Preparat: qattiq qora kuya kasalligini xlamidosporalardan preparat tayyorlab mikroskopda ko’rish.
2) Bug’doyning Chang qora kuya kasalligini – Ustilago tritici zamburug’i qo’zg’atadi. Qora kuya kasalligining bu xilida boshoqning faqat qora chang bilan qoplangan o’zagi qoladi xolos. Bug’doyning tuguncha, qobiq va qiltanoqlari yemiriladi, hosil bo’lgan xlamidosporalar to’zib ketadi.
Shuning uchun ham, chang qora kuya bilan zararlangan bug’doyni tashqi ko’rinishiga qarab oson aniqlash mumkin. O’simlik gullash davrida zamburug’ sporasi bilan zararlanadi, bu spora kasallangan qo’shni o’simlik gullaridan yuqadi. Zamburug’ sporalari kichik sharsimon 5-9 mkm diametr och-qo’ng’ir va qo’ng’irsimon ranggacha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |