Qo’zg’atuvchining belgilari. Urocystis cepulae. Spora to’dachalar teliosporalardan iborat, noto’g’ri shar shaklli, markazida bitta, kam hollarda 2-3 ta fertil (mahsuldor) teliosporalar, ularning atrofida, himoya qilish uchun xizmat qiluvchi 5-14, ko’pincha 9 ta periferik hujayralar mavjud. Spora to’dachalarning diametri 16-24x15-21 mkm (1 fertil teliospora bo’lganida), yoki 24-31x15-21 mkm (2 ta fertil teliospora bo’lganida), Ulyaniщyev (1952) ko’rsatishicha, 12-40 mkm. Fertil teliosporalar dumaloq shaklli, diametri 7-16 mkm yoki ellipsoid shaklli, o’lchami 12-18x10-15 mkm, silliq qobiqli, rangi qo’ng’irroq-qizg’ish. Periferik hujayralarning dia-metri 2,7-8 mkm.
Do'stlaringiz bilan baham: |