam-yashil  bo’ladigan  qalin  o’t  qoplab  yotadi.  Evkalipt  o’rmonlari  Keyp-York 

yarim  orolining  katta  qismini  va  Avstraliyaning  shimolidagi  keng  sohilni 

qoplagdn. 

Mahalliy  aholi  haydab  ekin  ekish  va  tuproqda  nam  saqlash  uchun 

savannalardagi daraxtlarni va evkalipt o’rmonlarini yoqadi. Evkaliptlar juda qo’p 



miqdorda nam bug’latadi, shu sababli qurg’oqchil o’lkalarda ular qishloq xo’jaligi 

uchun zarar keltiradi.  

Avstraliya  savannalarining  tuproqlari  qizil,  ferralit,  quruqroq  joylarda 

ishqori kuchli yuvilgan qizil-qo’ng’ir hamda ishqori kam yuvilgan qizil-jigar rang 

tuproqlar tipiga kiradi. 

Avstraliyaning  shimoliy  va  sharqiy  eng  nam  o’lkalaridan  asta  sekin 

materikning  markaziy  va  g’arbiy  qurg’oqchil  qismlariga  o’tib  boriladi.  Sharqdan 

g’arbga va shimoldan janubga borilgan sari o’rmonlar siyraklashadi hamda tobora 

kserofit  qiyofaga  kirib  boradi.  Ular  asta-sekin  o’ziga  xos,  Avstraliyada  skreb  deb 

ataladigan  butazorlar  bilan  almashinadi.  Skreb  -  tikanli  butalar  o’sgan 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish