Simqurtlar va soxta simqurtlar. Simqurtlar-chertmakchilarni, soxta simqurtlar esa - qora qo’ng’izlarning lichinkalari. O’zbekiston sharoitida qish-loq xo’jalik ekinlarini chertmakchilardan, ko’proq: turkis-ton chertmakchisi – AgriotesmeticulosusCond. va burtdor qo’ng’izsimon chertmakchi – CloncerambycinusSem. shikast-laydi; qora qo’ng’izlardan esa: cho’l sekin yurar qo’ng’izi – BlapshalophilaF.W. va burundor qora qo’ng’iz – DailognathanasuteMen. ziyon yetkazadi. Sim va soxta qurtlar ko’proq zich fizikaviy xususiyatga ega og’ir tuproqlarda uchrab 2-3 yil hayot kechiradi. Bu davr ichida turli xil organik qoldiqlar bilan bir qatorda o’simlik ildizlarini (ayniqsa ko’chatlik davrida), hamda keyinchalik poyasini ost tomonidan kemirib qirib shikast-laydi. Buning natijasida kartoshka va boshqa ekinlarni poyalari sarg’ayadi, o’sishdan to’xtaydi va qurib qoladi. Umumiy hosildorlik keskin pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |