O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 46,5 Mb.
bet90/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

Kurash choralari. Baxtga qarshi, boshqa meva pashshalariga nisbatan yuqori samarali usullardan biri-aldamchi yem yoki attraktantlarni qo’llash qovun pashshasiga qarshi samarasizdir. Hozirgi kunlarda Afg’onistonda FAO proyekti tadqiqotlarida 3 ta kurash usuli tekshirilmokda, jumladan: 1) pupariylarni halok qilish uchun dalalarni qishda suvga bostirib qo’yish; 2) tuproqdan uchib chiqadigan pashshalarni o’ldirish maqsadida zararlangan qovunlarning tagiga kukun shaklli insektisid changitish; 3) pashshalar qovun barglaridagi toksik moddalar bilan oziqlanishini jadallashtirish maqsadida ekinga suyuq insektisid bilan shakar eritmasini qo’shib purkash. Bu usullar hali dala sharoitida tekshirilmagan. Ulardan samaralilari tanlab olingach, kurash choralari katta mintaqalarda bir vaqtda o’tkazilishi lozim, aks holda zararkunanda ishlov berilmagan dalalarda ko’payib, pashshadan himoya qilingan dalalarni qaytadan zararlashi mumkin. O’zbekiston sharoitida qovun pashshasiga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish hozirgacha tugallanmagan, jumla-dan bu hasharotning bioekologiyasi, fenologiyasi (misol uchun, pupariydan chiqish davri va fenologiyasi), samarali insektisidlarni tanlash va ularni qo’llashda to’g’ri usul va davr(lar)ni aniqlash bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiyanoma-lar tayyorlash – olimlar oldida yechilishini kutayotgan muammolardir. Bugungi kunda pashshaga qarshi agrotexnik choralardan polizlarni o’simlik qoldiqlaridan tozalash, kuz-qish davrida dalani tuzlanishga qarshi sug’orib yuvish va chuqur kuzgi shudgor o’tkazish orqali pashshaning qishlovdagi zahiralarini kamaytirish; pashsha kuzatilgan dalalarga 3-7 yil davomida poliz ekinlarini qayta ekmaslik; ertapishar va kechpishar navlar ekilgan dalalarni bir-biriga yaqin joylashtirmaslik tavsiya qilinadi. Qovun pashshasiga qarshi kimyoviy kurash choralarini ishlab chiqish hali tugallanmagan. Meva ichidagi lichinkalari va tuproqdagi g’umbaklariga qarshi insektisid yordamida kurash o’tkazish samara bermasligi ta’kidlangan, ammo FAO Afg’onistonda tadqiq qilayotgan tajribalarni O’zbekiston sharoitida ham takrorlash foydadan xoli bo’lmasligi mumkin. Samarali insekti-sidlar aniqlangach, pashshalar uchib yurishi tufayli, faqat polizlarga emas, ular atrofidagi daraxt va o’tlarga ham ishlov berish zarur. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, qovun pashshasiga qarshi biologik usul (yirtqich kana hamda Pachycrepoideus vindemmiaeRondani parazitoid pashshasini) qo’llash samarali ekanligi ta’kidlanadi. Xo’jaliklardagi qovun-tarvuz ekilgan yirik kartalarda himoya ishlovlarini o’tkazish maqsadida traktor purkagichini (OVX-28) qator oralardan yurish imkonini yaratish uchun poliz ekish tartibini shunga mo’ljallab ekmoq lozim. Istiqbolli insektisid sifatida qovun pashshasini yetuk zoti, hamda tuxumlariga ta’siri bo’lgan dorilarni ishlatish kerakli samarani berishi mumkin.

Bundan tashqari, kimyoviy kurash o’tkazishning samarali muddatlarini belgilash yaxshi natija berishi kerak. Buning 2 yo’li bor. Birinchidan, pashsha qiyg’os uchgan paytini mahsus sariq rangli yelim surtilgan tutqichlar yordamida belgilasa bo’ladi. Ikkinchidan – bu fenogramma ko’rsatkichidir, ya’ni birinchi ishlovni qovun (yoki tarvuz) gullab tuganak hosil qilgan payt bilan bog’lash zarur. Keyingi ishlovlarni esa – yana 12-15 kun o’tkazib. Maqsad bitta - qovun pashshasini yetuk zotini (qisman qo’ygan tuxumini) yo’q qilish. Insektisid sifatida piretroidlar, hamda karbofos (fufanon) sumi-tion, aktellik yuqori samara beradi.




Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish