Piyozning zang kasalligini Puccinia alliiva Puccinia porrizamburug’lari (hamda bir nechta Melampsora turlari) qo’zg’atadi. Piyoz va sarimsoqning bir nechta turlari zararlanadi.
Zang piyozda O’zbekistonda ham uchraydi, ammo tarqalishi va zarari o’rganilmagan.
Puccinia porrio’simliklar barglarida bahorda apelsin rangli esiya va esiosporalar, keyinroq qizg’ish-qo’ng’ir, dumaloq yoki uzunchoq urediniyalar (va urediniosporalar), yozda esa qora tusli, uzunligi 2 mm keladigan teliyalar (va teliosporalar) paydo qiladi. Urediniya va teliyalar uzoq vaqtgacha epidermis bilan qoplangan bo’ladi.
Birlamchi infeksiya manbaalari - qurib yerga tushgan barglarning ustidagi teliyalar va teliosporalar bo’lib, ulardan bahorda bazidiosporalar o’sib chiqadi, shamol va yomg’ir bilan piyoz va sarimsoq barglariga tushadi va zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |