Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zxdp fraksiyasi a’zosi Firdavs Sharipovning nutqini



Download 67,5 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi67,5 Kb.
#563505
Bog'liq
юристнинг мулокот маданияти


1-kazus.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Firdavs Sharipovning nutqini (https://sangzor.uz/jamiyat/10849-byudzhet-puli-amaldorniki-aysidir-vazirlikniki-emas-deputat.html) yurist muloqot madaniyatining o‘ziga xos jihatlari nuqtayi nazaridan tahlil qiling. Uning nutqidagi “Budjet imkoniyatlari cheklangan, hamma maktabni birdaniga zo‘r holatga keltirish imkonsiz. Shunday ekan, birinchi navbatda eng zarur maktablarga pul ajrataylik. Budjet puli amaldorniki, qaysidir vazirlikni emas, u xalqimizning eng muhim ehtiyojlariga ishlatilishi zarur” jumlasi nega OAVda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi? Mutasaddining nutqini tahlil qilish asnosida ta’sirchanlikni oshirish uchun tavsiyalar yarating.
Uchta tushuncha zamon va makon tanlamaydi. Bular so‘zlash, tinglash va anglashdir. Odamzot yaralibdiki, o‘zaro munosabat jarayonida ana shu uch birlikka amal qilib kelinadi. Buning namoyon bo‘lishi har bir xalqning o‘z mentalitetiga mos va xos. O‘zaro munosabat, murojaat qilish jarayonidagi o‘zni tutish va fikr almashuvlar muomala madaniyati tushunchasida uyg‘unlashadi. Munosabat, murojaat, muloqot, munozara, mubohasa, muhokama, mulohaza singari tushunchalarning barchasi muayyan millatning tiynatiga mos bo‘lgan ziynatlar bo‘lib, u etik va estetik me’yorlar, qoidalar bilan amalga oshiriladi. Muloqot qisman monologik, asosan, dialogik, polilogik shaklda bo‘ladi1. Boshqacha aytganda, ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro munosabatlarida reallashadi. Dunyo go‘zallik qonuniyatlariga binoan qurilarkan, demak, insonnning xulqi va nutqi ham, ko‘rinishi va kiyinishi ham, munosabati va muloqoti ham go‘zal bo‘lishi maqsadga muvofiq. Xalqimizning “O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar” – degan o‘giti bejiz emas. “Til yarasi bitmas, tig‘ yarasi bitar” – deganida ham inson uchun zarur bo‘lgan muomala jarayoniga e’tibor zaruriyatini sezish qiyin emas.
Shunday ekan, endigi navbatda bizga berilgan mazkur kazus savolini atroflicha muhokama qilar ekanmiz, dastlab bizga mavjud holatni qisqacha tahlil qilib olamiz. Ma’lumki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Firdavs Sharipovning nutqini ijtimoiy tarmoqlardagi nutqi aniqrog’i esa quyidagi jumlasi “Budjet imkoniyatlari cheklangan, hamma maktabni birdaniga zo‘r holatga keltirish imkonsiz. Shunday ekan, birinchi navbatda eng zarur maktablarga pul ajrataylik. Budjet puli amaldorniki, qaysidir vazirlikni emas, u xalqimizning eng muhim ehtiyojlariga ishlatilishi zarur” ommaviy axborot vositalarida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Buning sababi u to’g’ridan-to’g’ri xalqqa emas balki, hozirda amaldorlik kursisini egallab turgan shaxslarga, vazirlarga, hokimlarga va boshqa mansab vakolati bo’la turib uni suiste’mol qilayotgan “vazirliklar” ga qarata nutq so’zlaganidir. U dastlab o’z nutqida davlat budjetining imkoniyatlari cheklanganligini ommaga tushuntirdi, so’ng esa davlat budjetini qaysi sohaga ajratish kerakligi to’g’risida o’z taklifini bayon qildi va nutqining kulminatsion qismida esa “budjet puli amaldorniki, qaysidir vazirlikni emas, u xalqimizning eng muhim ehtiyojlariga ishlatilishi zarur” deb ta’kidladi. Uning bu nutqidan “o’tgan yaqin yillar oralig’ida budjet puli va uning imkoniyatlari davlatdagi qaysidir amaldorning yoki bo’lmasam qaysidir vazirlikning eng muhim ehtiyojlari uchun ishlatilib kelingan ekan” degan xulosaga kelish hech gap emas. So’zning kuchi va qudrati shu shu jumlada aks etgani uchun u tabiiyki ommaviy axborot vositalarida ko’plab muhokamalarga sabab bo’lgan. Shuning uchun ham Firdavs Sharipov o’zini xalq saylaganini bilib turib xalqning manfaatlariga xizmat qiluvchi nimadir qilish kerakligini his qilgan holda o’zining xizmat faoliyatidan kelib chiqib fuqarolaar tomonidan bildirilgan e’tirozlarga yechim sifatida quyidagi taklifi va xulosasini bidiradi: “Investitsiya dasturi asosida qurilishi va taʼmirlanishi, moddiy-texnik bazasi yaxshilanishi rejalashtirilayotgan maktablar dastlab xalq deputatlari tuman, soʻng viloyat Kengashida muhokama qilinishi kerak. Umumiy roʻyxat shakllanganidan soʻng Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan holda ishchi tartibda kelishish maqsadga muvofiq. Shundan soʻng ushbu roʻyxat asosida investitsiya dasturlari shaffof holatda shakllantirilishi kerak. Jamoatchilik ham, deputatlar ham, ommaviy axborot vositalari vakillari ham bu haqda bilsin. Shunda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, shubhali savollar va holatlarga barham berish imkoniga ega boʻlamiz. Chunki xalq orasida “vazir oʻqigan”, “hokim aytgan”, “tanishini topgan” maktablar zoʻr boʻlaveradi, chekkaroq maktablar eʼtibordan qolaveradi, degan savolomuz eʼtirozlar ham yoʻq emas. Butun mamlakatda qaysi maktabga qancha mablagʻ qachon ajratilishini bir ikki mutasaddining ixtiyoriga berib qoʻyish xato, deb oʻylayman”. Xalqimizda “Qarg’a-qarg’ani ko’zini cho’qimaydi” bejizga aytilmaganidek, ana shunday mutasaddi “qarg’alar” ning xatti-harakati tufayli haligacha ta’mir talab maktab juda ko’p. Haqiqatdan ham real hayotda bo’layotgan o’zgarishlar yangiliklarga e’tibor qilsak, budjet imkoniyatlari har doim ham kerakli maqsadlar uchun sarf qilinmayotganligiga guvoh bo’lamiz. Firdavs ham ana shunday holatlarga chek qo’yich uchun ham o’z nuqtqini bayon qilgan deb o’ylayman. Binobarin, Firdavs Sharipov tizimda bizga ma’lum bo’lgan va ayni haqiqat hisoblangan tanish-bilishchilikka oshna-og’aynigarchilikka va qarindosh-urug’chilikka ham chek qo’yish kerakligi haqidayam fikrini bildirgan. Chunki, budjet mablag’ini qaysidir sohaga yo’naltirish kerak bo’lsa, faqat amaldor yoki hokim tanish bo’lgan muassasalarga emas, haqiqatdan ham muhim ehtiyojlari bor bo’lgan sohaga yo’naltirish qolaversa, chekka hududdagi maktablar haqida gap ketganda faqat amaldor, deputat, vazir yoki hokimning farzandlari o’qiydigan maktablarga emas, balki haqiqattan ta’mir talab maktablarga budjet pulini maqsadli sarflash kerakligi ta’kidlab o’tilgan.
Yurist o‘z nutqida quyidagilarga e’tibor qaratishi kerak: savodlilik, har bir tinglovchi uchun mulohazalarning tushunarliligi; fikrlarning mantiqiyligi, ishonarliligi, yetarli darajada asoslanganligi; odob-axloq qoidalari va xatti-harakatlarning nutq me’yorlariga mos bo‘lishi; xulq va nutq odobi me’yorlarining barcha talablariga rioya qilish; hissiyotlilik, lekin shuni yodda tutish kerakki, haddan tashqari hissiyot va xatti-harakat notiqning obro‘siga salbiy ta’sir qilishi mumkin; mulohazalarning bosqichma-bosqich o‘sib borishi – muloqotda ishtirok etishga taklif qilishdan tortib turli muloqot holatlariga qarab, qat’iy talablar bilan to‘la iboralardan foydalanishgacha. Kasbiy faoliyat uchun gapirish qobiliyati juda muhim, ammo muloqot jarayonida qarshi tomondan turib o‘zini tinglay olish va o‘zining ishontira olish qobiliyatiga, fikrlarining mantiqiyligiga, ma’lumot darajasiga to‘g‘ri baho bera olish lozim2. Bu, shuningdek, tinglovchilar va qarshi tomonning munosabatini kuzatishga ham yordam beradi. Biror notiqning chiqishida o‘ziga nima yoqqanini, nima yoqmaganini aniq ifodalay olishga, qanday harakatlar, so‘zlar va nutq vositalari notiqning muvaffaqiyatiga yordam berganini, qaysilari esa unga omadsizlik keltirganini aniq tushunib olishga urinish lozim. Shuningdek, notiq auditoriya bilan qanday ishlayotganiga, tinglovchilar bilan qanday aloqa o‘rnatayotganiga, nutq jarayonida yuzaga keladigan kutilmagan holatlarda o‘zini qanday tutayotganiga e’tibor qaratish zarur. Yillar o‘tgan sari insonda tajriba ortib boradi va u o‘z chiqishlarini ham tahlil qilishni, ularning yutuq va kamchiliklari nimada ekanini aniqlashni o‘rganadi. Notiq o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashi va shu tahlil asosida o‘zining barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga imkon beradigan o‘z uslubini ishlab chiqishi va mukammallashtirishi kerak. Notiqlik san’ati sohasida nazariy va metodik bilimlarga ega bo‘lish ham kundalik tayyorlanishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Notiqning faoliyati qanday bosqichlardan iboratligini, tinglovchilar bilan uchrashuvga qanday tayyorlanish kerakligini, nutqni qanday tuzish kerakligini, boshqarishning qanday usullardan foydalanish mumkinligini bilish lozim. Notiqlik san’ati tarixi barcha taniqli notiqlar o‘z ustidan ko‘p ishlaganini, o‘z chiqishlariga puxta tayyorlanganini ko‘rsatadi. Yuristning nutqi boshqa har qanday ommaviy nutq singari uch qismga bo‘linadi: kirish, asosiy qism va xulosa. Yurist nutqining e’tiborni jalb eta oladigan darajada bo‘lishi ko‘p jihatdan uning qanday boshlanishiga, ma’ruzachining auditoriya bilan aloqa o‘rnata olishiga, deylik, sudyalar yoki sud maslahatchilarining e’tiborini tortishga va ularni bu nutqni idrok etishga psixologik jihatdan tayyorlashga bog‘liq3. Kirish qismi nutqning asosiy maqsadiga qarab belgilanadi va u nutqning mazmunini ochib berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi hamda hal qilinishi kerak bo‘lgan muammoni o‘z ichiga oladi. Notiq uchun eng qiyini – to‘g‘ri, kerakli boshlanish nuqtasini topishdir. Notiq qanday nutqni tanlashidan qat’i nazar, unda mavzuning sabablari va dolzarbligi to‘g‘risida nimalar deyilishi kerakligini yodda tutishi lozim; u asosiy qism bilan bog‘liq bo‘lishi, nutqning mazmunini ochish uchun boshlang‘ich nuqta vazifasini bajarishi kerak; kirish qisqa va uslubiy jihatdan asosiy qismga uyg‘un bo‘lishi shart. Agar, masalan, sud jarayonida advokatning nutqi sudyaning va tinglovchilarning diqqatini o‘ziga jalb etgan bo‘lsa, u butun nutq davomida buni saqlab qolishi lozim. Shuning uchun nutq mantiqan yaxshi tashkil etilgan bo‘lishi shart, ma’ruzachining fikri eskidan yangisiga, ma’lumdan noma’lumga, nisbatan kuchsiz dalillardan kuchliroqlariga o‘tib borishi kerak. Diqqatni o‘zida saqlab turishda ziddiyatli vaziyatning mavjudligi, qarshi qo‘yiladigan dalillarni taqdim etish yaxshi yordam beradi. Sud nutqining asosiy qismi uning alohida kichik mavzularini va ularning mazmunan aloqasi va foydalanilgan sintaktik vositalarni ochib beruvchi mantiqiy birliklarning jamlanmasini ifodalaydi. Odatda nutqning asosiy qismi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ishning haqiqiy holatlari to‘g‘risida bayonnoma; ish yuzasidan to‘plangan dalillarning tahlili; jinoyatning toifasi bo‘yicha asoslar; sudlanuvchining tavsifi; jinoyat sodir etilishining sabablari va jazo chorasi haqidagi fikrlar. Har bir ommaviy nutqda bo‘lgani kabi sud nutqining asosiy qismi ham dalillar va fikrlarni bayon qilishdan tortib ularni rad etish yoki tasdiqlashga qadar mantiqiy mulohazalarga asoslanadi. Sudda notiq nutqining xulosasi odatda qisqa bo‘ladi4. Bunda xulosa qismi nutq davomida aytilganlarning barchasini umumlashtirishi kerak. Masalan: «Sudlanuvchiga nisbatan belgilangan bunday sud hukmi nafaqat sudlanuvchini jazolash, balki jabrlanuvchilarning huquq va manfaatlari himoya qilinishidan ham yetarlicha dalolat beradi». Xulosaning juda qisqa bo‘lishi esa nutqning muvaffaqiyatsizligiga sabab bo‘ladi, masalan: «Aytmoqchi bo‘lganlarimning hammasi shu» yoki «Men hammasini aytib bo‘ldim». U nutqning sifatini va tinglovchilarga ta’sirini kamaytirishi mumkin. Sud notiqlarining ayblov nutqlari ko‘pincha adolatli hukm chiqarish bo‘yicha sud maslahatchilariga murojaat qilish bilan boshlanadi va tugatiladi. Notiq-yurist nutqining muvaffaqiyati uning o‘zini o‘zi takomillashtirishiga, so‘zlarni mohirona qo‘llashni o‘rganishiga bog‘liq, chunki nutq madaniyati uning umumiy va kasbiy madaniyatining ajralmas qismidir. Nutq madaniyati va huquqiy amaliyot haqidagi ilmiy ishlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, nutq madaniyati bilimning ko‘nikmaga aylanishidan boshlanadi. Kundalik muloqotda o‘z-o‘zidan, beixtiyor gapirishga odatlanib qolgan Yurist sud jarayonida yoki hamkasblar o‘rtasidagi muloqatda ham odatdagi xatolarini takrorlashi mumkin. Shuning uchun yurist doim nutq madaniyatini oshirish ustida ishlashi, bilimlarini nutq qobiliyati bilan bog‘lashga intilishi kerak. Sud nutqining kommunikativ sifatlari notiq nutqining haqiqatan ham ishonchli chiqishiga yordam beradi va bunday sifatlarga quyidagilar kiradi: ochiqlik (tushunarlilik, soddalik), aniqlik, ishontiruvchanlik, mantiqiylik, hissiyotlilik va ta’sirchanlik. Sud nutqining yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlari yurist nutqining boshqa turlariga ham taalluqlidir. Yurist nutqining eng muhim xususiyati axloqiy tarkib hisoblanadi. Buni sud nutqi misolida ko‘rib chiqish mumkin, chunki yurist nutqining ushbu turida axloqiy me’yorlar va tamoyillar eng aniq va izchil ifodalangan bo‘ladi. Sud notig‘iga va sud nutqiga qo‘yiladigan axloqiy talablar sudga, sud ishidagi raqibga, jabrlanuvchiga, guvohlarga va sudlanuvchiga hurmat ko‘rsatish bilan bog‘liq. Jumladan, sudyaning axloqiy burchi avvalambor inson qadr-qimmatini hurmat qilish va insonga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lishdir. Albatta, jamiyat nutqni ifodalashning muayyan shakllarini yaratadi va shu tilda so‘zlovchilardan nutqdan to‘g‘ri foydalanish qoidalari majmuini ifodalovchi og‘zaki muomalada odob-axloq qoidalariga rioya etishni talab qiladi. Shuning uchun sud notig‘i har doim o‘zi so‘zlaydigan nutq uchun eng o‘rinli ibora va jumlalarni tanlashi kerak. Notiqlik borasida muvaffaqiyatga erishish uchun taniqli yuristlarning nutqlarini o‘rganish juda muhim. Ularning nutqida nutqning butun mazmuni, uning ta’sir qiluvchi xususiyatlari til vositalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ona tilidagi so‘zlarni yaxshilab o‘ylab va hurmat bilan ishlatishni o‘rganish kerak, shu orqali sud muzokaralarining tarbiyaviy ahamiyatini oshirish mumkin.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Rim notig‘i Mark Tuliy Sitseron “Qalb harorati bilan sug‘orilgan ehtirossiz nutq hech narsaga yaramaydi”-, deydi. To‘g‘ri, tinglovchiga aytilgan hissiz kalom go‘yoki, tuzsiz taom yedirgandek gap. Daftarga to‘plangan hujjatlar, kitoblardan ko‘chirilgan iqtiboslar yordamida mavzu yoritib boruvchi notiq emas, minbarda muolaja olib borayotgan tabibdir. Muloqotlar mezoni, muomala mohiyati bo‘lgan xulqiy va nutqiy madaniyatimiz hamisha g‘oya bayrog‘i, mafkura mayog‘iga bog‘langan ijtimoiy birlikdir. Insonning barcha faoliyati, shu jumladan muloqot, xoh u yurist nutqi bo‘ladimi, xoh u shifokor nutqi bo‘ladimi, u o‘zida sodir bo'ladigan ijtimoiy sharoitlarni aks ettiradi. Nutqimiz esa, albatta, muloqot qiluvchilar o‘rtasida kim, qanday maqsadda, qay tarzda, qanday munosabatda bo‘lishiga qarab turlicha quriladi. Biz muloqot sharoitiga qarab nutq turini o'zgartirishga shunchalik odatlanganmizki, buni ko'pincha ongsiz ravishda, avtomatik ravishda qilamiz. Nutq xususiyatlari bilan uzatiladigan insoniy munosabatlar haqidagi ma'lumotlarni idrok etish ham avtomatik ravishda sodir bo'ladi. Ammo nutq turini tanlashda xato qilishga arziydi, chunki idrok etishning avtomatikligi buziladi va biz ilgari e'tiborimizdan chetda qolgan narsalarni darhol payqab qolamiz. Nutq vaqt o'tishi bilan insoniy munosabatlarga qarab o'zgarib turadi - bu nutqning odob-axloq modulyatsiyasi. Maxsus odob-axloq munosabatlari, biz allaqachon bilganimizdek, vaqti-vaqti bilan sodir bo'ladi, ammo insoniy munosabatlar ta'siri ostida og'zaki va og'zaki bo'lmagan xatti-harakatlarning o'zgarishi har doim sodir bo'ladi. Bu shuni anglatadiki, bu odob-axloq mazmunini ifodalashning eng muhim vositalaridan biri - har doim bizning ixtiyorimizda bo'lgan vositadir. Yuqorida keltirib o‘tilgan aforizmlar, maqollar va jozibali jumlalar bilan nima demoqchimiz? Inson kim bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z nutqini to‘g‘ri baholab, kerakli joyda nutqini bayon qila olsagina, u ko‘zlagan maqsadiga erisha oladi. Agarda aksi bo‘lsa, natija ham shunga yarasha bo‘ladi. Siyosiy jaroyonlarda esa bu vaziyat sal jiddiyroq tus oladi. Chunki, notiqning har bir so‘zlagan so‘zi muhokamaga, tanqidga sabab bo‘lishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Usmonov S. Yuristning nutq madaniyati. – Toshkent, 2007.
2. Raxmonova D. Yuristning yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmasi. – Toshkent, 2021.
3. Xojimatova M. Nutq san’ati. – T., Yangi asr avlodi, 2011.
4. Karnegi D. O‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlash san’ati. – T.,Yangi asr avlodi, 2010. 
5. Vvedenskaya L.A. boshqalar rus tili va nutq madaniyati. Rostov-Donu, 2000 yil.
6. Graudina L.K., Shiryaev E.N. Rus tilida nutq madaniyati. M., 2005 yil.
7. Zaretskaya E. N. Ritorika: nutq aloqasi nazariyasi va amaliyoti. M. 2002 yil.
8. Kolesnikov N.P. Nutq madaniyati. Rostov-Donu, 2001 yil.
9. Ishbilarmon shaxsning og'zaki va yozma nutqi madaniyati. M., 1999 yil.



1


2 Raxmonova D. Yuristning yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmasi. – Toshkent, 2021.

3 Raxmonova D. Yuristning yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmasi. – Toshkent, 2021.

4 Raxmonova D. Yuristning yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmasi. – Toshkent, 2021.

Download 67,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish