CHala cho‘llar zonasi. Materikning janubiy qismidagi mo‘‘tadil iqlim
mintaqasida chala cho‘llar zonasi tarkib topgan. Tabiiy sharoiti qattiq, yog‘in kam
yog‘adigan bu o‘lka Patagoniya deb ataladi. O‘lkaning asosiy qismini Patagoniya
yassi tog‘ligi tashkil etadi. CHala cho‘llar zonasining yozi salqin, o‘rtacha harorat
15°-20°S atrofida. Qish oylari juda sovuq bo‘lib, o‘rtacha harorat zonaning
shimolida +10°S dan janubda 0°S gacha pasayadi. Bu zonada kam hosilli bo‘z
tuproqlar keng tarqalgan. O‘simlik qoplami juda siyrak, ular chimli
g‘allaguldoshlardan va tikanli butalardan iborat. CHala cho‘llarda ham
dashtdagilar singari kemiruvchilar, ochiq erlarda in qazib yashaydigan hayvonlar
bor. Ayniqsa, sakrovchi hayvon, nutriya, mayda zirxlilar ko‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |