1-kazus
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Firdavs Sharipovning nutqini (https://sangzor.uz/jamiyat/10849 byudzhet puli amaldorniki aysidir vazirlikniki emas deputat.html) yurist muloqot madaniyatining o‘ziga xos jihatlari nuqtayi nazaridan tahlil qiling. Uning nutqidagi “Budjet imkoniyatlari cheklangan, hamma maktabni birdaniga zo‘r holatga keltirish imkonsiz. Shunday ekan, birinchi navbatda eng zarur maktablarga pul ajrataylik. Budjet puli amaldorniki, qaysidir vazirlikniki emas, u xalqimizning eng muhim ehtiyojlariga ishlatilishi zarur” jumlasi nega OAVda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi?
Mutasaddining nutqini tahlil qilish asnosida ta’sirchanlikni oshirish uchun tavsiyalar yarating.
Biz yuqorida berilgan muammoli vaziyatga etibor qaratadigan bo`lsak, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Firdavs Sharipovning o`z nutqi ijtimoiy tarmoqlarda bir qancha ham salbiy ham ijobiy muhokamalarga sabab bo`lganini ko`rishimiz mumkin. Biz Firdavs Sharipovning “Budjet imkoniyatlari cheklangan, hamma maktabni birdaniga zo‘r holatga keltirish imkonsiz. Shunday ekan, birinchi navbatda eng zarur maktablarga pul ajrataylik. Budjet puli amaldorniki, qaysidir vazirlikni emas, u xalqimizning eng muhim ehtiyojlariga ishlatilishi zarur”, - fikrlariga mutloqo qo`shilamiz chunki, uning ta`lim dargohlarining moddiy-texnik bazasi haqida va mamlakat budjeti haqida bildirgan fikrlari o`rinli hisoblanadi va biz bunga quyidagi asosni keltiramiz:
Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov Gazeta.uz muhbiriga bergan intervyusida «Aholining o‘sishi va yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar hisobiga 3000 dan ortiq ta’mirtalab maktab bor (135 tasini qurish, 1177 tasini rekonstruksiya qilish, 1695 tasini kapital ta’mirlash kerak). Ularning yoniga sport zali, oshxonasi, burjuy pechkasi, atrofini o‘rashi kabi muammolarni qo‘shsak, taxminan 36 trln so‘m (Markaziy bankning 4 maydagi kursi bilan 3,5 mlrd dollar) mablag‘ talab etiladi. Lekin bizning bir yillik investitsiya dasturimiz 2 trln so‘m atrofida mablag‘ bo‘ladi», — dedi u.1 shundan ham ko`rish mumkinki, byudjet mablag`larimizning midori ilinishi kerak bo`lgan ishlarga nisbatan ancha kam. 2021-yilning 1-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev huzurida 2022 yil uchun soliq tushumlari hamda byudjet parametrlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilib unda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlar hayotini yaxshilash bosh maqsad etib belgilangani, bu tamoyillar byudjetni shakllantirishda ham bosh mezon bo‘lishi zarurligini ta'kidladi. Shu bois 2022-yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti loyihasida, avvalo, ijtimoiy yo‘nalishlarga katta e'tibor qaratilishi lozimligi va ta'lim va tibbiyot tizimiga 58 trillion so‘m ajratilishi kerakligini ta`kidlab o`tdi2.
Bugungi kunda tadqiqotchi olimlar tomonidan duniyodagi eng rivojlangan mamlakatlarning taraqiyot yo`llarini o`rganish borasida olib borilgan ilmiy izlanishlarga ko`ra, mazkur malakatlarning yuqori darajada taraqqiy etishlariga asosiy sabablardan biri sifatida ushbu mamlakatlarda ta`limga bo`lgan e`tibor boshqa davlatlarnikidan bir muncha farq qilishida ekanligi e`tirof etilgan. O`zbekiston ham hozirgi kunda yosh rivojlanayatgan mamlakatlar sifatida alohida o`z o`ringa egaligi e`tirof etilmoqda. Biz har qanday malakatning taraqqiy etishida birinchi navbatda ta`lim tizimi va kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. O`zbekistonlik tadqiqotchi olim O.T.Husanovning, «Bilim insonni yuksak darajaga ko‘taribgina qolmasdan, u yashayotgan mamlakatni ham yuksaltiradi. Jahon tajribasi ham faqat bilim orqaligina ko‘plab muammolarni hal qilish mumkinligini ko‘rsatadi. Shuning uchun har bir uzoqni ko‘zlovchi mamlakat o‘z fuqarolarining bilimli bo‘lishidan manfaatdor va shu yo‘lda harakat qiladi»3 degan so`zlari ayni haqiqat. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Firdavs Sharipovning yuqorida bildirgan fikrlaridan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, u maktablarning moddiy-texnik ba`zasini yaxshilash jarayonini bosqichma bosqich amalga oshirish kerakligini va birdaniga budjet mablag`larini maktablarga sarflab yuborishning imkoni yo`qligini, boshqa sohalarni ham asta sekin takomillashtirib borish zarurligini taklif qilmoqda.
