Preparat: Ustilago zeae zamburug’ini xlamidosporalarini mikroskopda ko’rish. Bular sharsimon sariq-jigar ranglarda bo’ladi.
4) Bug’doyning poya zang kasalligini qo’zg’atuvchisi - Puccinia graminis zamburug’i. Kasallik bilan bug’doy poyasi, barg qini, ayrim hollarda boshoq o’zagi ham zararlanadi. Ularda kasallikning boshlanishida sariq yoki yozgi cho’zinchoq po’stlari – urediniyalarini, epedirmis yorilganda kuzatish mumkin.
Uredinosporalarda oyoqchalar mavjud bo’lib, ellipsimon, bir hujayrali 20-42 x 14-22 mkm, sariq chuqurchali qobiq bilan qoplangan. Yozning oxiriga kelib cho’zinchoq teleopustulalar teliosporalar bilan qora bo’lib rivojlanadi. Teleytosporalar ikki hujayrali, cho’zinchoq, uzun oyoqchalardan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |