Preparat: Puccinia graminis zamburug’ining teleytosporalarini mikroskopda ko’rish.
5) Qo’ng’ir zang kasalligini qo’zg’atuvchisi Puccinia triticina zamburug’i. Kasallik bilan zararlangan bug’doyni oson ajratish mumkin. O’simlikning zararlangan bargida qo’ng’ir rangli yostiqchalar bargning yuqori qismida tartibsiz joylashgan bo’ladi – bular uredosporalardir.
Ayrim hollarda barg va barg qinida teleytosporalarni ko’rish mumkin, ular qora yostiqchali shaklda bo’lib, epidermis bilan qoplangan bo’ladi. Qo’ng’ir zang kasalligini esidiya bosqichi ayiqtovonguldoshlar oilasiga mansub o’t – sanchiqo’tda o’tadi. Zamburug’ kuzgi bug’doyda teleytosporalar bilan, oraliq, o’simlik bo’lmasa uredomiseliy holida qishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |