Kurash choralari. Nihollar ildiz yemirilishiga qarshi kurashda tavsiya qilingan tadbirlarni qo’llash; chidamli navlar yaratish va ekish; hosilni yig’ib olgach, tezda omborxonalarga joylash; dalada 1-2 kunga qoldirilsa, ildizmevalar so’limasligi uchun ularni 15-20 sm balandlikdagi tuproq bilan ko’mib qo’yish; vegetasiya davrida fungisid purkash lozim (Polevoy, 1960; Gerasimov, Osniskaya, 1961; Maslennikov i dr., 1974; Peresыpkin, 1982; MacNab et al.,1983; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Sagdullayeva i dr., 1990; Sыchev, Mizunov, 1991; Rashidov va b., 1998; Ganiyev, Nedorezkov, 2005).
Do'stlaringiz bilan baham: |