LAVLAGI KASALLIKLARI VA ULARGA QARShI KURASh ChORALARI
Lavlagi nihollari ildizi yemirilishi kasalligi rivojlanishida zamburug’ va bakteriyalarning 100 tadan ortiq turi ishtirok etishi mumkin. Ulardan eng ko’p tarqalganlari va faol kasallik qo’zg’atuvchilari qatoriga gifomisetlar Fusarium beticola, Fusarium javanicum, Fusarium moniliforme, Fusarium oxysporum, Rhizoctonia solani, piknidali zamburug’ Phoma betae, oomisetlar Pythium debaryanum, Aphanomycis cochlioides, Aphanomycis raphani, kamroq uchraydiganlariga bakteriyalar (Erwinia sp., Pseudomonas sp.,) va boshqa zamburug’lar kiradi. Nihollar ildizi yemirilishi lavlagining eng muhim, xavfli va iqtisodiy zarar keltiruvchi kasalligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |