Qo’zg’atuvchilarning belgilari.Fusarium javanicum. Havo miseliysi yaxshi rivojlanmagan, po’k, kulrang-ko’kish-yashil yoki och-jigarrang tusli. Makrokonidiyalar pionnotlarda, kamroq hollarda sporodoxiylarda rivojlanadi, urchuq-o’roq yoki o’roq shaklli, egilgan, 2 tomoniga qarab ingichkalashuvchi, ustki hujayrasi kalta va to’mtoq, 4-6 hujayrali, 4 hujayralilarining o’lchami 25-60x3,5-6 mkm, ko’pincha 35-50x3,5-4,5 mkm, 6 hujayralilariniki 40-70x4-6 mkm. Sklerosiylar kamdan-kam hosil bo’ladi.
Askomiset bosqichi Nectria haematococca (boshqa manbaalarga ko’ra Hypomyces haematococcus).
Fusarium moniliforme. Havo miseliysi yaxshi rivojlangan, baroq, oq yoki oq-pushti, pushti-qizg’ish yoki sal binafsha tusli. Makrokonidiyalar havo miseliysi, pionnot va sporodoxiylarda rivojlanadi, ingichka o’roq shaklli, egilgan, 2 tomoniga qarab ingichkalashuvchi, 4-6 (kamroq hollarda 2 va 7-8) hujayrali, 2 hujayralilarining o’lchami 9-30x2-5 mkm, 4 hujayralilariniki 20-60x2-4,5 mkm, 6 hujayralilariniki 37-70x2-4,5 mkm, 8 hujayralilariniki 58-90x2,5-4,5 mkm. Mikrokonidiyalar 1 hujayrali, urchuq-tuxum shaklli, zanjirchalar yoki soxta boshchalarda hosil bo’ladi, o’lchami 4-8x1,5-4 mkm. Tipik xlamidosporalari mavjud emas, ba’zan to’q-ko’k tusli, diametri 80-100 mkm bo’lgan sklerosiylar hosil qiladi.
Askomiset bosqichi Gibberella fujikuroi.
Aphanomycis cochlioides. Gifalar rangsiz, kam yoki o’rtacha darajada shoxlangan, eni 3-9 mkm. Zoosporangiylar juda uzun, 3 mm gacha, gifalar bilan o’ralgan, ichida 300 ta va undan ham ko’proq zoosporalar rivojlanadi. Birlamchi zoosporalar uzunchoq shaklli, zoosporangiydan chiqiboq, sistalarga aylanadi. Sistalar dumaloq shaklli, diametri 6-15 mkm. Ikkilamchi zoosporalar buyrak shaklli, yon tomonida 2 ta xivchinchali. Oogoniylar gifa yoki yon shoxchalaruchida paydo bo’ladi, deyarli dumaloq, diametri 20-29 mkm. Oosporalar rangsiz yoki sariqtusli, diametri 16-24 mkm. Anteridiylar 1-5 tadan, egilgai to’qmoq shaklli, o’lchami 6,5-10x9-18 mkm.
Lavlagidan tashqari ismaloq va boshqa ekinlarni zararlaydi.
Phoma betae. Piknidalar ildiz bo’g’zi, barg va poyalarda paydo bo’ladi, shar yoki yassi-dumaloq shaklli, och- yoki to’q-qo’ng’ir tusli, diametri 100-400 mkm. Piknosporalar rangsiz, 1 hujayrali, tuxum, ba’zan deyarli shar shaklli, o’lchami 3,5-7x3-4 mkm, ko’pincha ichida 1-2 tomchi yog’ mavjud.
Askomiset bosqichi Pleospora betae.
Bu patogenlar qo’zg’atadigan kasalliklar qand, xo’raki va xashaki lavlagida dunyoning barcha mintaqalarida, jumladan O’zbekistonda ham tarqalgan.
O’simliklar tuproqda va tuproq yuzasida, urug’unishidan to 3-4 chin barg chiqquniga qadar zararlanadi. Urug’barg tuproqda va unib chiqqach butunlay chirib ketishi mumkin. Nihollar ildizlarida rangsiz, so’ngra qo’ng’ir dog’lar va chiziqchalar paydo bo’ladi. Ildiz va uning bo’g’zida qora xalqa yaralar paydo bo’ladi, ildiz juda ingichka va ipsimon bo’lib qoladi, chiriydi. Bunday nihollarning o’sishi sekinlashadi, ular ko’pincha so’lib, qurib qoladi.
Og’ir tuproqqa sifatsiz, kalibrlanmagan, fungisid bilan dorilanmagan urug’ni ekish, qatqaloq, haroratning keskin o’zgarishlari, havo past va nam kelishi zaif, nimjon nihollar olinishi va ular ildiz yemirilishiga o’ta chidamsiz bo’lishiga olib keladi.
Namlik sharoitida zararlangan ildizlar pushti-oq (Fusarium spp.,), qo’ng’ir (R. solani), oq (P. debaryanum) miseliy, yoki qora nuqtalar shaklidagi piknidalar (P. betae) bilan qoplanadi.
Kasallik katta zarar yetkazadi - ekilgan urug’ning bir qismi mog’or bilan qoplanib, chirib ketadi, ungan nihollarning ildizi yemiriladi va nihollar tekis chiqmaydi, juda siyrak bo’lib qoladi, natijada qayta ekish talab qilinadi, ekin o’sishdan orqada qoladi, ildizmevalar kech yetiladi va hosili 10-40% gacha pasayadi, ulardagi qand mindori kamayadi.
Bitta dalaga har yili yoki yil ora lavlagi ekilishi qo’zg’atuvchilar miqdori tuproqda yildan yilga ko’payishiga va kasallik yildan yilga kuchayishiga olib keladi.
Fomoz bilan lavlagi vegetasiya davrida ham zararlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |