Preparat: Puccinia glumarum zamburug’ini uredosporalarini mikrosopda ko’rish.
Gelmintosporioz kasalligini qo’zg’atuvchisi – Helminthosporium gramineum zamburug’i. Kasallik bilan arpaning bargi, poyasi va boshog’i zararlanadi. Zararlangan barg va boshqa qismlarida alohida xarakterli dog’lar hosil bo’ladi.
Ular uzunchoq ayrim hollarda butun barg bo’yicha tortilgan bo’ladi, och-qo’ng’ir va to’q hoshiyali bo’ladi. Lupa yoki binokulyar yordamida dog’dagi qoramtir g’uborni ko’rish mumkin, u bargning pastki yoki yuqori qismida ham bo’lishi mumkin.
Mikroskop ostida qaralganda qoramtir g’uborlarda konidiyalari ko’riladi. Infeksiya zararlangan o’simlik qoldiqlarida, zamburug’ sklerosiylarini hosil qiladi. Zamburug’ning miseliy va konidiyasi urug’ va tuproqda qishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |