Kurash choralari. Kolorado qo’ng’izi O’zbekiston uchun ichki karantin obyektidir, shuning uchun unga qarshi kurash alohida ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda bu zararkunanda-ga qarshi kurash «Kolorado qo’ng’iziga qarshi kurash instruk-siyasi» ga (1973 y.) asosan olib boriladi. Bu instruksiyada kolorado qo’ng’iziga qarshi kurash tizimi ifodalangan.
Savollar:
1.Sabzavot ekinlari zararkunandalarga qarshi qanday insektisidlar qo’llaniladi?
2.Qanday sabzavot ekinlarida pestisidlar qo’llanilmaydi?
3.Kolorado qo’ng’iziga qarshi qanday samarali dorilargni bilasiz?
23-mavzu: Kartoshka va poliz ekinlarining zararkunandalar.
Reja:
1.Poliz ekinlarining zararkunandalari
2.Ularga qarshi kurash tizimi.
3. Kartoshkaning so’ruvchi zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari.
4. Kartoshkaning kemiruvchi zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari.
Do'stlaringiz bilan baham: |