Firdavs Sharipov ta`kidlab o`tganidek haqiqatdan ba`zi hudud markazlarida joylashgan maktablar chekka hududlarda joylashgan maktablarga qaraganda ko`proq qayta ta`mirlanadi. Chekka hududlarda joylashgan maktablar esa ta`mir ta`lab ahvolda biron bir mansabdor tashrif buyurmagunicha yotaveradi. Bu esa o`qituvchilar, ota-onalar va keng jamoathilikning xaqli e`tirozlariga sabab bo`lmoqda. Ushbu jarayonlar o`z o`zidan mamlakat fuqarolarini hududiy jihatda ikki tabaqaga bo`linishiga olib kelimoqda. Mirkonomika blogi muallifi, iqtisodchi Mirkomil Xolboyev ham yuqoridagi jaroyonlarga o`z munosabatlarini bildirb o`tdi. Uning fikricha, davlat boshlang‘ish ta’lim bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga olgan ekan, uni doimo barcha uchun teng ta’minlashga harakat qilishi zarur. Chunki kelib chiqishi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘proq bolalarning yaxshiroq ta’limga ega bo‘lishi ularning kelajakdagi daromad darajasi qanday bo‘lishida albatta muhum rol o‘ynaydi. Zero «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar qatorida ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan. Ammo oxirgi yillarda mamlakatimizda umuman teskari tendensiya kuzatilmoqda, – deydi u o`z fikrlarini davom ettirib, ‘’Hukumat ta’limni tengsizlashtirishda o‘zi bosh qosh bo‘lmoqda. Masalan, qaysidir hududlarda bolalar qishda sovuq maktablarda o‘qisa (yoki ortiqcha sinflarda), prezident maktablarida bolalar boshqa hech qaysi maktablarda mavjud bo‘lmagan shart-sharoitlar bilan ta’minlagan. Ya’ni qaysidir maktablar hatto minimum standartlar bilan ta’minlanmaganligiga qaramasdan, qaysidir maktablarda barcha sharoitlar muhayyo, aslida ikkala turdagi maktablarga ham soliq to‘lovchilarning puli sarflangan», — deb yozdi Mirkomil Xolboyev o`z telegram blogida. Moliya vazirligining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, 2022-yilda davlat 40 ta yangi maktab qurish va 235 ta maktabni ta’mirlashni rejalashtirmoqda. 40 ta yangi maktab qurish uchun davlat budjetidan 410 mlrd so‘m, ya’ni har bir maktabga 10 milliard so‘mdan sal ko‘proq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan4. Yangi maktablar qurilishining bunday sur’ati bilan sinflarning to‘lib-toshganligi va kamsig‘imlik muammosini qisqa vaqt ichida hal qilib bo‘lmaydi. Xususan, ta’lim muassasalari quvvatini 1,2 mln kishiga kengaytirish uchun har biri 1200 o‘rinli shartli 1000 ta maktab qurish zarur. Yiliga 40 ta maktab qurilsa, muammoni hal qilish uchun 25 yil kerak bo‘ladi. Shuningdek, Uzbekonomics blogi muailifi iqtisodchi Botir Qobilov XTV rahbari Sherzod Shermatovning budjet mablag‘lari cheklangani sababli ta’lim sohasidagi barcha muammolarni hal etishning iloji yo‘qligi haqidagi gaplarini esga olar ekan ,,Biz boy mamlakat emasmiz, shuning uchun ko’p maqsadlarni amalga oshira olmasligimizning sababi pulimiz kamligida emas, balki o’sha mavjud kam pulni ham isrof qilmay oqilona taqsimlay olmasligimizda’’, – deydi u.
Biz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Firdavs Sharipovning bildirib, o`tgan so`zlari nega ijtimoiy tarmoqlarda ko`plab muhokamalarga sabab bo`ldi degan avolga javob beradigan bo`lsak, yuqorida ta`kidlab o`tganimizdak har bir davlat tashkilotlarida faoliyat yuritadigan shaxsning fikr va mulohazalari doimo omma e`tibor markazida bo`ladi va bir gina no o`rin so`z ko`plab muhokamalarga, tanqidlarga sabab bo`lishi mumkunligini har birimiz ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib kelmoqdamiz. Yunon faylasuflarining ta'kidlashlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kalitidir va har kishining bilimi, odobi uning so'zlaridan yaqqol bilinib turadi. Shu sababi ham davlat organlari tizmida faoliyat olib borayotgan mansabdor shaxslardan doimiy ravishda nima haqida gapirayotganliklarini o`ylashlari va o`zlari yoritib berayotgan mavzulari orqali ommada notog`ri qarashlarni shakillanishiga olib kelmasliklari lozim bo`ldi.
Bizning nazarimizda Firdavs Sharipovning nutqida biroz ta`sirchanlik yetishmagan. Chunki ta'sirchan nutq doimo tinglovchilarda qiziqish uyg'otadi va e'tiborni tortadi. Bizningcha Firdavs Sharipov o`z fikrlarini yuqoridagi mutassadilar kabi asoslab, qonun normalaridan asoslar keltirganida uning nutqi yanada ta`sirchanroq bo`lardi. Chunki biz misol sifatida huquqshunoslarning, advokatlarning yoki sudiyalarning nutqlariga e`tabor qaratadigan bo`lsak, ular doim o`z maruzalarida qonun normalarini qo`llaydilar bu esa ularning nutqlari ta`sirchan va asosli bo`lishiga sababchi bo`ladi. Firdavs Sharipov ham u manashu jihatlarga e`tibor qaratmagan. Har bir mutaxassis, faoliyat yo'nalishidan qat'i nazar, ta'sir o'tkazish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak, agar kerak bo'lsa, muloqotni kerakli kanalga yo'naltirish va shaxslararo munosabatlarni sifat jihatidan rivojlantirishi lozim. Ushbu muammoni hal qilish va ta'riflangan sohada samarali ishlash uchun kommunikativ jarayonlarning qonunlarini puxta o'rganish kerak. Ushbu ma'lumotlarga ega bo'lish yuristning kommunikativ malakasi darajasini, uning professionalligini belgilaydi. Yurist har kuni fuqarolik va kasbiy hayotning turli xil hodisalari bilan shug‘ullanadi. Shuningdek yurist jamoat nutqining me'yorlariga, aniq, stilistik jihatdan to'g'ri, ishonchli fikrni ifoda etish uchun notiqlik mahoratga ega bo'lishi kerak. Qat'iylik, mantiqiylik, qisqalik, aniqlik kabi xususiyatlar yuridik tilning nufuzini belgilovchi me'yorlardir. Biz yurist o‘z nutqining ta’sirchanligini saqlab qolishi uchun nutqda yo‘l qo‘ymaslik kerak bo‘lgan muayyan xatolarni aniq bilishi lozim. Xususan, nutq buzilishiga olib keladigan quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish kerak:
1. Logoreya – nutqda yuqori darajadagi faollik, ko‘p so‘zlash, so‘zlayotganda o‘z savollariga javobni kutmasdan turib, bir mavzudan boshqasiga o‘tish.
2. Aytilganlarni ko‘p marta to‘liq yoki qisman takrorlash.
3. Nutqda fikrlarning uzilib-uzilib qolishi, bir-biriga bog‘lanmasligi.
4. Haddan tashqari ehtiyotkorlik, o‘ta batafsillik, bayonning cho‘zilib ketishi.
5. Ezmalanish, “donolik” qilish, asossiz va o‘rinsiz mulohazalarni keltirish.
Har bir yurist muloqot jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan holatlardan xoli nutq yarata olsagina, o‘zida liderlik sifatlarini shakllantira oladi5.
Ta`limga berilgan e`tibor ba albatta, kelajakda o`z samarasini bermasdan qolmaydi. Xulosa sifatida o`z fikrimizni Germaniya imperiyasi tarixida ,,Temir konsler’’nomi bilan nom qoldirgan Otto fon Bismarkning quydagi so`zlari bilan tugatmoqchimiz ,,Qaysi mamlakat o`z mablag`larini maktablarni qurishga sarflamas ekan,u mamlakat keyinchlik pullarini qammoqxonalar qurishga sarflaydi’’. Shu sababli ham hozirgi kunda ta`limga har qancha e`tibor qaratilsa kam hisoblanadi zero ilm-fan taraqqiyoti hech qachon to`xtab turmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |