Kurash choralari. 1. Yuqori agrotexnika asosida sog’lom va bardoshli o’simliklarni o’stirish. 2. Oqqanotni ochiq sharoitda oz bo’lishi uchun uni issiqxonalarda va turli tashkilot xonalaridagi o’simliklarda qish oylari davomida qirib turish kerak. Bu eng zarur, asosiy talablardan biridir. 3. Oqqanotga qarshi kurashning nokimyoviy usuli mavjud. Buning uchun sentyabr-oktyabr oylarida ochiq sharoitdan issiqxonalarga kirishga harakat qilgan oqqanot yetuk zotlarini sariq tusli yelim surtilgan ekranlarga tutib qirish, hamda mahsus separatorlarda zararkunandadan ajratib olingan enkarziya kushandasini issiqxonalarga tarqatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |