O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


Gviana  yassi  tog‘ligi  va  Gviana  pasttekisligi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Gviana  yassi  tog‘ligi  va  Gviana  pasttekisligi.  Bu  tabiiy  geografik  o‘lka 

materikning  shimoli-sharqiy  qismida  joylashgan  bo‘lib,  ikkita  yirik  landshaft 

regionidan-yassi tog‘lik va pasttekislik landshaft komplekslari majmuasidan tarkib 

topgan.  Gviana  pasttekisligi  o‘lkani  shimoli-sharqiy  qismini,  Atlantika  okeani 

qirg‘oqbo‘yi  pasttekisliklarini  egallab  olgan.  Pasttekislik  Atlantika  okeani 

tomonidan  Gviana  yassi  tog‘ligiga  qarab  asta-sekin  ko‘tarilib  boradi.  Uning 

sohilbo‘yi  polosasi  botqoqlangan  keng  maydoni  gashkil  etadi.  Qirg‘oqdan 

uzoqlashgan  sari  botqoqlangan  pastqam  erlar  tekis,  rovon  ko‘tarilib  borgan  va 

kristall jinslardan tarkib topgan plato bilan almashinadi. Janubi-g‘arbga borgan sari 

er  yuzasi  yanada  baland  ko‘tarilib  tipik  kristalli  peneplen-Gviana  yassi  tog‘ligi 

bilan tutashib ketadi.  

Gviana  pasttekisligi  Essekibo,  Karanteyn,  Maroni,  Oyapoki  va  boshqa 

daryolar  oqizib  keltirgan  allyuvial  yotqiziqlardan  tashkil  topgan.  Er  yuzasi  tekis 

bo‘lib, qirg‘oq bo‘ylarida okean sathidan 5-10 m dan janubi-g‘arbda Gviana yassi 

tog‘ligi etaklarida 200-300 m gacha ko‘tariladi. Iqlimi subekvatorial issiq va nam 

iqlim bo‘lib, eng ko‘p yog‘ingarchilik qish va bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Yillik 

yog‘in  miqdori  pasttekislikning  sharqida 3500  mm  dan  g‘arbida  2500  mm  gacha 



kamayadi. Harorat yil davomida 26°-28°S atrofida bo‘ladi. 

Gvianna pasttekisligi o‘rmonlarga boy. Atlantika okeani sohillarida mangra 

o‘rmonlari  yaxshi  rivojlangan.  Qolgan  qismi  nam  tropik  o‘rmon  va  savannalar 

bilan  band.  Mangra  o‘rmonlari  tagida  botqoq  tuproqlar,  tropik  o‘rmonlar  va 

savannalarda kizil laterit tuproqlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Maroni va Oyapoki 

daryolari havzalari qimmatbaho yog‘och beradigan qizil, pushti, muskat, mant kabi 

daraxtlardan iborat sernam tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Qishloq xo‘jaligida 

shakar  qamish,  kofe,  kakao,  banan,  makkajo‘xori,  sholi  va  boshqa  ekinlar 

etishtiriladi. 

Gviana  yassi  tog‘ligi  Orinoko  va  Amazonka  pasttekisliklari  oralig‘ida 

joylashgan bo‘lib, g‘arbda And tog‘lari etaklaridan sharqda Atlantika okeanigacha 

200  km  masofaga  cho‘zilgan.  Uning  eng  baland  nuqtasi  Markaziy  Gviananing 

janubiy qismida joylashgan va okean sathidan 3014 m ko‘tarilib turgan La-Neblina 

tog‘idir. 

Gviana      yassi      tog‘ligining      poydevori      qadimgi      Janubiy      Amerika 

platformasining   anteklizasi    bo‘lib,    kembriygacha bo‘lgan    kristall, jinslardan  

tarkib      topgan.      Ayrim      joylari      mezozoyning      kontinent  qumtoshlari  bilan 

qoplangan. YAssi tog‘lik tabiiy geografik jihatdan bir-biridan farq qiluvchi uchta  

oblastga  bo‘linadi:  G‘arbiy,  Markaziy  va SHarkiy. 

G‘arbiy oblasti Gviana yassi tog‘ligining eng past qismi bo‘lib, uncha baland 

ko‘tarilmagan  kristalli  platodan  tashkil topgan.  Uning  eng baland  joyi  oblastning 

g‘arbiy  qismida  joylashgan  qoldiqli  Pardaos  (910  m)  tog  massivi  hisoblanadi. 

SHarqqa  tomon  plato  zinapoya  hosil  kilib  pasayib  boradi.  Bu  erning  nam 

ekvatorial  iqlim  sharoitida  rivoj  topgan  nam  ekvatorial  o‘rmonlar  G‘arbiy  yassi 

tog‘likni qoplab olgan. 

Markaziy tabiiy geografik oblast Gviana yassi tog‘ligining eng   ko‘tarilgan 

qismi.  Uning  hududida  qoldiqli  qumtosh  qoplamlaridan  oralariga  kirib  qolgan 

intruziv  jinslardan  tuzilgan  Serra-Pakaraig,  Serra-Parima  kabi  balandligi  2200-

2300  m,  uzunligi  650  km  bo‘lgan  tekis  tepalikli  tizmalar  yaxshi  saqlangan. 

Markaziy  Gvianada  alohida-alohida  orollar  shaklida  ko‘tarilib  turgan  tog‘ 

massivlari  Rorayma (2810 m), Marauka (2579 m), Serra-Duida (2334 m), Auyan-

Tepun (2287 m), Anxel sharsharasi yaqinidagi cho‘qqi (2950 m) va butun Gviana 

yassi  tog‘ligining  eng  baland  nuqtasi  bo‘lgan  La-Neblina  (3014  m)  va  boshqalar 

yassi  tog‘liknin  morfologik    tuzilishini    murakkablashtirib,    landshaftlarning  

vertikad zonalligini vujudga keltiradi. 

Markaziy  Gviana  yassi  tog‘ligining  baland  qumtoshli  tog‘  massivlaridan 

boshlanuvchi  daryolarda  sharsharalar  va  ostonalar  juda  ko‘p,  vodiylari  chukur 

kesilgan.  CHurun  daryosining  yuqori  oqimida  suv      1054  m  balandlikdam  otilib 

tushib  dunyodagi  eng  baland  Anxel  sharsharasini  hosil  kigan  Potaro  daryosidagi 

Kayeteur  sharsharasida  suv  225  m  balandlikdan  otilib  tushadi.  Agar  bu 

sharsharalarni  SHimoliy  Amerikaning  mashhur  Niagara  sharsharasi  bilan 

taqqoslasak,  u  holda  Anxelni  21  marta  va  Kayeteuri  4,5  marta  baland  ekanligini 

guvohi bo‘lamiz. 

Markaziy  Gviana  yassi  tog‘ligining  iqlimi  qurg‘oqchil  davr  3-4  oy  davom 

etadigan  subekvatorial  iqlim.  SHuning  uchun  bu  erda  aralash,  bargini  to‘kadigan 



va  doimiy  yashil  o‘rmonlar  ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  SHamolga  teskari 

uchastkalarda  butazorli  savannalar  keng  tarqalgan.  Nam  tropi  o‘rmonlar  daryo 

vodiylari bo‘ylab yassi tog‘likning ichki rayonlarigacha kirib borgan. Nam tropik 

o‘rmonlar  va  savanalar  balandlikka  ko‘tarilgan  sari  tog‘  tropik  o‘rmonlari  bilan 

almashinadi.  Tog‘  massivlarining  2000  m  dan  baland  qismida  o‘rmonlar  tugab, 

ularning  o‘rnini  butazorli  va  baland  bo‘yli    dasht      o‘tlari      egallaydi.      Baland   

cho‘qqilarda      o‘simliklar  juda  siyraklashib,  toshloq  tog‘  chala  cho‘l  mintaqasi 

bilan  almashinadi.  Havo  harorati  Markazda  deyarli  bir  xil  bo‘lib,  26°-27°S  ni 

tashkil etadi. Tog‘ massivlariga   ko‘tarilgan   sari   harorat   pasayib   boradi   va   

2000 m   balandlikda 10°-15°S dan oshmaydi. 

SHarqiy Gviana yassi tog‘ligi G‘arbiy oblastga nisbatan baland va Markaziy 

oblastga  nisbatan  past  bo‘lib,  uning  yuzasidagi  qumtosh  jinslar  kuchli  yuvilib 

ketgan.  Er  yuzasiga  chiqib  yotgan  va  peneplenlashgan  kristall,  jinslar      daryo   

vodiylari   bilan   parchalanib,   bir   xil   balandlikdagi kryajlarga bo‘linib ketgan. 

Eng  baland  nuqtasi  Vilgelmin  (1281m)  tog‘i  hisoblanadi.  Bu  oblastga  shimoli-

sharqiy  passatlar  Atlantika  okeanidan  ko‘p  miqdorda  (2200-3500  mm) 

namgarchilik keltiradi. Kuz paytiga kelib Braziliya yassi tog‘ligidan esuvchi quruq 

shamollar  tufayli  yog‘ingarchilik  kamayadi.  O‘rtacha  oylik  harorat  26°-28°S. 

SHarqiy  Gviananing    qaragan  shimoli-sharqiy  yon  bag‘rlari  gileyalar  bilan, 

shamolga  teskari  yon  bag‘rlari  va  ichki  botiqlar  butazorli  hamda  palmazorli 

savannalar bilan qoplangan. 

Gviana  yassi  tog‘ligi  hayvonot  dunyosiga  juda  boy.  Uning  hududida 

Neotropik  zoogeografik  oblastning  Braziliya  kichik  oblastiga  mansub  bo‘lgan 

yapaloq  burunli  maymunlar,  yalqovlar,  chumolixo‘rlar,  qalqondorlar  tapirlar, 

pekarlar,  opossumlar,  yaguarlar  va  boshqa  xil  hayvonlar  yashaydi.  Rang-barang 

qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar ko‘pchilikni tashkil etadi. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish