O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Lyanos  Orinoko.  Lyanos  Orinoko  yoki  Orinoko  paettekislish  materikning 

shimoli-sharqida,  Orinoko  daryosining  chap  sohilida,  SHimoliy  And  tog‘lari, 

Gviana yassi tog‘ligi va Guavyare daryosi oralig‘ida joylashgan. Lyanos Orinoko 



And  tog‘lari  bilan  Gviana  yassi  tog‘ligi  oralig‘idagi  tektonik  bukilmada  hosil 

bo‘lgan pasttekislik. U janubi-g‘arbdan shimoli-sharqqa qarab 1000 km masofaga 

cho‘zilgan,  keng  joylari  300-400  km  ni  tashkil  etadi.  Lyanos  Orinokoning  katta 

qismi Venesuelaga va janubi-g‘arbiy kichikroq qismi Kolumbiyaga qaraydi. 

Lyanos  Orinokoning  past  kengliklarda  joylashganligi  haroratning  yil 

davomida yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. SHuning uchun ham harorat yil davomida 

25°-28°S  atrofida  bo‘ladi.  Ammo  bu  erda  yillik  harorat  deyarli  bir  xil  bo‘lishiga 

qaramasdan  atmosfera  yog‘inlarining  yil  davomidagi  taqsimotda  keskin 

seziladigan  fasliy  farqlar  mavjud.  Bunday  farqlar  quruqlik    va    namlik    davrlari  

bilan    aniq   ifodalangan.     Har   ikkala davrning  mudsati va davomiyligi geogafik 

kenglik  bo‘ylab  o‘zgarib  boradi.  Qurg‘oqchil  vaqtida  Orinoko  savannalarida 

organik  hayot  sukunatda  bo‘lib,  yomg‘ir  davrining  boshlanishi  bilan  mavsumiy 

sokinlik keskin jonlanadi. Bunday mavsumiy holatlarninng davriy o‘zgarib turishi 

savanna  landshaftlarining  taraqkdyotiga  va  ularning  fasliy  dinamikasiga  kuchli 

ta’sir etadi. Bu Orinoko pasttekisligi uchun xarakterli xususiyat hisoblanadi. 

Lyanos  Orinokoda  yomg‘ir  davri  o‘rtacha  apreldan  oktyabrgacha,  quruq 

davr  noyabrdan  martgacha  davom  etadi.  SHimolda  janubiy  rayonlarga  nisbatap 

qurg‘oqchil  davr  erta  boshlanib  kech  tugaydi,  yomg‘ir  fasli  atigi  uch  oy  davom 

etadi.  Qurg‘oqchil  davrning  uzoq  davom  etishi  shimoli-sharqiy  passat 

shamollarining  shimoliy  rayonlarga  ertaroq  kirib  kelishi  va  ularni  kechroq  tark 

etishi  bilan  bog‘liq.  Janubga  tomon  yog‘ingarchilikni  ekvatorial  rejimga  o‘tishi 

munosabati  bilan  yomg‘ir  davri  bir  muncha  uzoqroq  cho‘ziladi.  Bunga  sabab 

aksincha, janubdan nam ekvatorial havo massalari kirib kelib, ularning hukmronlik 

vaqti uzoq cho‘ziladi. Natijada shimolda yog‘ingarchilik miqdori 750-800 mm ni, 

janubda 1000 mm ni, Meta daryosining o‘rta oqimida va undan janubroqda 1800 

mm  ni  tashkil  etadi.  Atmosfera  yog‘inlari  asosan  yoz  oylarida  tushadi.  Qishda 

deyarli  yomg‘ir  yog‘maydi.  Yillik  yog‘in  miqdorining  3%  qishning  uch  oyiga 

to‘g‘ri  keladi.  SHuning  uchun  ham  yog‘ingarchilikning  fasliy  xususiyatlarini 

hisobga olib Venesuela va Kolumbiyaning mahalliy aholisi yomg‘irli yoz davrini 

qish, qurg‘oqchil qish davrini esa yoz deb atashadi. 

Lyanos  Orinoko  er  yuzasining  morfologik  tuzilishiga  ko‘ra  ikki  qismga 

bo‘linadi.  Janubdagi  balandligi  okean  sathidan  100-150  m  dan  oshmaydigan 

pastqam  erlar  Past  Lyanos  va  shimoldagi  balandligi  300-350  m  atrofida  bo‘lgan, 

daryo vodiylari bilan kesilgan platosimon erlar Baland Lyanos deb ataladi. Past va 

Baland  Lyanoslar  har  qaysisi  o‘ziga  xos,  tabiiy  xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi. 

Jumladan,  Baland  Lyanosda-qurg‘oqchil  davr  uzoq  davom  etadi,  yog‘ingarchilik 

nisbatan  kam  bo‘ladi,  o‘simlik  qoplamida  kserofit  siyrak  o‘rmonlar  va  butazorli 

savannalar  ko‘pchilikni  tashkil  etadi.  Past  Lyanosda  yomg‘ir  fasli  uzoq  davom 

etadi, yog‘ingarchilik   ko‘p   bo‘ladi,   qalin   va   baland   o‘tli   tipik   savannalar 

hukmronlik qiladi. YOmg‘ir faslida daryolar to‘lib toshib oqadi.  Past Lyanosning 

pastqam  joylari  suv  tagida  qolib  bir  necha  o‘nlab  kilometrga  cho‘zilgan  suv 

havzasini  hosil  qiladi.  Suv  kamaygandan  keyin  ularning  o‘rnida  botqoqliklar 

vujudga keladi. 

Orinoko  pasttekisligi  tabiiy  geografik  o‘lkasi  uchun  palmaning  ikki  turi 

xarakterli:  quruq  joylarda  o‘sadigan  kopernitsiya  turi  va  nam  botqoq  hamda  suv 



bosadigan  joylarda  o‘sadigan  mauritsiya  turi.  Janubga  borgan  sari  daraxt 

o‘simliklarning  maydoni  kengaya  boradi.  Janubda  palmalardan  tarkib  toptan 

o‘rmonlar polosasi daryo vodiylari bo‘ylab uzoq masofalarga cho‘zilgan. 

Yilning  qurg‘oqchil  davriga  kelib  daryolarning  rejimi  keskin  o‘zgarib,  suv 

sarfi  minimal  darajaga  kamayadi,  suv  havzalari  sayozlashib,  ayrim  joylari  to‘liq 

parlanib  ketadi.  Qurg‘oqchil  davrda  suv  havzalarining  qurib  qolishiga  shimoli-

sharqdan   esadigan quruq passat shamollarining kuchli ta’sir etishidir. Bu davrda 

daraxtlar  bargini  to‘kadi,  savannada  o‘sadigan  o‘tlar      qovjirab      qoladi.      Faqat   

daryo   vodiylaridagina   o‘t   va  daraxt o‘simliklari  O‘rta   Osiyo   cho‘llarini  

kesib   o‘tgan  daryo  vodiylaridagi

 

to‘qayzorlarga o‘xshab o‘zining yashil holatini 



saqlab qoladi. O‘simliklar ichida qurg‘oqchil sharoitga moslashgan kaktuslarda va 

sukkulent daraxtlar keskin biologik o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. 

Orinoko      pasttekisligining      tabiati      va      tabiiy      resurslari      kam 

o‘zlashtirilganligi  sababli  hayvonot  dunyosi  yaxshi  saqlanganligi  va  xilma-xilligi 

bilan farq qiladi. Bu o‘lkada yirtqich hayvonlardan puma va yaguar keng tarqalgan. 

Ular  o‘txo‘r  hayvonlar  bilan  oziqlanib  tayrim  paytlarda  uy  hayvonlariga  ham 

hujum  qilib  turadi.  Daryo  vodiylaridagi  o‘rmonlarda,  botqoqli  erlarda  tapirlar 

yashaydi. Ochiq savannalarda chumolixo‘rlar va qalqondorlar uchraydi.   Orinoko   

havzasida      boshqa      hayvonlarga      xavf  tug‘diradigan  va  o‘zidan  elektr  toki 

chiqaradigan ugra balig‘i yashaydi. U har qanday yirik hayvonni 300 voltli elektr 

toki bilan urib karaxt qilib qo‘yishi mumkin. 

Lyanos  Orinoko  hududida  aholi  siyrak  joylashganligi  va  tog‘-kon  sanoati 

kam  rivojlanganligi  sababli  landshaft  komplekslarining  deyarli  barcha  turlari 

o‘zining  bokiralik  qiyofasini  yaxshi  saqlagan.  Insonning  xo‘jalik  faoliyati  tufayli 

o‘zlashtirilgan  erlar  juda  kam.  Tog‘  va  yassi  tog‘lik  etaklaridagi  sug‘orilib 

dehqonchilik qilinadigan erlarda makkajo‘xori, sholi, paxta va maniok etishtiriladi. 

Banan  plantatsiyalari  ham  barpo  etilgan.  Ayrim  uchastkalarda  yaylov 

chorvachiligi, ayniqsa ekstensiv qoramolchilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish