Amerika kolibrilarining avlodidan bo’lib, tashqi qiyofasi, oziqlanishiga ko’ra
Avstraliyaning daryo va ko’llarida suvda suzuvchi ko’p qushlar yashaydi.
Mahalliy qush turlaridan tashqari shimoliy yarimshar qishida Sibirdan uchib
orasi pardali va yapaloq tumshuqli bo’lib, ozuqani suvdan topib eydi. Urdakburun
Avstraliyaning ichki suv havzalari baliqlarga boy. Ular orasida endemik va
juda qadimgi baliqlar ko’p. Trias davridan beri o’zgarmay saqlanib qolgan ikki xil
nafas oluvchi shoxtishli baliq juda ajoyib. U baliq materikning sharqiy qismidagi
ba’zi daryolardagina uchraydi.
Avstraliyaning shimoliy va markaziy qismlaridagi savannalar, butazorlar va
ochiq yalangliklar faunasi yana ham o’ziga xos. O’txo’r hayvonlar uchun ozuqa
zapasi ko’p bo’lgan o’lkalarda bir qancha avlod va ko’p turlarga ega bo’lgan
kenguru yashaydi. Kenguru poda-poda bo’lib yashaydi va xavf tug’ilguday bo’lsa,
katta-katta sakrab yuguradi. Eng katta kul rang kenguru 10 m uzunlikka va 2-3 m
balandlikka sakray oladi. Uning tanasining uzunligi dumi bilan hisoblanganda 3 m
ga yetishi mumkin. Qoyalar orasida va butazorlarda vallabi kenguru yashaydi.
Kenguru odam tomonidan va Avstraliyaga kishilar olib kelib, yovvoyilashib
ketgan dingo iti tomonidan juda qirib yuborilgan. Dingo iti malla rangli uncha
katta bo’lmagan hayvon, u juda chidamli, uzoq va tez chopishga moslashgan. U
o’ljasi ketidan bir necha soat yugurib quvib yurishi mumkin. Hozir bu yirtqich
hayvon Eyr ko’li atrofida katta terryatoriyada tarqalgan. Dingo itlari o’zi
yashaydigan joydan ovqat qidirib turli yo’nalishda katta masofalarga borib kelishi
mumkin. Ular kengurudan boshqa ko’p hayvonlarni ham qiradi. Avstraliyaning
ba’zi bir hayvonlari dingo ity yashaydigan yerlarda butunlay qirilib bitib, bu it yo’q
joylardagina saqlanib qolgan. Dingo iti ko’pchilikka, ayniqsa, katta xavf tug’diradi.
Ba’zi bir rayonlarda dingo iti dastidan qo’y boqish befoydadir. Bu it qurolsiz
kishilarga, aynyqsa bolalarga hujum qiladi.
O’t va buta o’sadigan yerlarda xaltali hayvonlardan yana vombat,
ko’rsichqon, kalamush, bo’rsiq va
chumolixo’r yashaydi.
Butazorlarda mahalliy, endemik hayvon - tanasi igna bilan qoplangan sut
emizuvchi yexidna yashaydi. Yexidna ham o’rdakburun kabi bolasini tuxumdan
ochadi va asosan chumolilarni eydi. U chumolilarni uzun yopishqoq tilini chumoli
iniga tiqib tutadi. Yexidna tungi hayot kechiruvchi hayvon, juda qo’rqoq, xavf
tug’ilguday bo’lsa, yer tagiga kirib ketadi. Yexidna mazali go’shti uchun ov
qilinadi.
O’rmonsiz yalangliklarda qushlardan Avstraliya tuyaqushi emu, ekinlarga
katta zarar yetkazuvchi o’tloq to’tisi, suvda suzuvchi va suv bo’yida yashovchi
turli qushlar uchraydi, ularning ko’pi shimoliy yarimshardan uchib keladi.
Ilon va kaltakesaklar ko’p. Ilonlardan zaharlilari ko’pchilikni tashkil etadi.
Molox kaltakesagining tanasida tikanga o’xshash maxsus o’simtalari bor, ular
havodan namni yutib oladi. Bu kaltakesak qurg’oqchilik iqlimga shunday
moslashgan.
Hasharotlar, ayniqsa termitlar ko’p, ular o’zlarining uyalari bilan katta
maydonlarni shunchalik zich qoplab oladiki, unday joylardan ba’zan o’tish qiyin
bo’lib qoladi. Chumolilar ham keng tarqalgan. Chigirtka qishloq xo’jaligi uchun
ofat. Kishilarga iskabtopar, chivin va pashshalar katta zarar yetkazadi.
Tasmaniya orolining hayvonot dunyosi ba’zi bir xususiyatlari bnlan farq
qiladi. Masalan, u yerda qopchiqlilarning materikda uchramaydigan ikkita vakili:
qopchiqli bo’ri va qopchiqli ajdar saqlanib qolgan. Hozir ular juda kam uchraydi.
Qopchiqli bo’rini hozir butunlay qirilib bitgan deb ham hisoblashadi. Orolning
janubiy qismida Antarktika faunasining tipik vakillari - pingvinglar uchraydi.
Yangi Zelandiya faunasi juda o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ancha uzoq
vaqtdan buyon orol holatida bo’lganligidan turlarga, ayniqsa sutemizuvchilar
turlariga kambag’al. Lekin u yerda ba’zi bir xil qadimgi hayvonlar saqlanib -
qolgan, ularni haqqoniy ravishda tirik qazilmalar deyishadi.
Yangi Zelandiya faunasi hozirgi faunalar orasida eng qadimiysi bo’lib,
tarkibida mezozoy oxiri va paleogen boshida yashagan hayvonlarning vakillari
saqlanib qolgan.
Yangi Zelandiya qushlari orasida endemik va qadimiy formalar hammadan
ko’p. Bu yerda qanotsizlarning qadimgi otryadi vakillari kivi, boyo’g’lisimonlar,
to’tilar va boshqalar yashaydi. Balandligi 5 m gacha yetadigan juda katta mao
qushi yYevropaliklar kelgunga qadaroq qirib tugatilgan.
Sudralib yuruvchilardan kaltakesaklar ayniqsa ko’p, ular orasida mezozoy
erasidan saqlanib, hozirgi vaqtda deyarli yo’qolib bitgan gatteriya bor. Lekin
Yangi Zelandiyada ilonlar, toshbaqalar va timsohlar yo’q.
Avstraliya va orollarga ko’p hayvonlar boshqa materiklardan olib kelingan
va ular bu yerlarda ko’payib ketgan. Yaylov va ekinlarga katta zarar yetkazadigan
quyonlardan tashqari
bug’ular, ohu va
yovvoyi echkilar ham keng tarqalgan.
Xonaki hayvonlardan qo’y va qoramol ko’pchilikni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: